Moliya-buxgalteriya


III. Termiz shaxar xalq ta’limi bo‘limi tizimida joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida



Yüklə 143,51 Kb.
səhifə4/6
tarix01.06.2023
ölçüsü143,51 Kb.
#114800
1   2   3   4   5   6
2022 yil. ”27” iyundan “16” iyulgacha reja I. Amaliyot utaydiga

III. Termiz shaxar xalq ta’limi bo‘limi tizimida joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Termiz shaxar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufida 68 ta ta’lim muassasa faoliyat olib boradi. Shundan 64 ta umumta’lim maktab, 3 ta ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari mavjud. Ushbu umumta’lim maktablarida jami sinf soni 1598 ta bo‘lib, 33204nafar o‘quvchilar (shundan 16569 nafar qizlar) ta’lim tarbiya oldilar. Termiz shaxar da ta’lim o‘zbek, tojik va rus tillarida olib boriladi. Ta’lim tillari bo‘yicha tahlil etilganda 67 ta maktablarda 31007 nafar (91,4 %) o‘zbek tilida, 12 ta maktabda 2198 nafar (6,55 %) tojik tilida, 1 ta maktabda 348 nafar (1,04 %) o‘quvchilar rus tilida ta’lim olishmoqda. Ushbu maktablarda o‘quvchilarning o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quvchilar o‘zlarining ona tilidagi darsliklari bilan ta’minlangan.


2021-2022 o‘quv yilida Termiz shaxar dagi umumta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 2950 nafar o‘qituvchilarning 1590 nafari (54%) ayollar, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 2208 nafar (75%), o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar 742 nafar (25%) ni tashkil etadi.
Ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Respublikaning boshqa hududlaridan jami 41 nafar pedagog xodimlar tumanning uzoq hududda joylashgan hamda ta’lim sifati past bo‘lgan maktablariga jalb etildi.
Malaka toifalariga ko‘ra 87 nafari oliy(3%), 263 nafari birinchi ( 9%), 568 nafari ikkinchi (19%), 2032 nafari mutaxassis (69%) toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tashkil etadi.
2021-2022 o‘quv yilida tumandagi barcha umumta’lim maktablari o‘qituvchilari orasida ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika, kimyo va biologiya fanlarini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy test sinovlariga jalb etish, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilarning salmog‘ini ko‘tarish choralarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Tuman bosqichidagi fan olimpiadasida g‘olib chiqqan 75 nafar o‘quvchilar, 2022 yil 24-28 fevral kuni olimpiadaning viloyat bosqichida qatnashib 6 nafar o‘quvchi viloyatda birinchi o‘rinni egallab Respublika bosqichida qatnash huquqini qo‘lga kiritdi. Respublika bosqichida bo‘lib o‘tgan olimpiadasida fizika fanidan 4-sonli umumta’lim maktabning 11 sinf o‘quvchisi Tolibjonova Zilola va ingliz tilida 64-sonli umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abdug‘afurova Fazilabonu faxrli o‘rinni egallab oliy o‘quv yurtiga imtiyoz bilan muddatidan oldin o‘qishga kirdilar.
Bundan tashqari 6-mart kuni tarix, matematika, fizika fanlaridan “Hokim kubogi” o‘tkazilib, g‘oliblar qimmatbaho sovg‘al va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarni o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktorining 2022 yil 14 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida”gi 4-q.q va 1-q.q-sonli qo‘shma qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shaxar dagi 1-sonli umumta’lim maktabida 2022 yil 4 mart kuni 19 ta maktabdan 95 nafar o‘quvchi ushbu tanlovda qatnashdi. Tanlov jarayonini adolatli va shaffofligini ta’minlash uchun kuzatuv kameralari orqali ota-onalar va o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yaratildi. Ushbu tanlovda har bir o‘quvchining javoblar varaqasi ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borildi. Tanlov yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, tanlovda g‘olib bo‘lgan maktablarni bir martalik pul mukofotlari bilan tuman bosqichida: 1-o‘rin uchun — 100 million so‘m 14-sonli umumta’lim maktabi jamoasi, 2-o‘rin uchun — 75 million so‘m 4-sonli umumta’lim maktabi jamoasi va 3-o‘rin uchun — 50 million so‘m miqdorida 13-sonli umumta’lim maktabi jamoasi pul mukoftlari bilan taqdirlandi.
Tumanimizda o‘tgan davr mobaynida 5 ta muhim tashabbus doirasida 20 tadan ortiq ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarga 20 ming nafardan ortiq o‘quvchi yoshlarning ishtiroki ta’minlandi.
23-sonli umumta’lim maktabidan 5 sinf o‘quvchisi “Besh tashabbus- kitob bilan” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2022 yilning 5 oyi davomida tumandagi 65-umumta’lim maktablariga 63 nomdagi 4095 dona badiy kitoblar yetkazib berildi.
Jumladan: Joriy yilning 22 fevral kuni tumanning olis Bobotog‘ hududi joylashgan 9 ta (32-,33-,34-,35-,36-,40-,45-,46-,63-) maktablarni o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Sportni sev”, “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” va “Biz bir jamoamiz” shiori ostida ommaviy sport festivallari o‘tkazildi va mazkur festivallarda 700 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishgan bo‘lib, musobaqa g‘oliblari (3 mln so‘mlik) qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Maktablararo futbol ligasi” kabi 40 ga yaqin sport tadbirlari ommaviy tarzda o‘tkazilib kelindi. Mazkur o‘tkazilgan sport tadbirlarida hozirgi kunda 20 mingdan ortiq yoshlar qamrab olindi. Ushbu o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tuman hokimligi va homiylar tomonidan 38 mln so‘mlik esdalik sovg‘alari tarqatildi.
2020-2021 o‘quv yilida 2287 nafar 11 sinfni bitirib, 526 (24,31 %) nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga 309 nafar (grant 105 nafar, kontrakt 204 nafar), O‘zbekistondagi xorijiy ta’lim muassasalarga 15 nafar, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga 202 nafar. (Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yashil maktablar – 19 ta, Sariq maktablar-44 ta, Och qizil maktablar 3-tani tashkil etadi )

Yüklə 143,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə