Foydalanilgan adabiyotlar 1. Yo.X.To’raqulov. Bioximiya. Toshkent “O’zbekiston”, 1998 y.
2. M.N. Valixonov Biokimyo. Toshkent. “Universitet” 2011 y.
3. A.Zikiryaev.,P.Mirxamidova. Biologikkimyovamolekulyarbiologiya. 1-qism.
Toshkent. 2012 y
6-MAVZU RNK MOLEKULASINING STRUKTURA VA FUNKTSIYALARI. INFORMATSION RNK VA GENETIK KOD 1. Informatsion RNK 2. Genetik kod Tayanch tushunchalar: i-RNK, genetik kod, kodon, antikodon, aminoatsil, triplet,
terminator kodon, nukleotid
Har qanday hujayrada RNK miqdori DNKga nisbatan 5-10 marta ko’p
uchraydi. RNKning asosiy funksiyasi translyatsiya jarayonida genetik axborotni oqsil
tiliga aylantirishda, ayrim holatlarda endonukleazalik vazifani va har xil bosqichlarda
genlarning ekspressiyasida ishtirok etadi. Ayrim viruslarning (retrovirus, ko’pchilik
hayvon, o’simlik va hasharot viruslari) genomi bir yoki qo’sh zanjirli RNK
molekulasidan iborat.
RNKning turlari. Har xil hujayralarda quyidagi RNK xillari uchraydi:
ribasoma (rRNK), transport (tRNK) va informatsion (iRNK). Ko’pchilik hujayralarda
yana kichik yoki sitoplazmatik RNK (ksRNK), eukariotlarda kichik yadroviy RNK
(kyRNK) (2-jadval) mavjud.
Hamma RNKning 80-85% ni rRNK, 10% ni 100 xil tRNK, xabar beruvchi
RNK – 5% ni, kichik yadroviy, sitoplazmatik va hali vazifasi noma’lum bo’lgan
RNKlar 2% ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda ko’pchilik RNK, jumladan, tRNK,
rRNK, iRNK va kyRNKning birlamchi strukturalari, ulardagi asosiy qonuniyatlar har
xil organizmlarda aniqlangan.
Tabiiy
RNKlarning
aksariyatlari
birlamchi
strukturali,
bir
qator
poliribonukleotid zanjiridan iborat. Bir qatorli RNK zanjirining ayrim qismlarida
xuddi oqsillarga o’xshash ikkilamchi strukturalar hosil qilishi mumkin.
Poliribonukleotid qo’sh zanjirlar qatoridagi o’zaro antiparallel Uotson-Krik juftliklari
(AU va GS) asosida shakllanadi. Qo’sh zanjirli RNK molekulasida GU juftliklari
ham tez-tez uchrab turadi. RNK molekulasining qo’sh zanjirli qismlari komplementar
va bir tekislikdagi kimyoviy bog’lar orqali stabil holatga keladi. RNKning ayrim
25
qismlari azot asoslari o’rtasidagi hosil bo’ladigan kuchli bog’lanishlar asosida
spirallashgan konformatsiyaga ega bo’ladi.