Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval MChJ ustav kapitalining ko‘paytirilishi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə125/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

9.6-jadval
MChJ ustav kapitalining ko‘paytirilishi

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa,
ming so‘m

Debet

Kredit

Jamg‘arilgan foyda hisobiga ustav kapitali ko‘paytirildi

4 000
4 000

8720 6610

6610 8330

Shu tariqa, ustav kapitali miqdori 10 000 ming so‘mni tashkil qiladi, biroq bunda har bir ishtirokchi ulushining mikdori o‘zgarmaydi va ilgarigidek 45 va 55 %ga teng bo‘ladi.


9.7-jadval
MChJ ustav kapitali miqdori ko‘paytirilganda ishtirokchilar ulushlari nominal miqdorining o‘zgarishi

Ishtirokchi

Ulush miqdori, %

Ustav kapitali miqdori quyidagicha bo‘lganda ulushning nominal qiymati, ming so‘m

1-chi

45

2 700

4 500

2-chi

55

3 300

5 500

Jami

100

6 000

1 000

Ma’suliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘shimcha hissalar qo‘shish hisobiga jamiyat ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorida qo‘shimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qo‘shimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qo‘shimcha hissalarni to‘liq qo‘shish muddati belgilanishi kerak.


Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bilan bir vaqtda uning ta’sis hujjatlariga jamiyat barcha yoki ayrim ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini qo‘shish hisobiga yoki jamiyatga uchinchi shaxsning qabul qilinishi, jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymati tegishlicha ko‘paytirilishi yoki uchinchi shaxs ulushining nominal qiymati va miqdori aniqlanishi munosabati bilan o‘zgartishlar, zarur hollarda, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak. Bunda jamiyat ishtirokchisi ulushining nominal qiymati uning qo‘shimcha hissasi qiymatidan ko‘proq summaga ko‘paytirilishi mumkin emas, jamiyatga qabul qilinadigan har bir uchinchi shaxs tomonidan olinadigan ulushning nominal qiymati uning hissasi qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Qo‘shimcha hissalarni qo‘shishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalarini yoki uchinchi shaxslarning hissalarini qo‘shish yakunlarini tasdiqlash haqida, shuningdek jamiyat ustav kapitali miqdorini ko‘paytirish, qo‘shimcha hissalar qo‘shgan jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini ko‘paytirish va uchinchi shaxs ulushining nominal qiymati va miqdorlarini aniqlash, zarur hollarda jamiyat ishtirokchilari ulushlarining miqdorlari o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘zgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish to‘g‘risida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.
Misol. Ustav kapitali miqdori 10000 ming so‘mni tashkil qiladigan MChJ ustav kapitalini ishtirokchilarning qo‘shimcha hissalari hisobiga 6000 ming so‘mga ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
MChJ ishtirokchilari ulushlarining miqdori va nominal qiymati yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
Ma’suliyati cheklangan jamiyat qarorida belgilanishicha, har bir ishtirokchi qo‘shimcha hissalar umumiy qiymatining ushbu ishtirokchining jamiyat ustav kapitalidagi ulushi miqdoriga mutanosib qismidan oshmaydigan qo‘shimcha hissasini ustav kapitalini qo‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida qo‘shishi lozim.
Ustav kapitali 6000 ming so‘mga ko‘paytiriladi, tegishlicha, birinchi ishtirokchi o‘z ulushi nominal miqdorini 2700 ming so‘mdan (6000 x 45 %) oshmaydigan summaga, ikkinchi ishtirokchi — 3300 ming so‘mdan (6000 x 55 %) oshmaydigan summaga ko‘paytirishga haqli. Ushbu chegaradan oshadigan summalar ishtirokchi ulushi nominal qiymatini ko‘paytirmaydi hamda jamiyat tomonidan unga qaytarilishi yoki tekinga olingan mulk sifatida daromadga o‘tkazilishi lozim.
Bir oy ichida birinchi ishtirokchi tomonidan qo‘shimcha hissa hisobiga pul mablag‘lari to‘liq hajmda, ikkinchi ishtirokchi tomonidan uskuna kiritildi. O‘zgartirishlar jamiyat ta’sis hujjatlariga kiritildi va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə