Moddalar almashinuvi yuzasidan masala va mashqlar


Gemoglobin, qondagi kislorod miqdori bo‘yicha masala va



Yüklə 87,5 Kb.
səhifə9/12
tarix29.11.2023
ölçüsü87,5 Kb.
#141327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
MODDALAR ALMASHINUVI YUZASIDAN MASALA VA MASHQLAR

Gemoglobin, qondagi kislorod miqdori bo‘yicha masala va
mashqlar yechish metodikasi
1. Sportchining tanasidagi qonning miqdori 6000 ml, gemoglobin konsentratsiya 14.5 % ni tashkil etadi. Tanadagi umumiy gemoglobin miqdorini toping.
Yechilishi: Agar 100 g. qonda 14,5 g. gemoglobin bo‘lsa masalani yechimi quyidagicha amalga oshadi 14,5 g. : 100 ml • 6000 ml. = 870 g.
Javob: 870 g.
2. 100 ml qonda qancha miqdor temir boladi? Agar qondagi gemoglobin miqdori 13,8% ga teng bo‘lsa.
Yechilishi: Ma’lumki 1 g. gemoglobinda 3,5 mg temir bo'ladi. Masalani
yechamiz: 13,8 g. : 100 ml • 3,5 mg/g = 48, 3 mg/100 ml.
Javob: 48, 3 mg/ 100ml.
3. Tarkibida 14.2 % gemoglobin bo‘lgan qon tarkibidagi kislorod miqdorini aniqlang.
Yechilishi: lg. gemoglobin 1,34 ml. kislorodni o‘ziga biritirishima’lum bo‘lsa masala quyidagicha yechiladi: 14,2 :100 ml. • 1,34 ml. 0 2 = 19,312 ml. 0 2/100ml.
Javob: 19,312 ml. 0 2/100ml.
4. Arterial qondagi kislorod miqdori 21 % ni tashkil etsa, qondagi gemoglobin konsentratsiyasini aniqlang.
Yechilishi: Agar lg. gemoglobin 1,34 ml. kislorodni biriktirishi ma’lum bo‘lsa masala yechimini topish mumkin: 21 ml. 0 2 : 1,34 ml. 0 2 = 15, 67 g./ЮО ml.
Javob: 15, 67 g./ЮО ml.
Qon aylanish vaqti, qon aylanish tezligiga oid
masalar yechish metodikasi
1. Umidining qon tomirlarida aylanadigan qonining miqdori 5400 ml. Minutlik ventilyatsiyasi 4500 ml/min bo‘Isa. Umidning tanasi bo‘ylab barcha qonini qanchada aylanib chiqishini hisoblang?
Yechilishi: Masalani yechish uchun proporsiya tuzamiz'
4500 ml. - 60 s.
5400 ml. – x x =5400 • 60 : 4500 = 72 s.
Javob: sportchining qoni 72 s. da to‘liq aylanib chiqadi.
2.Agar qon tomirlaming ko‘ndalang kesimiiu maydoni 6 sm2 bo‘lib, oqish tezligi 84 1/s bo‘lsa, qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanish tezligi qancha?
Yechilishi: Qonning chiziqli harakati quyidagi formula bilan hisoblanadi:
U= Q:A; U= 84 ml/s:6 sm2 = 14 sm/s

Yüklə 87,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə