«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə290/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   296
Moliyaviy hisob

Oraliq baholash: “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi NIZOM”ning 2-bob 5-bandiga asosan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Yakuniy baholash ogʻzaki imtihon usulida oldindan tayyorlangan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan bilet savollari asosida ishlab chiqarishda boshqaruv fakulьteti dekanati tomonidan ishlab chiqiladigan hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat oʻtkazish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Yakuniy nazorat oʻtkazish uchun fanning barcha mavzularini qamrab olgan, guruhdagi talabalar sonidan kam boʻlmagan va 2ta nazariy savol, bitta amaliy misolni qamrab olgan bilet variantlari tuziladi.
Yakuniy baholash: Yakuniy nazorat turini oʻtkazish va mazkur nazorat turi boʻyicha talabaning bilimini baholash oʻquv mashgʻulotlarini olib bormagan professor-oʻqituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan professor-oʻqituvchi yakuniy nazorat turini oʻtkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Talaba fan boʻyicha yakuniy nazorat turi oʻtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan boʻlishi shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.


"Buxgalteriya hisobi" fanidan talabalarning faoliyati baholash uchun topshiriqlar mazmuni
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi toʻgʻrisidagi NIZOM”ning 2-bob 10-bandiga asosan talabaning amaliy, mashgʻulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashgʻulotlardagi faolligi fan oʻqituvchisi tomonidan baholab boriladi. Amaliy mashgʻulotlarda joriybaholash ogʻzaki soʻrov, test oʻtkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, mustaqil ta’lim va uy vazifalarini tekshirish kabi shakllarda oʻtkazilishi mumkin.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə