Moliya tayyorladi: Ashurov Mansurbek



Yüklə 4,62 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü4,62 Kb.
#160714
moliya ashurov m

MOLIYA Tayyorladi:Ashurov Mansurbek

MAVZU:Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish

Reja:

1-Moliyaviy rejalashtirish

2-Moliyaviy bashoratlash

Moliyaviy rejalashtirish

  • Har qanday iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, umumiy shaklda rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
  • “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no – mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo’yicha ongli faoliyatni bildiradi. 
  • Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va proporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari (miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat.
  • Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo’llanilishini taqozo etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin: ekonometrik model yaratish korrelyatsion- regression tahlil bevosita ekspert baholash metodi Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o’zida muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan sotsial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli stsenariyalari ishlab chiqiladi.
  • 3.Kapitallar menejmenti. Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapitalga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 4,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə