280
tasida namoyon bo‘ladi. Penetrantlikning bir ko‘rinishi jinsga tobe va bog‘liq belgilarning
namoyon bo‘lishidir.
Peromeliya – gavda normal bo‘lgan holda qo‘l-oyoqlar kalta bo‘lishi.
Plazmogenlar — ona liniyasi orqali irsiylanuvchi — sitoplazma genlari (mitoxondriya,
plastidalar genlari).
Plazmon — sitoplazmada joylashgan hujayraning irsiy informatsiyasi.
Plazmidalar
(episomalar)
—
qisqa
DNKdan
tashkil
topgan,
mustaqil
reduplikatsiyalanadigan qo‘shimcha xalqasimon xromosomalar. Bakterial hujayralarda
ularning mavjudligi antibiotiklar va sulfanilamidlarga chidamlilikni ta`minlaydi. Ayrim
plazmidalarning bakteriya nukleoidlari tarkibiga birika olish xususiyatlari genlarni ko‘chirib
o‘tkazishda (transgenoz) vektor sifatida foydalanishga imkon beradi.
Pleyotropiya — bitta genning ko‘p belgiga ta`sir qila olish xususiyati — genning ko‘p
tomonlama ta`siri. Uning klassik misoli Marfan sindromidir. Pleyotropiya birlamchi va
ikkilamchi bo‘lishi mumkin.
Polimeriya — bir nechta genning bitta belgiga ta`siri. Polimeriyaning ta`siri 2 xil bo‘lishi
mumkin:
1)
kumulyativ —har bir gen ta`siri qo‘shilishi (odamda teri pigmentatsiyasi).
2)
nokumulyativ — bunda belgining yuzaga chiqishi uchun polimyer genlardan birining
mavjudligi kifoya qiladi.
Polimer genlar — belgining namoyon bo‘lishiga bir xil fenotipik ta`sir ko‘rsatuvchi
noallel genlar. Lotin alfavitining bir xil harflari bilan ifodalanadi (allel bo‘lmasa ham):
A
1,
A
2
,
a
1
, a
2
va shunga o‘xshash.
Poliploidiya — xromosomalar gaploid to‘plamining butunligicha ko‘payishi bilan
xarakterlanadigan genom mutatsiyasi (2p-----Zp------ triploidiya 4p------tetraploidiya).
Uning sababi hujayraning bo‘linishi vaqtida xromosomalarning ajralmay qolishidir.
Poliploidiyani sun`iy hosil qilish ham mumkin. Odamlarda bunday mutatsiyalar
embriogenezdayoq o‘limga sabab bo‘lishi mumkin (chunki muhim tizimlar
anomaliyalari kuzatiladi).
281
Politeniya — DNK molekulasining ajralmasdan ko‘p marta ikkilanishi gigant
xromosomaning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday politen xromosomalar
aberratsiyalarni o‘rganishda va genlar kartasini tuzishda qulay ob`ekt hisoblanadi.
Populyatsiya - bitta arealda yashovchi, panmiksiya orqali birlashgan, bitta turga kiruvchi
shaxslar guruhi. Evolyutsiyaning sintez nazariyasiga ko‘ra — populyatsiya evolyutsiyaning
elementar birligi, unga evolyutsiyaning elementar omillari ta`sir ko‘rsatadi.
Populyatsion polimorfizm - populyatsiyada har xil genotiplar mavjudligi (ularning eng
kam uchraydiganining chastotasi 1% dan kam bo‘lmaydi, shuning uchun ham ularni
yangi mutatsiyalar bilan tushuntirib bo‘lmaydi). Muvozanatlashgan, moslashuvchan va
o‘tkinchi polimorfizmlar mavjud. Polimorfizm biokimyoviy darajada ham namoyon
bo‘lishi mumkin (har xil izofermentlar tizimi). Polimorfizmga tipik misol qilib ABO, MN
qon guruhdarini keltirish mumkin.
Populyatsiyaning geterozigotaligi - populyatsiyada geterozigot genotipli shaxslar
mavjudligi bo‘lib, populyatsiyaning moslashuv plastikligini, o‘zgargan sharoitda
populyatsiyaning yashovchanligini ta`minlaydi. Geterozigotalar yashovchanligi ancha
yuqori bo‘ladi va ularda geterozis samarasi kuzatiladi.
Polidaktiliya – kaft yoki panjada barmoqlar soni ortiqligi.
Progeniya – pastki jag‘ning o‘ta kattalashganligi.
Progeriya – organizmning muddatdan ilgari qarishi.
Prognatiya – yuqori jag‘ning pastki jag‘ga nisbatan turtib chiqqanligi.
Prozensefaliya–
oldingi miya pufagining katta yarimsharlarga to‘liq
bo‘linmaganligi.
Prenatal diagnostika - homilada irsiy kasalliklarni aniqlash usuli. Ultratovush
tekshirishlari, amniotsentez, kordotsentez, xorion biopsiyasi orqali amalga oshiriladi. Irsiy
kasalliklar profilaktikasining eng samarali usullaridan biri.
Proband — genealogik tahlil uchun ma`lumotlar to‘planadigan shaxs.
Prokariotlar — differensiatsiyalashgan yadroga ega bo‘lmagan bir hujayrali organizmlar
(bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari).
Protsessing - pre - iRNKning yetuk iRNKga aylanish jarayoni. Protsessingda intronlar
uzilib, ekzonlar bir-birlari bilan ulanadi (splaysing).
282
Psevdogenlar — polipeptid sintezida qatnashmaydigan, faol genlarning nusxalari.
Pterigium – terining qanotsimon burmalari.
Reaksiya normasi — modifikatsion o‘zgaruvchanlik chegarasi, bitta genotipning har xil
muhit sharoitida har xil fenotapni yuzaga chiqara olish qobiliyati. Reaksiya me‘yori
moslashuvli ahamiyatga egadir. Bola ota-onasidan belgini emas, balki ma`lum reaksiya
meyoriga ega genni nasl qilib oladi. Masalan, odam organizmi qonda kislorodning partsial
bosimiga qarab ma`lum miqdorda eritrotsitlarni hosil qilishi mumkin.
Reversiya (teskari mutatsiya) dastlabki genotipning tiklanishiga olib keluvchi mutatsiya
a—A.
Reparatsiya xatoliklari - reparatsiya jarayonida fermentning mutant qismini emas, unga
komplementar normal qismning buzilishi natijasida kelib chiqadigan mutatsiya. Keyin esa
qo‘sh mutant bispiral sintezlanadi. Bunday mutatsiyalarga pigmentli kserodermiya misol
bo‘la oladi.
Repressiya — gen faolligining bo‘g‘ib qo‘yilishi.
Repressor — repressiyani amalga oshiruvchi oqsil.
Retroviruslar — irsiy axboroti RNKda kodlashgan virus.
Retsessivlik — geterozigotalarda (Aa) allellardan birining (a) fenotipik yuzaga
chiqmasligi.
Retsiprok chatishtirish - chatishtirilayotgan juftlarning har birining birinchi holatda
ona organizmi, ikkinchi chatishtirishda esa ota organizmi sifatida olinishi:
1. ♀ Aa x ♂aa; 2. ♀aa x ♂Aa.
Sayt — krossingoverda qatnashuvchi va mutatsiyada o‘zgaruvchi genning bir qismi.
Sibslar — aka-uka, opa-singillar, bitta ota-ona farzandlari.
Sindaktiliya – kaftda va oyoq panjasida qo‘shni barmoqlarning qisman yoki to‘liq
birikkanligi.
Sinofriz – qoshlarning qo‘shilib ketishi.
Speyserlar — eukariotlarda -genlarning orasidagi, prokariotlarda esa promotor va
struktura genlarini ajratuvchi DNKning kichik qismlari.
Somatik hujayralar - ko‘p hujayrali organizmning jinsiy hujayradan boshqa har qanday
hujayralari.
Dostları ilə paylaş: |