|
Moliyaviy tahlil-jadval
Moliyaviy tahlil bosqichlari11
|
səhifə | 6/12 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 180,54 Kb. | | #164702 |
| Moliyaviy tahlil.4 rejaga1-jadval
Moliyaviy tahlil bosqichlari11
1-bosqich
|
Tahlilning ob’ekti, maqsadi va vazifalari belgilab olinadi, tahlil rejasi tuziladi
|
2-bosqich
|
Tahlil ob’ekti tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar tanlanadi, tartiblanadi va tizimlashtiriladi
|
3-bosqich
|
Tahlil uchun zarur bo‘lgan axborotlar yig‘iladi va tayyorlanadi (ishonchligi tekshiriladi, taqqoslanma ko‘rinishga keltiriladi)
|
4-bosqich
|
Xo‘jalik faoliyatining natijalari reja,o‘tgan yil ilg‘or korxonalar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanadi
|
5-bosqich
|
Omilli tahlil o‘tkaziladi va natijaviy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi birliklar xisob-kitob qilinadi
|
6-bosqich
|
Faoliyat samaradorligini oshirishda foydalanmaydigan va istiqboldagi imkoniyatlar aniqlanadi
|
7-bosqich
|
Turli omillar ta’sirini, aniqlangan va ishlatilmayotgan imkoniyatlarni xisobga olib, xo‘jalik faoliyatini baholash amalga oshiriladi va aniq chora-tadbirlar belgilanadi
|
Moliyaviy tahlil metodining muhim xususiyati shundaki unda faqat o‘zgarish, rivojlanishning o‘zigina emas, balki uning sabab-oqibat bog‘lanishlari ham o‘rganiladi. Ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi biriklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki unda faqat o‘zgarishga ta’sir etuvchi biriklarni aniqlashga muhim ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy tahlil metodining yana bir muhim xususiyati shundaki, ko‘rsatkichning nafaqat sabab-oqibat bog‘lanishlardagi natijalari balki ularning kelgusidagi kutishlarini prognozlash imkoni ham tug‘iladi. Ya’ni moliyaviy tahlilda nafaqat real holat, balki uning kutilayotgan natijalari haqida ham ogoh bo‘linadi.
Moliyaviy tahlili metodining yana bir o‘ziga xos tomoni o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarni o‘zaro ta’sirini va bog‘liqligini aniq hisoblab ko‘rsatib berishdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi. Tahlil muvaffaqiyatli chiqadi, qachonki, uning usullari to‘g‘ri tanlansa, ulardan ilmiy, ijodiy foydalanilsa. Bu omil o‘rganilayotgan ob’ektga dialektik yondashuvni talab etadi. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga olinishini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|