Moliyaviy tizim mohiyatini esse tayyorladi: Boboxonov Mansurbek



Yüklə 14,79 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü14,79 Kb.
#136080
Moliyaviy tizim mohiyatini ESSE


Moliyaviy tizim mohiyatini


ESSE


Tayyorladi: Boboxonov Mansurbek
Moliya o‘ziga hos ravishdagi tarixiy kategoriya hisoblanadi. Pul insoniyatning buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasining dastlabki davrlaridayok pullar paydo bo‘ldi tovar pul munosabatlari paydo bo‘ldi, davlatlar shakllandi. Ammo nima uchun moliya o‘rta asrlarda paydo bo‘ldi.
Buning 1-shart sharoiti o‘sha davrlarda yevropa davlatlarda ichki ziddiyatlar va muammolar paydo bo‘la boshladiki ularni hal qilish uchun davlat yirik miqdordagi pul mabla\lariga extiyoj seza boshladi.
2-asosiy shart sharoit o‘sha davrlarda pul fondlarini shakllantirish va undan foydalanish tizimli harakterga ega bo‘la boshladi. Usha davrlardayok harajatlarni 4 turi amal qila boshlagan edi: harbiy harajatlar, iqtisodiyot, ijtimoiy soha harajatlar va boshqaruv harajatlari.
3-shart sharoit Usha davrlarda soliq to‘lovlarini undirishning pul shakli rivojlanayotgan davr edi. Soliqlarni undirishning 2 xil shakli bor: natural va qiymat ya’ni pul shakli.
Moliyaning mavjudligi tovar-pul munosabatlari va qiymat qonunlarining amal qilishi bilan belgilanadi.

  1. Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi;

  2. Davlatlarning paydo bo‘lishi.

  3. Iqtisodiy qonunlarning amal qilishi;

Davlatlarning paydo bo‘lishi bilan moliyaning paydo bo‘lishini obyektiv shart sharoitlari davlatlar jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bo‘lgan funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Davlatlarning iqtisodiy roli jamiyat iqtisodiy tizimida mulkchilik munosabatlarining islox qilish, institutsional o‘zgarishlar, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy tenglik me’yorlarini ta’minlashdan iboratdir.
Davlatning iqtisodiy roli uning qo‘yidagi: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy, nazorat funkitsyalarida namoyon bo‘ladi.
Tartibga solish funksiyasi: Davlat amal qilishi zarur bo‘lgan shunday sohalar mavjudki ularni to‘laqonli amal qilishida davlat bosh pozitsiyada bo‘ladi (masalan mudofaa, ijtimoiy ximoya tizimlari va boshqalar). Davlat turli xil institutsional tizimlar vositasida iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi. Tartibga solish sohalari: Davlat moliyasi, pul muomalasi, naqdpulsiz hisob kitoblar, valyuta kurslari, iqtisodiy xavfsizli va boshqalar.
+ayta taqsimlash funksiyasi. Yaratilgan milliy daromad ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida qayta taqsimlashning obyekti hisoblanadi. Bunday qayta taqsimlanishining mexanizmi sifatida soliq va budjet tizimi hisoblanadi.
Ijtimoiy funksiyasi. Utish davrining asosiy muammosi hisoblanuvchi ijtimoiy ximoya tizimlarini shakllantirish va aholining kam ta’minlangan qatlamini ximoya qilish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu funksiyaning amal qilish mexanizmi: ijtimoiy transfertlar tizimi, Respublika va mahalliy darajadagi ijtimoiy dasturlar, adresli ijtimoiy yordamlar.
Davlatning iqtisodiy roli va funksiyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning moliyaviy siyosatini va moliyaviy usullarini aniqlab beradi.
Yüklə 14,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə