Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

2.3.Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi o’zgarishlar
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida 
ko’plab xo’jalik operatsiyalarini sodir etadi. Barcha xilma-xil xo’jalik 
operatsiyalarining soni ikki mingga yaqin bo’lishi mumkin. Bu xo’jalik 
operatsiyalarining har biri sodir bo’lganda balansga ta’sir qilib, balans moddalari 
summalarini o’zgartirib yuboradi. Lekin bu xo’jaklik operatsiyalari balansga faqat 
to’rt xil yo’l bilan ta’sir etadi. 
Birinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari borki, ular balansning faqat 
aktiviga ta’sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko’payib, 
ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy 
summasi o’zgarmaydi. 


83 
Ikkinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning 
faqat passiviga ta’sir qilib, passivda bir modda summasi ko’payib, ikkinchi modda 
summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi 
o’zgarmaydi. 
Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning 
aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi. 
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning 
aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. 
Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz. 
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik 
faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir 
bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar 
balansga, albatta, ta’sir etadi. Faraz qilaylik, hisobot davrining boshiga korxona 
balansi quyidagicha bo’lgan: BALANS 
Aktiv 
Passiv 
Mablag’lar turi va ularning 
joylanishi 
Summa Mablag’lar manbai va ularning 
tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
350000 Ustav kapitali
400000 
Хom-ashyo va materiallar 
100000 Foyda 
30000 
Kassa 
100 Bank kreditlari 
20000 
Hisob-kitob schyoti 
49900 Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilar 
bilan 
hisoblashishlar 
50000 
JAMI 
500000 JAMI 
500000 
Misolni ko’rib chiqayotganda korxona mablag’lari xo’jalik operatsiyalarida 
qatnashayotganda, o’zgarmasdan qolmasligiga e’tibor beramiz; keyinchalik ular 
yangi xususiyatga ega bo’ladilar yoki bir shakldan ikkinchi shaklga o’tadilar. 


84 
Shuning uchun davr boshiga ko’rsatilgan dastlabki xolati katta o’zgarishlarga duch 
keladi. Lekin bunda mablag’lar turining umumiy summasi bilan ularning 
manbalarining umumiy qiymati o’rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi. 
Birinchi operatsiya. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 
60 so’m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so’mga 
kamayadi va 40 (100-60) so’mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning 
hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining 
paydo bo’lishiga olib keladi. 
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo’lgan 60 so’mlik 
qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo’ladi. Bunda ushbu 
operatsiya ta’sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur xodisadan 
mablag’lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o’tipshgina sodir bo’ldi. 
Aktivning jami o’zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o’rtasidagi tenglik 
saqlanib qoladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko’rinishga ega 
bo’ladi: 
BALANS (birinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag’lar turi va 
ularning joylanishi 
Summa Mablag’lar manbai va ularning 
tayinlanishi 
Summ

Asosiy vositalar 
350000 Ustav kapitali
400000 
Хom ashyo va materiallar 100000 Foyda 
30000 
Kassa 
40 
Bank krelitlari 
20000 
Hisob-kitob schyoti 
49900 Mol 
yetkazib 
beruvchi 
va 
pudratchilar bilan hisoblashishlar 
50000 
Debitorlar 
60 
JAMI 
500000 JAMI 
500000 


85 
Ikkinchi operatsiya. Sof foydaning bir qismi (10000 so’m) hisobidan korxona 
ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan zaxira kapitali 
tashkil etilgan. 
Mazkur operatsiya korxonaning taqsimlanmagan foydasini 10000 so’mga 
kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo’ladi: xuddi shu summaga 
zaxira kapitali ko’payadi. Demak, endi foyda miqdori 20000 (30000-10000) 
so’mni, zaxira fondi esa 10000 so’mni tashkil qiladi. 
Ikkinchi operatsiya natijasida faqat mablag’lar manbaio’zgaradi. Bir manba 
(foyda)ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo’ladi. Bu 
operatsiya faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi 
o’zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.( 
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin)ga qarang) 
Uchinchi operatsiya. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 25000 
so’mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to’lanmadi. Mazkur 
operatsiya, birinchidan, materiallarning miqdori ko’payishiga olib keladi. Demak, 
balansning «Хom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so’mga oshadi. 
Ikkinchidan, 
BALANS (ikkinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag’lar turi va ularning
joylanishi 
Summa 
Mablag’lar manbai va 
ularning tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
350000 Ustav kapitali
400000 
Хom ashyo va materiallar 
100000 Zaxira kapitali 
10000 
Kassa 
40 
Foyda 
20000 
Hisob-kitob schyoti 
49900 Bank kreditlari 
20000 
Debitorlar 
60 
Mol 
yetkazib 
beruvchi 
pudratchilar 
bilan 
50000 


86 
hisoblashishlar 
JAMI 
500000 JAMI 
500000 
materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to’lanmagani 
uchun, korxonaning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo’ladi. Balansda 
bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo’yicha aks ettirilib, 
uning summasi ham 25000 so’mga oshadi va 75000 so’mga teng bo’ladi. 
Balansda aks ettirilish tavsifi bo’yicha ushbu operatsiya oldingisidan farq 
qiladi. U bir vaqtning o’zida aktiv va passivga tegishlidir. Lekin uning aktivda 
xam, passivda xam yuzaga keltirgan o’zgarishlari bir xil summada ifodalanadi va 
bir tomonga yo’naltirilgandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir 
xilda o’zgaradi, ularning o’rtasidagi tenglik saqlanib qoladi. 
BALANS (uchinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag’lar turi va ularning 
joylanishi 
Summa Mablag’lar manbai va ularning 
tayinlanishi 
Summ

Asosiy vositalar 
350000 Ustav kapitali
400000 
Хom ashyo va materiallar 
125000 Zaxira kapitali 
10000 
Kassa 
40 
Foyda 
20000 
Hisob-kitob schyoti 
49900 Bank kreditlari 
20000 
Debitorlar 
60 
Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilar 
bilan 
hisoblashishlar 
75000 
JAMI 
525000 JAMI 
525000 
Тo’rtinchi operatsiya. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo’yicha qarzni 


87 
uzish uchun 20000 so’m o’tkazilgan. Bu operatsiya hisob-kitob schyotidagi pul 
mablag’larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o’zida korxonaning 
kreditlar bo’yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-
kitob» schyoti bo’yicha summa 29900 (49900 - 20000) so’mgacha kamayadi va 
«Bank kreditlari» passiv moddasi bo’yicha 0 (20000 - 20000) gacha kamayadi, 
ya’ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi. 
Тo’rtinchi operatsiya balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. 
Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o’rtasidagi tenglik bu 
operatsiyadan keyin ham saqlanib qoladi. 
Bunga o’xshagan operatsiyalar xo’jalik faoliyatida ko’plab uchraydi. 
Keltirilgan to’rtta operatsiyalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo’lishi 
mumkin bo’lgan hodisalarni o’z ichiga oladi. 
BALANS (to’rtinchi operatsiyadan keyin) 
Aktiv 
Passiv 
Mablag’lar turi va ularning 
joylanishi 
Summa 
Mablag’lar manbai va 
ularning tayinlanishi 
Summa 
Asosiy vositalar 
350000 Ustav kapitali
400000 
Хom ashyo va materiallar 
125000 Zaxira kapitali 
10000 
Kassa 
40 
Foyda 
20000 
Hisob-kitob schyoti 
29900 Bank kreditlari 

Debitorlar 
60 
Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilar 
bilan 
hisoblashishlar 
75000 
JAMI 
505000 JAMI 
505000 
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta’sir qiladigan voqealar 
(birinchi va ikkinchi operatsiyalar) ko’rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va 
passivinio’zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo’lib 


88 
o’tgan edi. Bu balans o’zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa 
operatsiyalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etadi. Bunda har ikkala 
ta’sir qilinadigan moddalar ularning ko’payishi (uchinchi operatsiya) yoki 
kamayishini (to’rtinchi operatsiya) yuzaga keltiradi. 
Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o’zgarishlar turlarini quyidagi 
tarzda ifodalash mumkin: 
2.1-chizma. Balansdagi o’zgarishlarning turlari
Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, 
ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hech 
qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olishuchun 
zarurdir. Operatsiyalarning iqtisodiy mazmunini o’rganishga ushbu guruhlashning 
hech qanday aloqasi yo’q. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə