Molekulyar biologiya


DNK replikatsiyasida molekulaning ikkiga ko’payishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/93
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#138448
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93
Molekulyar biologiya OMK uzb

 DNK replikatsiyasida molekulaning ikkiga ko’payishi. 
Replikatsiyaning initsiatsiyasida ribonukleozidtrifosfatlardan tashkil topgan 
qisqa molekulali RNK-zatravka zarur bo’lib, bu omilni DNK-praymaza fermenti 
sintezlaydi. Praymaza fermenti hujayralardagi har xil RNKlarning sintezida 
ishtirok 
etadi. 
RNK-praymer 
sintezlangandan 
so’ng, 
DNK-polimeraza 
replikatsiyani davom ettiradi. Yangi sintezlangan DNK zanjirining oxiri 5’-
tomonida ribonukleotidlarni tutadi. Keyinchalik qisqa praymerlar o’rnini DNKning 
segmentlari egallaydi. 
DNK molekulasi antipararell bo’lganligi uchun polimeraza fermenti 
polinukleotid zanjirini faqat bir tomonga 5’→3’ga uzaytirib boradi. Replikativ 
ayrining harakati davomida polimeraza 5’→3’ va 3’→5’ tomonlariga bir vaqtda 
sintez reaksiyasini olib borolmaydi. Demak, DNK molekulasining faqat bitta 
zanjiri to’liq sintezlanib boradi. Qarama-qarshi tomondagi DNK zanjirida kichik 
fragmentli (1000-2000 nukleotid qoldiqlari prokariotlarda va 100-200 nukleotid 
qoldiqlar eukariotlarda) nukleotidlar, ya’ni Okazaki fragmentlari sintezlanadi. 
Sintezlanayotgan DNK molekulasining to’liq qismini yetakchi, ikkinchisi 
esa Okazaki fragmentlaridan tashkil topgan zanjirni “orqada qoluvchi” deb ataladi. 
Bunday qisqa fragmentlarning sintezi RNK-zatravka ishtirokida davom etadi. 
Mazkur DNK sintezini uzilgan yoki yarim uzilgan replikatsiya deb ataladi. 
Ma’lum vaqtdan so’ng, RNK-zatravkalar (praymerlar) ajraladi. Bo’sh qismlar 
DNK-polimeraza fermentlari orqali nukleotidlar bilan to’ldiriladi, kichik 
fragmentlar esa, DNK ligaza fermentlari orqali “orqada qoluvchi” zanjirlar o’zaro 
choklanadi. Shunday qilib, nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog’lari DNK ligaza 


37 
fermentlari orqali shakllanadi. 
Nativ DNK bispiral holatda bo’ladi. Komplementar holatda o’z-o’zidan 
ko’payish uchun qo’sh spiral ikkiga ajralishi lozim. DNKning ikki zanjirga 
yechilishi muayyan qismlardan boshlanadi. Qo’sh zanjirni bir-biridan ajratishda 
ferment xelikaza - DNKga bog’liq ATF-aza bajaradi. Energiyani esa, ATFni 
gidroliz qilinishidan foydalanadi. Xelikaza fermenti doira shaklidagi oltita 
subbirlikdan tashkil topgan struktura. Mazkur ferment harakatda bo’lib, ATF 
ishtirokida DNKni replikativ ayriga ajratib boradi. 
Bir zanjirli DNK molekulasi uzunasi bo’ylab SSB-oqsillari (Single Strend 
Proteins) bilan bog’langan holda bo’ladi. E.colining SSB-oqsili tetramerli 
(molekula massasi 88000 Da), yuqori darajadagi asimmetrik molekula bo’lib, 
tarkibida dikarbon aminokislotalari ko’p uchraydi. Oqsil bir zanjirili DNK 
molekulasi bilan kooperativ holda bog’lanadi. Xelikaza fermenti orqali qo’sh 
zanjirli DNKdan bir zanjirli molekulalarni hosil bo’lishida SSB-oqsillari 
polinukleotid zanjirlarni stabillashtirib, molekulada hosil bo’lishi mumkin bo’lgan 
DNKning ikkilamchi strukturasini shakllanishiga yo’l qo’ymaydi. SSB-oqsillari 
DNK-polimeraza fermentini faollantirib, uning ish faoliyatini aniqlashtiradi. 
Eukariotlarda bunday oqsillarga yadrodagi replikativ xususiyatli proteinlar kirib
ularni A (RrA) belgi bilan belgilanadi. 
DNK molekulasida avtonomli replikatsiya xususiyatiga ega bo’lgan qismlar 
bo’lib, bu bo’lakni replikon deb ataladi. Replikon DNKning o’z-o’zidan ko’payishi 
uchun kerakli genlarni tutib, regulyatorlik xususiyatiga ham ega. DNKdagi 
replikon qismdan replikatsiya boshlansa shu joyni replikator deb ataladi. 
Eukariot hujayralarda replikatsiyaning boshlanishi DNKning ko’p 
nuqtalarida bo’lib, ularning masofasi taxminan 20 ming nukleotid qoldig’idan 
iborat. Eukariot xromosomalar polireplikonli tuzilishga ega. Replikatsiyaning 
initsiatsiyasi ma’lum nuqtadan ikki tomonlama harakat qilib, qo’shni replikativ 
ayrilar bir-birlari bilan qo’shilguncha davom etadi. To’liq shakllangan xromosoma 
kichik sintezlangan DNK zanjirlarining o’zaro qo’shilishidan shakllanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə