«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə296/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296
Moliyaviy hisob

20. Pul bozori dastaklari - pulli dastak boʻlib, uning sohibiga ma’lum bir davr ichida kafolatlangan va qat’iy belgilangan pul daromadi olish huquqini beradi. Bu dastaklar bozorda pasaytirilgan narxlarda sotiladi, narxni pasaytirish darajasi foiz stavkasining katta-kichikligiga va qarzni qoplanish muddatiga bogʻliqdir. Bularga gʻazna veksellari, depozit sertifikatlari, bank aktseptlari va boshqalar kiradi. Xalqaro amaliyotda portfelgʻ investitsiyalar harakatini toʻlov balansida nota (qarz majburiyati) (note), optsion (option), varrant (warrant), fgʻyuchers (futures), forvard kursi (forward rate), svop (swap) kabi kategoriyalar qabul qilingan: Nota (qarz majburiyati) (note) - qisqa muddatli (3-6 oy) pulli dastak boʻlib, bank bilan kelishuv asosida qarz oluvchining oʻz nomiga chiqariladi, bozorda joylashtirilishi kafolatlanadi va sotilmagan notalar sotib olinadi, rezerv kreditlar bilan ta’minlanadi. Optsion (option)- shartnoma (qimmatli qogʻoz) boʻlib, xaridorga ma’lum bir qimmatli qogʻoz yoki tovarni belgilangan muddatdan soʻng yoki ma’lum bir davr ichida qat’iy belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradi. Varrant (warrant) – optsionning bir turi boʻlib, egasiga belgilangan muddat ichida emitentdan imtiyozli sharoitda ma’lum bir miqdordagi aktsiyalarni sotib olish imkonini beradi. Fgʻyuchers (futures) –qimmatli qogʻozlarni, valyuta yoki tovarlarni belgilangan narx va kelajakdagi belgilangan muddatda sotish yoki sotib olish borasidagi bajarilishi majbur boʻlgan qisqa muddatli standart shartnomalardir. Forvard kursi (forward rate)- asosiy qarz summasining ma’lum bir oʻzgarmas qismiga nisbatan belgilangan vaqtda toʻlanadigan foiz stavkasining hajmi toʻgʻrisida kelishuv boʻlib, u oʻsha kundagi foiz stavkasidan past yoki yuqori boʻlishi mumkin. Svop (swap) – savdo qoidalariga amal qilgan holda bitta qarzni toʻlash boʻyicha ma’lum bir muddat oʻtgandan soʻng shartlarni oʻzgartirish boʻyicha bitim.




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə