Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
3.9. Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish 
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik 
yurituvchi subyektlarda qo’llaniladigan yangi schyotlar rejasida budjet bilan olib 
boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta 
balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan 
daromad (foyda) solig’i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan 
daromad (foyda) solig’i»; 4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak 
to’lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan 
majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad 
(foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar»; 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz»; 
7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad 
(foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli 
foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha 
xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha 
xarajatlar» schyotlarni o’z ichiga oladi. 


131 
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan 
bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari 
bo’yicha)» schyotlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo’yilgan vazifalar turlicha. Bu 
vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to’g’ri foydalanishlari 
zarur. 
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i» 
schyotida hisobot davrida to’lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga 
olinadi. Shu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda 
soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib 
qo’yiladi. 
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo’shib 
daromad (foyda) solig’iga tortiladi.
4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotida 
bo’nak soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom-ashyo, materiallar, yarim 
tayyor mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha 
hisoblashish hujjatlarida alohida ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) 
hisobga olinadi. 
4410 schyotida yig’ilgan soliq summalarini hisobdan chiqarish tartibi qonuniy 
va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobida 4410 
«Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotidan chiqarish 
operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material 
resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga 
(zachetga) qabul qilinganda: D-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz», K-t 
4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyoti. 


132 
Amaldagi Nizom qonunchiligi asosida soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilgan 
quyidagi xo’jalik subyektlariga tegishli:
17
- soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan 
mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltiradigan xo’jaliklar; 
- soliq to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasida hosil bo’lgan 
mablag’larni maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan xo’jaliklar. 
Chunonchi, 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentning Farmoni bilan Respublikada maxsus klinikalar va tibbiy markazlar 
tashkil etildi. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida ushbu respublika 
ixtisoslashtirilgan markazlari o’z ehtig’jlari uchun olib kelinadigan tibbiyot 
uskunalari va asboblari uchun 2003 yilning 1 martidan to 2012 yilning 31 
dekabrigacha 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona to’lovlari/bojxona 
rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari/to’lashdan ozod qilinib, bushaydigan 
mablag’lar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yo’naltirish 
ko’zda tutilgan. 
Bunday maqsadlar uchun budjetga to’lashdan ozod qilingan soliqlar summasi 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettiriladi, demak 
korxonaning moliyaviy natijalarini shakllanishiga ta’sir qiladi. 
Budjetga soliq to’lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo’yicha 
8840 «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi. 
Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar daromad (foyda)dan ajratma solig’idan 
qonunchilikka binoan vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo’lishi mumkin. Bunday 
vaqtlarda umumiy belgilangan tartibda hisoblangan daromad (foyda)dan ajratma 
solig’i summasiga quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: D-t 9810 «Daromad 
17
«Солиқлар, бож ва мажбурий тўловларни бюджетга тўлаш бўйича юридик шахсларга берилган имтиёзларни 
расмийлаштириш ва бухгалтерия ҳисобида акс эттириш тўғрисида»ги Низом. 2002 йил 22 июнда ЎзР Адлия 
вазирлиги томонидан 1155-сон билан рўйхатга олинган. 


133 
(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» 
schyoti bo’yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha imtiyozlar» schyoti. 
Ushbu hisoblangan soliq summasi budjetga o’tkazilmaydi, balki maqsadli 
foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o’tkaziladi: Dt 6410 
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti bo’yicha ochilgan «Daromad (foyda) 
solig’i bo’yicha imtiyozlar», 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari» 
schyoti. 
8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo’yicha soliqlardan ozod 
qilish natijasida hosil bo’lgan summa, agar imtiyozli davr ko’rsatilgan bo’lsa, 
ko’rsatilgan davr oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan 
chiqariladi: D-t 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari», K-t 8520 
«Rezerv kapitali» schyoti. 
Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o’tkazilgan mablag’dan xo’jalik 
yurituvchi subyektlar o’zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini 
mustahkamlash, shuningdek xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun 
foydalanganda 8520 «Rezerv kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab 
tegishli schyotlar kreditlanadi. 
Soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil 
bo’lgan mablag’lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun korxona va 
tashkilotlar har yili yillik moliyaviy hisoboti bilan birga ushbu mablag’lardan 
foydalanishi to’g’risidagi hisob-kitobini topshiradi. 
Soliq organlari tomonidan tekshirilganda soliqlar, bojxona va majburiy 
to’lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil bo’lgan mablag’larning belgilangan 
maqsadlarga emas, boshqa maqsadlar uchun foydalanganligi aniqlansa yoki 
imtiyozli davr tugaganga qadar import qilingan tovarlar sotilsa yoki boshqa 
tashkilotga berilsa, belgilangan maqsad bo’yicha foydalanilmagan mablag’lar 
summasi, shuningdek, sotilgan mulklar bo’yicha bojxona to’lovlari summasi 
jarima choralarini qo’llagan holda boqimandasi bilan undirib olinadi. 


134 
Soliq organlariga topshirilgan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtida 
topshirilishiga korxona va tashkilotlar javobgardir. Qonunchilik asosida soliq 
to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasidada hosil bo’lgan mablag’larni 
maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan korxona va tashkilotlarga misol qilib 
shuni ko’rsatish lozimki, yangi tashkil etilgan korxonalar ro’yxatdan o’tgan 
vaqtdan boshlab ikki yil davomida budjetga mulk solig’i to’lashdan ozod qilinadi. 
Ushbu soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’ maqsadli 
foydalanishga yo’naltirilmaydi. Shunday shart bilan qonunchilikka binoan ayrim 
xo’jalik yurituvchi subyektlar boshqa soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan 
ozod qilinishi mumkin. 
Hisoblangan boj to’lovlari, soliqlar (QQS to’lovchilar uchun QQS 
summasidan tashqari) va majburiy to’lovlar summasini tovarning sotish qiymatiga 
ham qo’shmaydi. Bunday xo’jalik yurituvchi subyektlar har bir budjetga to’lov 
turi bo’yicha balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari» schyotida 
hisob yuritadi. 
Umumiy belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliq va to’lovlar 
summasi 013-schyotning kirimiga yozib boriladi. Budjetga hisoblangan majburiy 
to’lovlar va soliqlar summasi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks 
ettirilmaydi va moliyaviy natijalarni shakllanishiga ta’sir etmaydi. 
Soliqdan ozod qilish imtiyozli davri tugashi bilan soliqdan ozod qilish 
natijasida hosil bo’lgan mablag’lar balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq 
imtiyozlari» schyotidan chiqim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mablag’lar 
to’g’risidagi axborot imtiyozli davri tugagandan so’ng 5 yil ichida korxonada 
saqlanishi kerak. 
7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori 
bilan to’lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan soliq va majburiy 
to’lovlar bo’yicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi. 


135 
Joriy yoki undan uzoqroq davrlarda to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar 
summasi korxonaning kechiktirilgan majburiyatlari deb tan olinadi va ular 
kelajakda qaytariladi. Bu schyotning kreditida tegishli soliq va majburiy 
to’lovlarni hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda uzoq 
muddatli kechiktirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi. 
Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori 
bilan soliq to’lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan bo’lsa, quyidagicha 
yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari 
bo’yicha)», K-t 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli 
kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti. 
Shuningdek boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha to’lash muddati bir necha 
yilga kechiktirilgan hollarda 6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6520 «Maqsadli 
davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotlari debetlanib 7240 «Soliqlar va 
majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti 
kreditlanadi. 
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlarning joriy yilda to’lanadigan qismi 6240 «Soliqlar va majburiy 
to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotining 
kreditida quyidagi aks ettiriladi: D-t 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha 
uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar», K-t 6240 «Soliqlar va majburiy 
to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti. 
Bunday summani joriy yilda budjetga o’tkazish hisoblanganda 6240 «Soliqlar 
va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» 
schyoti debetlanib, 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» yoki 
6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6520 «Maqsadli davlat jamg’armalariga 
to’lovlar» schyotlari kreditlanadi. 


136 
Ushbu summa budjetga yoki sug’urta organlariga o’tkazib berilganda 
yuqoridagi 6410, 6510 va 6520 schyotlari debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
kreditlanadi. 
7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i 
bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning 
mavjudligi tufayli vujudga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i 
summasi aks ettiriladi. 
Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab 
topiladi, to’lanadigan daromad (foyda) solig’i esa soliqqa tortiladigan daromad 
(foyda)dan hisoblab topiladi. Hisob daromadi (foydasi) va soliqqa tortiladigan 
daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqni aniqlashdagi yondoshishlar orasidagi 
farqi moliyaviy hisobotda inobatga olinishi kerak. 
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan 
daromad (foyda) solig’i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan 
xarajat deb qaraladi va u tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga 
kelgan bo’lsa, shu davrda hisoblanadi ham korxonaning moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati natijalari to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan 
hisoblab topilgan daromad (foyda) solig’i xarajati bilan soliqqa tortiladigan 
daromaddan hisoblab topilgan to’lashga tegishli daromad (foyda) solig’i orasidagi 
farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha 
kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» 
schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i 
bo’yicha xarajatlar», K-t 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan 
daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti. 
Har yili daromad (foyda) solig’i bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir 
qismi daromad (foyda) solig’i bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy 
qismidek 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) 
solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyotida quyidagi aks ettiriladi: D-t 7250 


137 
«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha 
uzoq muddatli majburiyatlar», K-t 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha 
kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyoti. 
Bunday summani joriy yilda budjetga o’tkazish hisoblanganda 6250 
«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha 
majburiyatlar» schyoti debetlanib, 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari 
bo’yicha)» schyoti kreditlanadi. Ushbu summa budjetga o’tkazib berilsa 6410 
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti debetlanib, 5110 
«Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi. 
O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksining 43-moddasiga binoan yilning 
hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam 
ish haqining ikki yuz barobaridan ko’proq miqdorda daromad (foyda) olgan 
yuridik shaxslar daromad (foyda) solig’i bo’yicha joriy to’lovlarni har oyning 10 
va 25 kunlarida yilning choragi bo’yicha daromad (foyda) solig’i summasining 
oltidan bir qismi miqdorida to’laydi. 
Bu vaqtda hisoblangan bo’nak daromad (foyda) solig’i summasi 9810 
«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha 
yoziladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 6410 
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti. 
Ushbu summa belgilangan muddatlarda budjetga o’tkazib berilsa 6410 
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti debetlanib, 5110 
«Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi. 
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810 «Daromad 
(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa 
soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan 
soliqlar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga 
o’tkaziladi: D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Daromad (foyda) 


138 
solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va 
yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlari. 
Demak, daromad (foyda) solig’ini to’lagunga qadar foyda (zarar) summasidan 
daromad (foyda) solig’ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar 
va yig’imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so’ng hisobot davrining 
sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-sonli 
shakl)ning 270-satrida ko’rsatiladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə