Moliya fanida masalalar to’plami



Yüklə 238,01 Kb.
səhifə9/15
tarix05.10.2023
ölçüsü238,01 Kb.
#125579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Масалалар

20-masala

Yil boshiga korxona aylanma aktivlari 200.24 mln.so’mni, yil oxiriga esa 256.81 mln.so’mni tashkil etgan.Qisqa muddatli majburiyatlari mos ravishda 89.73 va 105.9 mln.so’mni tashkil etgan. Yil davomida joriy likvidlik koeffithenti o’zgarishini aniqlang.

Echimi: Yil boshiga joriy likvidlik koeffitsenti: K1=200.24/89.73=2.232 Yil oxiriga joriy likvidlik koeffitsenti: K2=256.81/105.9=2.425 Natijani o’zgarishi: K3=K2/K1=2.425/2.232=1.0865 yoki +8.65%. Joriy likvidlik koeffitsenti 8.65%ga o’sgan.

21-masala

Firmani moliyaviy holatini tahlil etishda ikki davrda o’z kapitali rentabellik koeffitsentini hisoblab, o’rtacha tarmoq ko’rsatkichiga solishtiring. Bu davrda firma sof foydasi 128 ming so’mdan 162 ming so’mga ko’paygan. Firma o’z kapitali esa 560 ming so’mdan 532 ming so’mga kamaygan. O’rtacha tarmoq boyicha koeffitsent 0.22 dan ikkinchi davrda 0.20 ga kamaygan.

Echimi: Birinchi davrda o’z kapitali rentabellik koeffitsenti aniqlab olamiz: R1=128/560=0.2286 Ikkinchi davrda o’z kapitali rentabellik koeffitsenti aniqlab olamiz: R2=162/532=0.3045 Birinchi davrda o’z kapitali rentabellik koeffitsenti o’rtacha tarmoq ko’rsatqichidan ozgina oshiqroqni tashkil qildi: 0.2286/0.22-1=+0.039 yoki 3.9%ga ko’p. Ikkinchi davrda o’z kapitali rentabellik ko’rsatkichi o’rtacha tarmoq ko’rsatkichidan sezilarli darajada ortiq: 0.3045/0.20-1=+0.5225 yoki 52.25%ga ko’p. Xulosa: Umuman olganda o’z kapitali rentabellik koeffitsenti yaxshi tomonga o’zgargan. Lekin bu vaziyatda shuni hisobga olish kerakki, firma o’z kapitalini kamayishi uning mustaqilligida putr etkazadi. Bunda, firma kam samarali aktivlardan xalos bo’lishi talab etiladi.

22-masala

Quyidagi jadvalda korxonaning balans va hisob ko’rsatkichlari berilgan. Balans aktivi tuzilishi balans passivi tuzilishiga mos keladimi?


1. Balans valyutasi

123600

2. Nomoddiy aktivlar

36000

3. Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar

50800

4. Zaxiralar

36800

5. Ustav kapitali

90000

6. Kreditor qarzdorlik

17800

7. Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar

15800

Yüklə 238,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə