Moliyaviy menejmentning matematik asoslari



Yüklə 18,68 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü18,68 Kb.
#141515
1   2   3
4-mavzu amaliy mashg\'ulot (1)

5-variant
1. Bank tomonidan korxonaga jami 634 mln.soʻm kredit quyidagi shartlar asosida 1 yil muddatga ajratildi: birinchi 90 kun uchun 12%, keyingi 90 kun uchun 18%, keyingi 90 kun uchun 15% hamda ohirgi 95 kun uchun 13%. Korxona tomonidan bir yildan keyin bankka toʻlanadigan summani aniqlang (foizlar oddiy foiz stavkada).
2. Agar har oylik inflyatsiya darajasi 2 foizni tashkil etsa, 6 oydan soʻng dastlabki R summani 10 foiz yillik real daromadliligini ta’minlash uchun qancha foizda investitsiya qilishimiz lozim (oddiy foiz stavkada).
6-variant
1. Dastlabki 14200 ming soʻm mablagʻ 8 yil muddatga depozitga joylashtirildi. Foizlar quyidagicha: birinchi 3 yilda 10 foiz, keyingi 3 yilda 9 foiz va soʻnggi 2 yilda 14 foiz stavka asosida joylashtirildi. Kelgusidagi oshgan summani aniqlang (murakkab foizda).
2. Korxonaning 700 mln.soʻmlik majburiyati 5 yildan keyin soʻndirilishi lozim. Murakkab xisob stavka 12 foiz. Foizlar har kvartalda hisoblab boriladi. Majburiyatning joriy qiymatini aniqlang.
7-variant
1. 32 mln.soʻmlik veksel joriy yilning 15 oktyabrida toʻlab berish sharti bilan 10 fevral kuni bank tomonidan hisobga olindi, yillik 13 foiz oddiy xisob stavka asosida. Bank tomonidan dastlabki toʻlab berilgan summani aniqlang.
2. Agar oylik inflyatsiya 2% boʻlsa, 3 oyda yillik 5% daromadlilikni ta’minlash uchun necha foizlik stavkada mablagʻlarni bankka joylashtirish kerak. (Oddiy foizlarda)
8-variant
1. Investitsion davr 3 yil. Har yillik inflyatsiya darajasi 9 %. Dastlabki R summani yilik 6 foiz real daromadliligini ta’minlash uchun qancha foizda joylashtirishimiz lozim (murakkab foizda).
2. Bank tomonidan korxonaga 32 mln.soʻmlik kredit yillik 12 foiz xisob stavka asosida ajratildi. Korxona 31,8 mln soʻm mablagʻ oldi. Kredit shartnomasi muddatini aniqlang.
9-variant
1. Agar mart oyida inflyatsiya darajasi 2%ni, aprel oyida 1%ni, may oyida esa 3%ni tashkil etsa, ushbu davrlarda umumiy inflyatsiya darajasi nechchiga teng?
2. Moliyaviy resurslarni 3 yilga investitsiya qilishning qaysi varianti ma’qul: yillik 18% oddiy foiz stavkada yoki yillik 15% murakkab foiz stavkada? Yillik 15% murakkab foiz stavkasiga mos keladigan oddiy foiz stavkasini toping?
10-variant
1. Moliyaviy resurslarni 3 yilga investitsiya qilishning qaysi varianti ma’qul: yillik 18% oddiy foiz stavkada yoki xar kvartalda xisoblanuvchi yillik 15% murakkab foiz stavkada? Xar kvartalda xisoblanuvchi yillik 15% murakkab foiz stavkasiga mos keladigan oddiy foiz stavkasini toping?
2. Nafaqa fondiga bir xil miqdorda (300 ming soʻm) har yil pul oʻtkazildi. Fond esa tushadigan mablagʻni 16% stavka bilan bankka joylashtiradi. Toʻlov muddati 25 yil. Butun muddat uchun rentani oshgan qiymatini aniqlang.


Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə