Moliyaviy hisob va hisobat


Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə152/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

11.6. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish
Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga asoslanildi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:
Aktiv=Xususiy kapital+Majburiyatlar
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir kichik tadbirkorliksubyektlar faoliyatining mulkiy va moliyaviy holatini ifodalaydi.
Moliyaviy hisobotning 5-shaklda xususiy kapitalning tuzilmasi quyidagilardan iboratdir, deb ko‘rsatilgan: ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Xususiy kapital deganda kichik tadbirkorliksubyektga tegishli bo‘lgan mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Kx=Kj-Kq.
Bunda, Kx-xususiy kapital, Kj-jami kapital, Kq-qarzga olingan kapital.
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha belgilari bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish manbalarini olish zarurdeb hisoblaydilar.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak.
“Xususiy kapital to‘g‘risida”gi hisobot shaklini korxona raxbari, bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlaydilar.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə