Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

Internet saytlari 
http:// www. accounting. rut gars. edu 
http:// www. accounting web. com/ 
http:// www. buhgalteria. com. ua 


140 
http:// www. 1c. ru 


141 
4-BOB. MATERIALLAR HISOBI 
4.1. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning 
vazifalari 
Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg’ilar 
xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan sifat ko’rsatkichlari hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga ilg’or konstruktiv materiallardan, metall upalari va 
plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatini 
pasaytirmaydigan, 
ishlab 
chiqarish 
chiqindilarini 
kamaytiradigan 
arzon 
materiallardan foydalanish yo’li bilan erishiladi. 
Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo’qotishlar va noratsional 
sarflarga barham berish zarur, xo’jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, 
shuningdek yo’l - yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. 
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. 
Ularni xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab 
chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1-
chizmaga qarang). 
 
№ Materiallar 
turkumi 
Materiallar turkumlash tasnifi 

Хom ashyo 
Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat 
predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda, tekstil 
sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.) 

Asosiy 
materiallar 
Хom ashyoga ta’sir etish uchun foydalaniladigan va 
mahsulot iste’moli xususiyatini berishda ishlatiladigan 
buyumlardir 
(mashinasozlikda 
qora 
metallar, 
yog’ochsozlik sanoatida yog’och) 

Sotib 
olingan Ma’lum darada ishlab chiqarish jararayonidan o’tgan, 


142 
yarim 
tayyor 
mahsulotlar 
biroq pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan 
mahsulotlar (stanoksozlikda motorlar, avtomobilsozlikda 
shinalar) 

Yordamchi 
materiallar 
Yaratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va 
ularning tashqi ko’rinishi yaxshilash uchun sarflanadi 
(moylash materiallari bo’yoq, lak, artish materiallari va 
x. k.) 

Chiqindilar 
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo’lgan qo’shimcha 
materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x. k.) 

Idishlar 
Idish va idish materiallar 
Mahsulotlarni o’rash, joylashtirish, tashish va saqlashda 
ishlatiladigan buyumlar (yog’och, karton va metall 
idishlari) 

Ehtiyot qismlar 
Asosiy 
vositalarning 
quvvatini 
oshirishda 
foydalaniladigan buyumlar (ta’mirlash uchun mashina 
va asbob-uskunalarning ayrim detallari) 

Inventar 
va 
xo’jalik jihozlari 
Korxona faoliyatida ishlatiladigan xo’jalik buyumlari 
(otvertkalar, iskana, xo’jalik inventarlari, maxsus 
qiyimlar va x. k.). 

Boshqa 
materiallar 
Yuqoridagi guruhlarga kirmaydigan boshqa materiallar 
(tuzatilmaydigan braklar, metallom) 
4.1-chizma. Materiallarninq tasniflanish tartibi 
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga 
qarab qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga 
bo’linadi. 


143 
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, 
xarajat normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularni butligini 
ta’minlash yo’li bilan mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

material qiymatliklarni joylarida saqlash va ulardan barcha bosqichlarda 
foydalanish ustidan nazorat qilish; 

materiallar harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri va o’z vaqtida 
hujjatlashtirish; ularni tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni aniqlash va aks 
ettirish; saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va 
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash; 

belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha 
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish; 

material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish, 
yo’ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun 
qo’yidagilar zarur: narx – nomenklaturaga ega bo’lishi; aniq hujjatlashtirish va 
hujjat aylanish tizimini belgilab olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini 
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini 
buxgalteriya hisobida o’z vaqtida aks ettirish; hisobni avtomatlashtirishning 
hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash. 
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va 
ishchi kuchi bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. 
Mehnat buyumlari, mehnat vositalari va ishchi kuchidan farqli o’laroq ishlab 
chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, ularning qiymati ishlab chiqarilgan 
mahsulotning tannarxiga to’liq o’tkaziladi. 
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda: 
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan 
(preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo’natish shartnomalarini tuzishda 


144 
korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan 
hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to’lov hujjatlarida ko’rsatilib 
molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi; 
- nomenklatura hisob bahosi bo’yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) 
materiallarning reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari va b. bo’lishi mumkin. 
Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo’lib, 
ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo’shib 
belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va 
operativ hisobga olishda qo’llaniladi. 
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks 
ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) 
quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha boj to’lovlari, 
mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga 
to’lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan 
soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, 
xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar 
tannarxiga kiritilmaydi. Ular korxonaning davr xarajatlariga o’tkaziladi. 
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha 
qo’shiluvchi ma’lumotlarni olgandan so’ng aniqlanadi. Korxonada materiallar 
harakati har kuni sodir bo’ladi, va materiallarning kirim-chiqimi bo’yicha hujjatlar 
o’z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni sodir bo’lishiga qarab hisobga olinishi 
kerak. Shuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan belgilangan hisob bahosi 
deyiladigan bahoni qo’llash zaruriyati tug’iladi. Hisob bahosi bo’lib reja yoki 
shartnoma baholari hisoblanadi. 


145 
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga 
yetkazib qo’yish uchun oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi 
va foizi chiqariladi. 
Reja narxlar qo’llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq 
summasi va foizi aniqlanadi. Bu ko’rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga 
baho berish imkoniyatini yaratadi. Тransport tayyorlov xarajatlari yoki reja 
narxdan farqi materiallarning har bir nomenklatura raqami bo’yicha emas, balki 
materiallar guruhlari bo’yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib materiallarning oy 
boshiga qoldig’i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi.
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy 
tannarxini aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
- o’rtacha tannarx (to’g’ri chiziqli) bo’yicha yoki AVEKO usuli – 
materiallarning umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo’lib, olingan o’rtacha 
narxlar asosida hisobdan chiqarish; 
- o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. 
FIFO usuli - ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va 
keyingi partiyadagi narxlar navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi; 
- o’rtacha chamalangan baholar bo’yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim, 
LIFO usuli-materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari 
bo’yicha pastdan yuqoriga qarab hisobdan chiqariladi. 
Misol.
Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olngan: 
Sotib olingan sana 
Miqdori 
(dona) 
Narxi 
(so’m) 
Qiymati 
(m.so’m) 
15.03.05 
1000 
600 
600 
20.03.05 
1700 
800 
1360 
25.03.05 
1500 
900 
1350 
jami 
4200 
3310 


146 
Хo’jalikda oy mobaynida 2800 m.so’mlik material sarflandi va omborda 
1400 m.so’mlik material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda 
hisoblab chiqamiz. 
O’rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar 
birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki 
ishlab chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Хo’jalik 
yurituvchi subyektdagi vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir 
qo’shimcha qabul qilingani bo’yicha hisoblab topiladi. 
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdori
Narxi (so’m) 
Qiymati
(m.so’m) 
1-partiya 
1000 
600 
600 
2-partiya 
1700 
800 
1360 
3-partiya 
100 
900 
900 
Jami sarflangan material 
2800 
788.8 
2207 
Ombordagi qoldiq 
1400 
788.8 
1103 
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash tavsiya 
qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo’llash ma’qul. 
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-
BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo’llashni tavsiya qilinadi. Bu 
usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi 
sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-
material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. 
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdori
Narxi (so’m) 
Qiymati
(m.so’m) 
1-partiya 
1000 
600 
600 


147 
2-partiya 
1700 
800 
1360 
3-partiya 
100 
900 
900 
Jami sarflangan material 
2800 
2860 
Ombordagi qoldiq 
1400 
900 
1260 
Хalqaro andazalar tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO 
usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan 
tovar – material zaxiralar (ТMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga 
sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib 
olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. 
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdori
Narxi (so’m) 
Qiymati
(m.so’m) 
1-partiya 
1500 
900 
1350 
2-partiya 
1300 
800 
1040 
3-partiya 



Jami sarflangan material 
2800 
2390 
Ombordagi qoldiq 
400 
1000 
800 
600 
320 
600 
Jami qoldiq 
1400 
920 
Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallarni ishlab chiqarish 
xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob 
siyosatida o’z aksini topmog’i lozim. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə