Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə151/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Moliyaviy faoliyat - bu faoliyat natijasida tashkilotning xususiy kapitalining va qarzlarining hajmida va tuzilishida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Quyidagilar moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlariga misol bo‘ladi:
11.3-jadval
Moliyaviy faoliyat jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘larining xarakatlari

Pul mablag‘larining kelishi

Pul mablag‘larining ketishi

Aktsiyalarning chiqarishdan kelgan pul mablag‘lari

Sotib olingan xususiy aktsiyalar uchun to‘lovlar

Qarz mablag‘laridan kelgan tushum (chiqarilgan veksellar, obligatsiyalar, garovlar va boshqa qisqa va uzoq muddatli qarzlar)

Qarzlarning to‘lanishi (operatsion faoliyatning qarzlar bo‘yicha foizlardan tashqari)




Aktsionerlarga dividendlarning to‘lanishi va kapitalning boshqa turda taqsimlanishi




Moliyaviy ijara bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar.

Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq pulsiz muomalalar. Faqat asosiy vositalarga, uzoq muddatli kreditlarga yoki aktsionerlik kapitaliga tegishli bo‘lgan investitsion va moliyaviy xarakterdagi pulsiz muomalalarga uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzning kreditorlarga qo‘shimcha aktsiyalarni berish va chiqarish orqali to‘lash va boshqalar kiradi.


Operatsion faoliyatdan pul mablag‘larining harakati.Operatsion faoliyatdan pul oqimlari “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda” quyidagilarni qo‘llash bilan aks ettirilishi mumkin:
a) to‘g‘ri usul, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotining xar bir moddasini o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. To‘g‘ri usul kelgusidagi pul oqimlarini aniqlashda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborot bilan ta’minlaydi;
b) egri usul, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni xar bir moddasini o‘zgartirishni talab etmaydi. Egri usul qo‘llanilganda, operatsion faoliyat natijasida vujudga keladigan, shuningdek investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘lari xarakati bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar moddalari pulsiz muomalalar, xar kanday muddatni uzaytirishlar, utgan va kelgusi hisobot davrlari uchun kirimlar va chikimlar erdamidagi ta’sirni aks ettirish uchun sof foyda va zarar miqdori butunlay tuzatiladi.
To‘g‘ri usul. To‘g‘ri usul qo‘llanilganida, asosiy yalpi tushum va pul mablag‘larining yalpi to‘lovi to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagilardan olinishi mumkin:

  1. hisob registrlaridan;

  2. sotishdan olingan daromadni, sotishning tannarxi va quyidagilar hisobga olingan holda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning boshqa moddalarini tuzatish orqali:

a) hisobot davri davomida TMZdagi, debitorlik va kreditorlik qarzlardagi o‘zgarishlar;
b) pulsiz moddalar;
c) natijalari pul mablag‘larining xarakatiga ta’siri kuprok investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli bo‘lgan boshqa moddalarni (berilgan eki olingan kreditlar bo‘yicha foizlar va boshqalar).
Egri usul. Egri usul qo‘llanilganda, operatsion faoliyat natijasida pul mablag‘larining xarakati, quyidagilarni hisobga olgan holda sof foyda yoki zararni tuzatish orqali aniqlanadi:

  • hisobot davrida sodir bo‘lgan operatsion faoliyatdan debitorlik va kreditorlik qarzlarda tovar moddiy boyliklarda o‘zgarishlarni;

  • eskirish, zaxiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, chet el valyutasining milliy valyutaga almashtirishdagi sotilmay kolgan tushumlar va zararlar, uyushgan kompaniyalarda taqsimlanmagan foyda va aktsiyalarning ba’zi paketlari kabi pulsiz moddalarni;

  • natijalari pul oqimlariga ta’sir etadigan investitsion va moliyaviy faoliyatga tegishli boshqa barcha moddalarni (asosiy vositalarning sotishdan tushumlar, zararlar va boshqalar).

To‘g‘ri va egri usullarining qo‘llanilishi bir natijaga olib keladi va buxgalteriya hisobining xalkaro standarti bo‘yicha qo‘mita ikki usulni ham tan oladi, ammo to‘g‘ri usulni qo‘llanishni tavsiya qiladi. To‘g‘ri va egri usullarning qo‘llanish bilan tuzilgan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotlari orasidagi farq, faqat operatsion faoliyat natijasidagi pul oqimlarini aks ettirgan bo‘limida o‘z aksini topadi.
Investitsion va moliyaviy faoliyatdan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot. Subyektlar pul oqimlari netto-asosida (subyektning nakd pulning tushum va to‘lovi orasidagi farq) aks ettirilgan xodisalardan tashqari, investitsion va moliyaviy faoliyatdan kelib chiqadigan asosiy yalpi tushumlar va pul mablag‘larining yalpi to‘lovlari bo‘yicha alohida hisobot beradilar.
Pul mablag‘larining chet el valyutasidagi xarakati.Chet el valyutasi muomalalaridan kelib chiqadigan Pul oqimlari muomala amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha milliy valyutada ko‘rsatilishi kerak. Chet el korxona sho‘’basining pul oqimlari xarakati muomala amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki kursi bo‘yicha milliy valyutaga almashtirilishi kerak. Valyutalarning kursi o‘zgarishlardan kelib chiqadigan realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar pul oqimlariga kirmaydi.
Favqulotdagi moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlarining xarakati.Favqulotda moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlari, moddalarning xarakteriga kura operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan vujudga keladigan pul oqimlari sifatida klassifikatsiyalanadi. Favqulotdagi moddalarni tushuntirish va ularni xozirgi va kelajakdagi pul oqimlari xarakatiga ta’sirini aniqlash uchun, Favqulotdagi moddalar bilan bog‘liq pul oqimlar “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda” operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar bo‘limlarida alohida ko‘rsatiladi.
Foizlar va dividendlarni to‘lash va olish bilan bog‘liq pul oqimlari.Foizlar va dividendlar to‘lash va olish bilan bog‘liq bo‘lgan pul mablag‘larining xarakati alohida ochib beriladi. Ular subyektning xo‘jalik faoliyati turiga bir hisobot davridan keyingisiga bir maromda operatsion, investitsion eki moliyaviy faoliyat kabi tasniflanadi. Hisobot davri davomida to‘lanadigan foizlarning umumiy summasi ularni xarajat sifatida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinishi yoki olinmasligiga karamasdan pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ochib beriladi. Moliyaviy muassasalarda to‘lanadigan foizlar va olinadigan foizlar, hamda dividendlar pul mablag‘larining xarakati sifatida klassifikatsiyalanadi.
Boshqa korxonalar uchun esa to‘lanadigan foizlar va olinadigan foizlar hamda dividendlarni operatsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida tasniflash mumkin,chunki ular sof foyda eki zararni aniqlashda ishtirok etadilar. Lekin ular moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari sifatida ham tasniflanishi mumkin. Bunga sabab, ular olingan moliyaviy resurslar uchun to‘lov yoki investitsiyalardan daromad hisoblanadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə