Molekulyar kinetik nazariya haqida umumiy tushunchalar” mavzusidagi kurs ishi bajardi: Hakimov. G’ Kurs ishi rahbari: Yo’ldoshqori. Sh farg’ona 2023



Yüklə 63,84 Kb.
səhifə12/13
tarix22.03.2024
ölçüsü63,84 Kb.
#180153
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Molekulyar kinetik nazariya haqida umumiy tushunchalar” mavzusid-fayllar.org

XULOSA

1.Ta’limning islox qilinishidan asosiy maqsadlardan biri, avvalo ta’limning samaradorligi,o‘qitishning va o‘qishning, o‘zlashtirish va tushinishning osonligi va bilimlarning yashovchanligi kabi muammolar va prinsiplar barcha ta’lim ob’ektlari uchun bir xilda imkoniyatli bo‘lishidadir.


2.Ta’lim samaradorligini va bilimlarning yashovchanligini ta’minlash uchun avvalo ta’limni yangi, zamonaviy, innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari bilan amalga oshirishga o‘tish kerak
3.Ta’limning uzviyligi va uzluksizligi masalasi doimo muhim muammolardan bo‘lib qolmoqda. Bu masala o‘zining dolzarbligi bilan ta’lim mutasaddilari, xususan fizika o‘qituvchilari oldida xam asosiy muammo bo‘lib turibdi.
4. Yorug‘likning elektromaginit to‘lqin nazariyasini o‘qitishda, uzviylik va uzluksizlikka to‘la erishilmagan. Bu muammoni hal etish uchun esa,darsliklardagi ushbu masalaga bag‘ishlangan mavzularning mazmuni va ketma-ketligini o‘zgartirish zarur.
5.Elektromagnit to‘lqinlar va Maksvell tenglamalariga bag‘ishlangan mavzular akademik litseylarning aniq fanlar guruxlarida 2-va3-bosqichda o‘tilishi rejalashtirilgan bo‘lib,afsuski bu mavzular orasida uzviylik va izchillikka to‘la amal qilinmagan.(A.G.G‘anievning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun chiqarilgan “Fizika” kitobining 1-qismida elektromagnit to‘lqinlarga bag‘ishlangan 9 ta mavzu bayon qilingan. Bu mavzular elektromagnit tebranishlar va o‘zgaruvchan tokka doir mavzularning davomi sifatida bayon qilinadi.)
6.Ushbu mavzularda yoritilayotgan fikrlar, Maksvellning yorug‘likning tabiati yuzasidan olib borgan tadqiqotlari va hulosalari bilan umuman bog‘lanmagan.
7.Yorug‘likning elektromagnit tabiati bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim mulohazalar esa kitobning 2-qismida asosan ikki mavzu,elektromagnit to‘lqinlar shkalasi va rentgen nurlarining bayonida qisqagina eslatmalar bilangina cheklangan.
8.Bunday yondashuvda litsey talabalarining yorug‘likning elektromagnit to‘lqin nazariyasiga doir mavzularning mazmuni va mohiyati haqidagi dastlabki, asosiy tushunchalarga ega bo‘lishlari qiyin kechadi.
9. Shuning uchun ushbu mavzularni o‘tishda albatta elektr, magnit va optik hodisalarning umumiyligi va bevosita o‘zaro bog‘liqligi haqidagi tushunchalarni bayon qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
10.Shuni ta’kidlash kerakki,elektromagnit to‘lqinlar bayon qilinganda Elektr maydonining o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan magnit maydon indutsiyasi elektr maydon kuchlanganligining o‘zgarish tezligiga proporsional va aksincha ekanligi e’tirof qilinadi.


Yüklə 63,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə