Mirzo ulug’bek nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə22/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

802.1x protokoli


Bu protokolning asosiy vazifasi - autentifikatsiyalash; ba’zi hollarda protokoldan shifrlovchi kalitlarni o‘rnatishda foydalanish mumkin. Ulanish o‘rnatilganidan so‘ng undan faqat 802.1x. trafigi o‘tadi, ya’ni DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol - xostlarni dinamik konfiguratsiyalash protokoli), IP va h. kabi protokollarga ruxsat berilmaydi. Extensible Authentification Protocol (EAP) (RFC 2284) foydalanuvchilarni autentifikatsiyalashda ishlatiladi. Boshlanishida EAP "nuqta-nuqta" (PPP, Point-to-Point Protocol) prtokoli yordamida autentifikatsiyalashning ba’zi muammolarini hal etish uchun ishlab chiqilgan edi, ammo uning asosiy vazifasi simsiz aloqa muammolarini hal etishga qaratilishi lozim. EAP ning autentifkatsiyalash paketlari foydalanuvchi ma’lumotlarini kiritgan foydalanish nuqtasiga yuboriladi, aksariyat hollarda bu ma’lumotlar foydalanuvchi ismi (login) va parolidan iborat bo‘ladi. Foydalanish nuqtasi tarmoq yaratuvchisi tanlagan vositalarning biri bilan foydalanuvchini identifikatsiyalashi mumkin. Foydalanuvchi identifikatsiyalanganidan va shifrlash uchun kanal o‘rnatilganidan so‘ng aloqa mumkin bo‘ladi va DHCP kabi
protokollarning o‘tishiga ruxsat beriladi.
    1. IPSec protokoli


Protokollar stekida IPSec protokoli SSL/TLS, SSH yoki WLTS protokollaridan pastda joylashgan. Xavfsizlikni ta’minlash IP-sathida va Internet-modelda amalga oshiriladi. IPSec ni tatbiq qilish usullaridan ko‘p tarqalgani tunnellash bo‘lib, u bitta sessiyada IP-trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash imkonini beradi. IPSec hozirda Internetda ishlatiluvchi aksariyat virtual xususiy tarmoqlardagi (VPN-Virtual Private Network) asosiy texnologiya hisoblanadi. IPSec ning moslashuvchanligi va ilovalar tanlanishining kengligi sababli, ko‘pchilik aynan bu sxemadan simsiz ilovalar xavfsizligini ta’minlashda foydalanadi. IPSecni ilovalarga asoslangan qo‘llanishining juda ko‘p imkoniyatlari mavjud. Xavfsiz kommunikatsiyalar uchun IPSec ning qo‘llanishi ko‘pincha Internet orqali masofadan foydalanish virtual xususiy tarmog‘i VPN bilan bog‘liq. Qachonki umumfoydalanuvchi tarmoq xususiy tarmoq funksiyalarini amalga oshirish uchun ishlatilsa, uni VPN deb atash mumkin. Bunday tarifga ATM (Asynchronous Transfer Mode - uzatishning asinxron usuli), Frame Relay va X.25 kabi tarmoq texnologiyalari ham tushadi, ammo aksariyat odamlar Internet bo‘yicha shifrlangan kanalni tashkil etish xususida gap ketganida VPN atamasini ishlatishadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə