Moliyaviy hisob va hisobat


-rasm. Ustav kapitali shakllanishida kiritiladigan aktivlar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə122/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

9.2-rasm. Ustav kapitali shakllanishida kiritiladigan aktivlar

Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalini shakllantirishni aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagi ko‘rinishga ega:




9.1-jadval
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining shakllantirilishi



Muomalalar mazmuni

Debet

Kredit

1.

Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi (to‘liq miqdorda) aks ettirildi

4610

8310; 8320

2.

Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha sotilishi aks ettirildi

5010;
5110

4610

3.

Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining nominal qiymatidan yuqori narxda sotilishi (aksiyalarning birlamchi emissiyasi chog‘ida farq) aks ettirildi

5010;
5110

8410

4.

Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga ulush hisobiga aktivlarning kelib tushishi

0820; 0830;
1000 va b.

4610

Korxona ta’sischilari tomonidan ustav kapitaliga o‘z ulushlari hisobidan asosiy vositalarini kiritganda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni ustav kapitalga kiritilishi AV-1 qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Debet0800 – “Kapital qo‘yilmalar”
Kredit 4610– “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.
Asosiy vositalar foydalanishga berilgandan so‘ng esa quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Debet 0100 – “Asosiy vositalar”
Kredit0800 – “Kapital qo‘yilmalar”.
Korxonaning ustav kapitaliga nomoddiy aktivlarning ulush sifatida kiritilishi hisobda ta’sis bitimi va obyektning kirim-chiqim dalolatnomasiga asosan aks ettiriladi. Kelib tushgan obyektlar buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0400 – “Nomoddiy aktivlar”
Kredit 4610 – “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.
Korxona ta’sischilari tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida aylanma mablag‘lar ham kiritilishi mumkin. Buxgalteriya hisobi bu muomalalar moddiy ishlab chiqarish zaxiralarining turidan kelib chiqib tuziladi.
Debet 1010 – “Xom ashy ova materiallar”
Kredit 4610 – “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.
Ustav kapitaliga tovarlar kiritsh bo‘yicha muomalalar buxgalteriyada quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 2900 – “Tovarlar”
Kredit 4610 – “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi”.
Korxona muassislari qaroriga muvofiq ustav kapitaliga qo‘shimcha ulush sifatida tovar moddiy zaxiralar, pul va valyuta mablag‘larikiritilishi mumkin. qo‘shimcha badallar hujjatlarda rasmiylashtirilishi va buxgalteriya hisobida aks ettirilishi shart.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin. Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi yoki aksiyaning nominal qiymatini oshirish haqidagi qaror jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarordir.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish sabablarini ko‘rsatadi va uni kamaytirish tartibini belgilaydi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə