Moliya bozori muomalada bo’loan aktivlariga ko’ra 5 turga bo’linadi



Yüklə 14,59 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü14,59 Kb.
#137387
moliya bozori. RR


Moliya bozorida pul, kredit, qimmatli qogozlar, valyutalar, sugurta polislari, qimmatbaho metallar kabi instrumentlar tovar sifatida ishtirok etadi . Ushbu bozordagi muomalalarda vositachi sifatida tijorat banklari, birjalar, jamg'arma institutlari va boshqalar ishtirok etar ekan. Bu vositachilar kapitalni kreditor va qarz oluvchi o'rtasida qayta taqsimlaydigan mexanizmni amalga oshiradilar. Ushbu qayta taqsimlash jarayoni murakkab ish bo'lib, chunki moliya bozorida ushbu ish bajarilayotganda ko'p qiyinchiliklar yuzaga chiqadi. Xususan, bozor ishtirokchilarining [ kreditor , qarzdor va vositachi ] manfaatlari bir biriga qarama qarshiligi va riskni balandligi. Ushbu vazifa bajarilgandan so’ngra yirik loyihalarni qurish, kapitalni kengaytirish masalalari bajariladi. Shu orqali rivojlanishga erishish mumkin deb o’ylayman.
Moliya bozori muomalada bo’loan aktivlariga ko’ra 5 turga bo’linadi:

  1. Kredit bozori

  2. Pul-kredit bozori

  3. Qimmatli qog’ozlar bozori

  4. Qimmatbaho metallar bozori

  5. Sug’urta va xususiy pension bozori

Instrumentlari muomalada boʻlish muddatiga koʻra moliya bozori pul bozori va kapital bozoriga boʻlinadi. Pul bozorida naqd pul, qisqa muddatli toʻlov vositalari, bir yilgacha boʻlgan qisqa muddatli jamgʻarmalar muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida esa “uzun pullar” muomalasi tashkil etilib, unda asosan aksiyalar va obligatsiyalar amal qiladi. Muomala muddati esa bir yildan ortiq boʻladi. Kapital bozorining pul bozoridan asosiy farqli jihati uzoq muddatli investitsiyalardan foydalanishi bilan izohlanadi.
Moliya bozori modeli – iqtisodiyotni moliyalashtirishning turli usullari va turli moliyaviy vositachilar rolining ahamiyatiga bogʻliq holda bozorni tashkil etish tipidir.Iqtisodiyotni moliyalashtirishning ikkita asosiy usuli mavjud boʻlib, ular bank kreditlari yordamida moliyalashtirish hamda qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirishdi
Yüklə 14,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə