Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

5
 
Bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz 
markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu 
boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda
aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan 
qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi 
ko‘p jihatdan ularning samarali faoliyatiga bog‘liq. 
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini 
oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi 
miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim. 
Bugungi kunda banklarda omonatlarning ko‘payishiga, ularning bank 
tizimiga jalb etilishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur 
tahlil qilish va bu borada qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Bu o‘rinda gap 
aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini bank sektoriga 
jalb qilishda ta’sirchan va uzoq muddatli rag‘batlantirish omillarini tashkil etish, 
iqtisodiyotning real sektoriga kredit ajratishni ko‘paytirish uchun banklarning 
imkoniyatini kengaytirish haqida bormoqda. 
Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani 
sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Birinchi navbatda, bu 
borada investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashni tashkil 
etish bo‘yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash zarur. 
5
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва 
чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 


93 
Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan 
amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga 
munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish 
imkonini beradi.
Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan 
tashkil topgan bo’lib, ular o’z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko’rsatadi. 
Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o’zlari tanlagan bir 
yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog’liq operatsiyalari amalga 
oshiradi.
6
Shu bilan birga ishlab chiqarish faoliyati kengaytirish maqsadida bankning 
kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan 
kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin.
Hech kimga sir emaski, bugun keng ko‘lamda tarqalib borayotgan jahon 
moliyaviy inqirozining asosiy sabablaridan biri — bu banklar likvidligi, ya’ni 
to‘lov qobiliyatining zaifligi bilan bog‘liq muammoning keskinlashuvi, kredit 
bozoridagi tanglik, sodda qilib aytganda, pul mablag‘larining yetishmasligi bilan 
izohlanadi. 
Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori, 
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi 
qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda, 13 trillion 360 
milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning jalb 
qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir. 
Bank aktivlari hajmining sezilarli darajada oshganini hisobga olib, bugungi 
kunda respublikamizda aholining banklardagi barcha depozitlarini davlat 
tomonidan yuz foiz kafolatlash ta’minlanmoqda. 
6
Ўзбекистон Республикаси банкларида очиладиган банк ҳисобварақлари тўғрисида йўриқнома. ЎзР АВ 
29.09.2003 й. 1080-1-сон билан рўйхатга олинган


94 
Shu borada 2006 yilda tashkil etilgan "Mikrokreditbank"ning faoliyati 
xususida alohida to‘xtalish joiz. Mamlakatimiz hududlarida 78 ta filiali va 270 dan 
ziyod minibanki faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur bank kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. 
2007—2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu 
maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
7
Prezident farmoni asosida "Mikrokreditbank" ustav jamg‘armasini 72 milliard 
so‘mga oshirish va uning hajmini 150 milliard so‘mga yetkazish haqida qaror 
qabul qilindi. 
Korxonalar banklarda hisob–kitob va valuta schyotlaridan tashqari, maxsus 
joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus 
schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin. 
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag’lar hisobi buxgalteriya hisobi 
schyotlar rejasining beshinchi bo’limi, majburiyatlari bo’yicha hisob–kitoblar esa 
oltinchi va yettinchi bo’limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi. 
Хo’jaliklarda mavjud pul mablag’laridan maqsadli foydalanish va ularni 
samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag’lar va majburiyatlarni o’z 
vaqtida so’ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. Shu boisdan, ushbu 
nazoratni to’g’ri va o’z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni 
bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat: 

pul mablag’lari va hisob–kitob operatsiyalarini o’z vaqtida tegishli 
hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirib borish; 

kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag’larni to’g’ri rasmiylashtirish 
hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish; 
7
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва 
чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 


95 

kassadagi naqd pul mablag’lari va unga ekvivalent bo’lgan pul hujjatlari, 
qimmatli qog’ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish; 

pul mablag’laridan to’gri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini 
doimiy nazorat qilish; 

budjet, budjetdan tashqari mablag’lar, banklar, xodimlar va boshqa 
tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to’lov 
shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish; 

qarzlarni qaytarish muddatidan o’tkazib yubormaslik maqsadida debitor va 
kreditorlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblarni o’z vaqtida taqqoslama 
dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so’ndirish bo’yicha chora-
tadbirlar ko’rish; 

xo’jalikning pul mablag’lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini 
me’yorlashtirish bo’yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishda iboratdir. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə