Model s ning soddalashtirilgan varianti



Yüklə 39,34 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü39,34 Kb.
#147181
1   2   3   4
Model S ning soddalashtirilgan varianti

Mundarija

  1. Tarixi

  2. Taqiq

  3. Texnik nosozlik

  4. Aksiyalar narxining oshishi

Tarixi
Tesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi.
AQSHning Kaliforniya shtati Frimont shahrida joylashgan elektr transport vositasi ishlab chiqaruvchi „Tesla“ zavodida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin zavodning qurilish ishlari olib borilayotgan qismida sodir boʻlgan, voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar jalb qilingan. Yongʻin shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan.
Teslaning birinchi prototiplari 2006-yil 19-iyulda Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida rasman ommaga taqdim etildi.
2006 yilda Mask 100 million dollar kapital jalb etishga muvaffaq bo'ldi. Natijada, Tesla 2008 yilda o'zining birinchi Roadster avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi. 2010 yil yanvar oyida Tesla AQSh Energetika vazirligidan 465 million dollar kredit oldi, kompaniya uni 2013 yilda qaytarib berdi.
2010 yilning may oyida Tesla Kaliforniyaning Fremont shahrida Model S ishlab chiqarish uchun fabrika qurishni boshladi.
Tesla 2010 yil 29 iyun kuni NASDAQ’da aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) boshladi va 226 million dollar yig‘ib, 1956-yildagi Ford Motor’dan keyin IPOga chiqqan birinchi Amerika avtomobil kompaniyasi bo‘ldi.2012 yil iyun oyida Tesla ikkinchi avtomobili Model S ni ishlab chiqarishni boshladi. 2017 yil iyul oyida Tesla Model 3 sedanini sotishni boshladi.2019-yil 14 mart kuni Tesla Model Y yangi elektr avtomobili taqdim etildi.2020 yil noyabr oyida Tesla, Uber va yana 26 ta AQSh kompaniyalari AQShda elektromobillar sonini ko‘paytirish uchun lobbichilik qiladigan Zero Emission Transport Association (ZETA) tashkilotini tuzdilar.2021 yil 25 oktabrda kompaniya kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi.
Taqiq
„Wall Streat Journal“ gazetasi oʻz manbalariga asoslanib, Xitoy hukumati Amerikaning „Tesla“ kompaniyasi elektromobillari milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin deb hisoblayotgani va shu bois harbiylar, strategik korxonalar xodimlari va davlat idoralari vakillariga ulardan foydalanishni taqiqlaganini aytgan. „Tesla“ avtomobillari egalariga strategik muhim korxonalar va davlat idoralari xodimlari yashaydigan uylar hududiga kirish taqiqlangan.
„China Development Forum“ (Xitoy taraqqiyot forumi)da videomuloqot orqali soʻzga chiqqan Mask kompaniya elektromobillari naqafat Xitoyda, balki dunyoning hech bir nuqtasida josuslik maqsadida ishlatilmasligini maʼlum qilgan:
Bizda har qanday maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashimiz kerakligini koʻrsatuvchi muhim sabablar bor. Shunday ekan, agar „Tesla“ Xitoyda yoki boshqa joylarda josuslik qilish uchun avtoulovlardan foydalanganida, allaqachon yopilgan boʻlardi.
Xitoyda „Tesla“ kompaniyasiga raqobatchi paydo boʻldi. Xitoyning elektromobillarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida „Volvo“ va „Lotus“ kompaniyalariga egalik qiluvchi „Geely“ kompaniyasi oʻzining „Zeekr“ brendi ostida elekromobillar ishlab chiqarishini maʼlum qildi. Xitoyda 2025-yilga qadar mamlakat bozorlarida sotiladigan avtomobillarning beshdan bir qismini elektomobillar tashkil etadi.

Yüklə 39,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə