Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə21/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

BOB. Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalari.
  1. Davlat budjeti mablag’laridan foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish masalalari.


Respublikamizda moliya va budjet tizimini mustahkamlash borasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri g’aznachilik tizimini shakllantirishdir. G’aznachilik tizimi budjet mablag’larining moliyaviy oqimini boshqarish, budjet resurslarining kam miqdordagi qoldiqlari bilan budjet xarajatlarining joriy ijrosini ta'minlash imkonini beradi, bunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tezkor va yakuniy balanslashtirishga erishiladi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi g’aznachilik tizimini O'zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliya axborot tizimini shakllantirish, tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradiki, bu davlat moliyasini samarali boshqarishni ta'minlaydi. Unumli faoliyat ko'rsatishning asosiy shartlaridan biri zamonaviy kompyuterlar texnologiyasi va aloqa tizimidan foydalanishdir. G’aznachilik organlarida barcha bosqichlarni, budjetdan mablag’ oluvchilar va budjet mablag’i taqsimlovchilarining o'zaro aloqasini elektron axborotlar bilan ta'minlaydigan va avtomatlashtirilgan tizimga rahbarlikni amalga oshiradigan axborot bo'limi mavjud bo'ladi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining xarakterli tomoni shundaki, moliyaviy resurslarning, jumladan, davlat moliyaviy resurslarining cheklanganligidir.
Budjet mablag’larining yetishmasligi va daromadlarning o'z vaqtida va to'liq tushmasligi budjet ijrosida yangi mexanizmlarni qo'llashni talab etadi. Rivojlangan davlatlarda moliyani boshqarish asosan g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma'lumki, bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli yurtimizda Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o'tish zaruriyati paydo bo'lmoqda.
Respublikamizda mahalliy budjetlar orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy mablag’lar bilan ta'minlashda, qabul qilingan ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda aholining ijtimoiy himoyalangan tabaqalarini aniq
tarzda qo'llab-quvvatlash, sog’lom avlodni tarbiyalash asosida farovonlikni oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta'sirchanligi va aniq tarzda moliyaviy qo'llab-quvvatlashni kuchaytirishda mahalliy budjetlar samarali ijrosining ahamiyati katta hisoblanadi. Davlat budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritish bugungi kunda budjet islohotlarining yirik yo'nalishlaridan biri desak, xato bo'lmaydi. Chunki davlat moliyasini to'g’ri boshqarish zaruriyati mavjud, budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish uchun budjet xarajatlarining nazoratini kuchaytirish talab etiladi.
Davlat budjetini g`aznachilik ijrosi jarayonida davlat budjet mablag`larini maqsadli sarflanishi ustidan uch etapli nazorat olib borish ko`zda tutadi, ya`ni dastlabki, joriy va keyingi nazorat. Dastlabki nazorat tovar, ish va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida budjet tashkilotlar tomonidan majburiyatlarni qabul qilinishi (shartnoma, kontrakt tuzish) bosqichida amalga oshiriladi. Shu bilan birga g`aznachilik organlari dasturiy ta`minot yordamida to`lov maqsadi va shartlarini rejalashtirilgan budjet ajratmalarida ko`zda tutilgan hajmlar shartnomasiga muvofiqligini tekshirish imkoniyatiga ega. Tovar, ish va xizmat yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asoslangan holda majburiyatlarni ro`yxatga olish, yetkazib beruvchilar bo`yicha yagona ma`lumotlar bazasini tashkil etish imkoniyatini yaratadi, mazkur baza narxlarni optimallashtirish va budjet tashkilotlariga sifatli tovarlar yetkazib berilishiga yordam beradi.
G’aznachilikni samarali xizmat faoliyat ko'rsatishining asosiy shartlaridan biri zamonaviy kompyuter texnologiyasi va aloqa tizimidan foydalanish ham o'z aksini topishi zarur. Shuning uchun bugungi kunda g’aznachilik faoliyatini axborotlar bilan ta'minlash xizmati tizimsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuni aytib o'tish kerakki, g’aznachilik organlarini zamonaviy kompyuter texnologiyasi va aloqa uzatish vositalari bazasida axborotlar bilan bog’liq xizmatlar g’aznachilikni joriy qilish bilan mos ravishda olib borish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
G’aznachilik bo'limlari tomonidan tovar (ish, xizmat)larning narxlarini samarali monitoringini o'rnatish uchun respublikamizda yagona axborot bazasini tashkil etilishi, narxlarning haqqoniy baholanishi imkoniyatini yaratgan holda budjet
mablag’lari samarali ishlatilishi bilan bog’liq xizmatlarni amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Davlat moliyasini isloh qilish loyihasining yana bir yo'nalishi - bu budjet tashkilotlarida avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini joriy etish va uni g’aznachilikning yagona axborot tizimi bilan uyg’unlashtirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2013 yil 30 apreldagi 63-sonli “O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida hamda budjet tashkilotlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada takomillashtirish va joriy etish chora-tadbirlari to'g’risida”gi buyrug’iga muvofiq, 2013 yil davomida “O'zASBO” Kompyuter dasturini sinovdan o'tkazish va bir qator mahalliy budjetlardan mablag’ oluvchilarning hammasini “O'zASBO” kompyuter dasturiga ulash ishlari olib borildi.
“O'zASBO” kompyuter dasturi davlat budjetidan budjet mablag’lari oluvchilarning, shu jumladan respublikaning barcha mintaqalarida joylashgan budjet tashkilotlarining moliyaviy-hisob bo'limi xodimlari tomonidan buxgalteriya hisobi bo'yicha operatsiyalarni yuritishni avtomatlashtirish jarayoni uchun mo'ljallangan bo'lib, budjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobini kompleks avtomatlashtirishni ta'minlaydi. “O'zASBO” KD:

  • budjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobining to'liq tsiklini o'z ichiga olgan buxgalteriya hisobi bo'yicha operatsiyalarni avtomatlashtiradi;

  • “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo'yicha Yo'riqnoma”ning va budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga to'liq muvofiqlikni ta'minlaydi;

  • Moliya vazirligining ma'lumotlar markazida budjet tashkilotlari ma'lumotlarining markazlashtirilgan tarzda saqlanishi va yuqori ishonchliligini ta'minlaydi;

  • “g’aznachilik-4” KD va boshqa mavjud kompyuter dasturlari bilan integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi;

  • budjet tashkilotlari mablag’larini jiddiy tejaydi, shu jumladan Moliya vazirligi va moliya organlari bilan o'zaro ta'sirlashuv asosida;

  • budjet tashkilotlari xodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, ular Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazidan olingan “O'zASBO” KDga kirish uchun loginlar va parollarga muvofiq Moliya vazirligining dasturiy maydonchasidan foydalanishlari mumkin.

“O'zASBO” KDni joriy etish bo'yicha ishlar natijasida quyidagi maqsadlarga erishish ko’zda tutilgan:

  • barcha budjet tashkilotlari uchun yagona “O'zASBO” KD versiyasi yaratilgan va qo'llaniladi, bu unga o'zgarishlarni markazlashtirilgan tarzda kiritish, shuningdek ma'lumotlarni ishonchli saqlash va rezervlashni ta'minlaydi;

  • barcha mintaqalarda joylashgan budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'yicha ma'lumotlar bazasi tuzilmasi yaratilgan;

  • buxgalteriya hisobi va hisobotining yagona metodologiya bo'yicha yuritilishini ta'minlaydigan markazlashtirilgan ma'lumotlar bazasi yaratilgan;

  • tarixiy xronologiyani kuzatib borish, hisob davrlari, shu jumladan budjet tashkilotlarining avvalgi yillardagi faoliyati davrlari bo'yicha hisob yuritish imkoni berilgan;

  • tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan analitik va sintetik hisob yuritish bo'yicha registrlarni (vedomostlar, Bosh kitob va h.k.), turli joriy va davriy hisobotlarni (1-, 2-son shakllar, balans va unga ilovalar va h.k.) yuritish va ularni qog’ozga tushirish imkonini beradi.

Dastur umumiy markazlashtirilgan serverga, saqlash va ma'lumotlarni ishlash bo'yicha yagona tizimga ega bo'lgan yagona integratsiyalangan apparat-dasturiy kompleksdir. Foydalanuvchilar dasturdan foydalanish uchun WEB-texologiyalarni qo'llagan holda Moliya vazirligining dasturiy maydoniga kiradilar (http://www.mdm.uz).
“O'zASBO” KD tarkibiy tuzilmasi funktsionallikni boshqaruv darajalari bo'yicha taqsimlashni, boshqa turdosh axborot tizimlari bilan informatsion o'zaro ta'sirlashuvni o'z ichiga oladi.
O'zASBO” KD amaliy dasturiy ta'minotning boshqa tizimlar bilan o'zaro axborot ta'sirlashuvi “g’aznachilik-4” KD, shuningdek dasturiy komplekslar
o'rtasidagi himoyalangan aloqa kanallari orqali moliyaviy axborotning yagona ma'lumotlar bazasi bilan axborot ta'sirlashuvidan iborat.
Dastur bir vaqtda 30000 tagacha foydalanuvchining qulay ishlashini ta'minlay oladi. Bunda xodimlarning, dastur bilan bevosita ishlaydigan xodimning axborot texnologiyalari sohasidagi malakasi davlat sektoridagi ofis xodimining axborot texnologiyalari bo'yicha bilimlariga qo'yiladigan talablar bilan cheklanishi mumkin.
G’aznachilik tizimining avval amal qilgan tizim oldidagi yana bir ustun tomonlaridan biri bu vaqt menejmenti nuqtai nazaridan, insonning eng qimmatli resurslaridan biri bo'lmish vaqtning tejalishidir, ya'ni bunda tovar yetkazib beruvchi va budjet tashkiloti o'rtasidagi hisob-kitoblar oldingi muddatga nisbatan 2-3 baravar qisqargan. Kelajakda esa barcha operatsiyalar avtomatlashtirilgan tarzda hech qanday to'siqlarsiz amalga oshirilishi mablag’larning shartli aylanish tezligining keskin oshishini ta'minlaydi.
G’aznachilik xizmati budjet mablag’lari oqimlarini samarali boshqarish, budjet xarajatlari joriy ijrosiga nisbatan kamroq kassa qoldiqlari bilan qanoatlanish va uning natijasida davlat budjetini balanslikka erishishga imkoni yaratadi.
G’azna xizmati bank tizimlaridan va boshqa xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin kamaytirishga imkon beradi. Rivojlangan g’azna xizmatini davlat moliyaviy resurslarini malakali boshqarish va budjetni to'xtovsiz ijro etish hamda budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan mablag’larni maqsadli ishlatishni ta'minlaydi.
G’azna xizmatini yanada rivojlantirish pirovardida g’azna organlari davlat moliyaviy oqimlarini barcha budjet bo'g’inlari, nobudjet va maqsadli jamg’armalar resurslari hamda budjet mablag’lari oluvchilarning budjetdan tashqari mablag'larini ishlatilishiga kompleks xizmat qilishga muvaffaq bo'lishi mumkin. Talab darajasidagi moliyaviy xizmat, o'z navbatida, budjet mablag’larini belgilangan muddatlar va hajmlarda budjet tashkilotlariga imkon yaratadi.
Davlat budjetining g’azna xizmatini takomillashtirish masalalari yaqin yilliklarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish borasidagi ishlarning muhim qismi hisoblanadi. G’aznachilik xizmatini joriy qilish evaziga mahalliy budjet resurslarini boshqarish
samaradorligini oshirishda ham jiddiy ilgari siljish yuz berdi. G’aznachilik xizmatini joriy qilinishi budjetni tayyorlash jarayonini takomillashtirish borasida budjet siyosatini olib borishni, budjet xizmati sifatini takomillashtirish va xarajatlarni g’aznachilikning yagona hisob raqami printsipi asosida amalga oshirishda qisqa muddatli to'lovlar rejasini joriy qilishda, yagona axborot tizimini joriy etishda budjet ijrosini hisobga olishda va hisobot tayyorlashni yaxshilashda, davlat qarzini tahlil qilish va rejalashtirishni takomillashtirishda qo'l keladi.
Barcha budjet daromadlarini yagona g’azna hisobvarag’ida jamlash va u orqali Davlat budjeti xarajatlari to'lovini amalga oshirish, shuningdek, Davlat budjetining yagona hisobvaraqlar rejasi asosidagi ijrosi to'g’risida buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini tashkil etish yagonaligini ta'minlash imkonini beruvchi g’aznachilik axborot xizmatini qo'llash uchun Osiyo Taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarini qarz mablag’larini jalb etish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish muhimdir.
Shuningdek, xarajatlar smetasi va shtat birliklarini ro'yxatdan o'tkazishda shtat smeta ko'rsatkichlarini to'g’ri belgilanganligini chuqur tahlil qilish buning natijasida ortiqcha xarajat va shtat birliklarini ro'yxatdan o'tkazgan moliya organlarining ham ma’suliyatini oshirish va javobgarlikka nisbatan choralar belgilashni talab etadi.
Barcha g’aznachilik bo'linmalarida "Bank-mijoz" dasturini kiritishini va bu dastur orqali barcha xizmat operatsiyalarini amalga oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Tumanlardagi barcha budjet tashkilotlarni hisob raqamlarni Markaziy bankning viloyat boshqarmalarida xizmat ko'rsatishni amalga oshirish orqali moliyaviy majburiyatlarni bajarish mumkin bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda O'zbekiston Respublikasida g’aznachilik va davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlardan ko'zlangan maqsad va vazifalar tadrijiy rivojlanish asosida ma'lum darajada muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Erishilgan natijalar esa davlat budjeti mablag’larini samarali boshqarish, mablag’larning harakati shaffofligiga erishish, budjet mablag’larini sezilarli tejash, ajratilayotgan mablag’larning maqsadli ishlatilishiga erishish va pirovardida davlat budjetining samarali ijro etilishini ta'minlashda o'z aksini topmoqda.

    1. Yüklə 253,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə