Moliyaviy hisob va hisobat


-rasm. Xususiy kapital tarkibi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə120/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

9.1-rasm. Xususiy kapital tarkibi
Shulardan kelib chiqib, xususiy kapital tarkibini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Subyekt tashkil etilayotganda shakllanadigan kapitallar:

    • ustav kapitali;

    • qo‘shilgan kapital;

  2. Subyekt faoliyati davomida hosil bo‘ladigan kapitallar:

    • sotib olingan xususiy aksiyalar;

    • rezerv kapitali;

  • taqsimlanmagan, jamg‘arilgan foyda yoki qoplanmagan zarar (jami xususiy kapitalni aniqlashda ayriladi);

  • maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari;

  • kelgusi xarajatlar va to‘lovlarrezervlari.

Xususiy kapital hisobining asosiy maqsadi buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar uchun xususiy kapital shakllanishi, tarkibiy tuzilishi va dinamikasi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni tayyorlash hamda taqdim etish.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda xususiy kapital hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;

  • korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash;

  • ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash;

  • qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish;

  • korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish;

  • davlatga qarashli korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning ustav fondini, shuningdek, xususiy hamda aralash mulkchilikka asoslangan korxonalarning ustav kapitali ahvolnini va harakatini o‘rganish;

  • oddiy va imtiyozli aksiyalarni qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar hamda ustav kapital (fond)ga kiritilgan mablag‘larni qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tafovut summalar monitoringini o‘tkazish;

  • rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (pul mablag‘laridan tashqari), korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan hosil qilingan kapitallar, keyinchalik kiritilgan (ustav kapitalida ko‘rsatilmaydigan) aktivlarni qayta baholash yuzasidan keladigan farq mablag‘larining mavjudligi va harakatini belgilash;

  • korxona faoliyatining hamma davri va hisobot davridagi taqsimlanmagan foydalari hamda qoplanmagan zararlar summasining holati, harakati yuzasidan axborotlarni umumlashtirish;

  • xususiy kapital qatoriga qo‘shiladigan va korxona faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida qaraladigan grantlar hamda subsidiya kapitallarning holati, harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish va hakozo.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə