Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Olingan materiallar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
4.3. Olingan materiallar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi 
Korxonaga materiallar bevosita mol yuboruvchilar yoki boshqa korxonalar 
o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilish –topshirish dalolatnomalari 
asosida kirim qilinnadi. Shartnomalarda quyidagilar ko’rsatiladi: material 
qiymatliklarning nomi, miqdori, narxi, jo’natish muddati, hisoblashish tartibi, 
jo’natish usuli, shartnoma shartlari bajarilmaganda qo’llaniladigan jazo, qabul 
qilish tartibi va h. k. Mol yuboruvchi korxonalar tomonidan jo’natilgan mahsulot 
uchun to’lov talabnoma – topshiriq va schyot-faktura yozib xaridorga beradi yoki 
pochta orqali jo’natadi, xaridor pulini to’lash uchun ularning bir nusxasini 
o’zining bankiga topshiradi. Korxonada shartnoma majburiyatlarining bajarilishini 
marketing bo’limi bajaradi, shuning uchun to’lov talabnoma – topshiriq va schyot-
faktura birinchi navbatda ularga yoki moliyaviy bo’limga kelib tushadi. Bu yerda 
ularni shartnomaga mos kelishi tekshiriladi, kelib tushgan yuklarni hisobga olish 
jurnalida (M-1 shakl) ro’yxatga olinadi, shartnomalarning bajarilishini hisobga 
olish daftariga belgi qo’yadi va to’lashga rozilik beradi. 


155 
Kelib tushgan yuklarni ro’yxatga olish jurnalida aks ettirilgandan so’ng 
hujjatlar ichki ro’yxatga olish raqamiga ega bo’ladi va pulini to’lash uchun 
buxgalteriyaga beriladi, kvitansiya bilan tovar-transport nakladnoy esa yukni 
qabul qilib olish va olib kelish uchun ekspeditsiya bo’limiga topshiriladi. 
Korxona buxgalteriyasida shu daqiqadan boshlab mol yuboruvchilar bilan 
hisob-kitoblar vujudga keladi. Yuklarni omborga tushishiga qarab kirim orderi 
yoziladi va reestr bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriyada 
taksirovka qilinib to’lov hujjatiga qo’shib qo’yiladi. Bu hujjatni bankda 
to’lanishiga qarab mol yuboruvchining foydasiga pul o’tkazilganligi to’g’risida 
buxgalteriya hisob-kitob schyotidan ko’chirma oladi. 
Тovar-material qiymatliklar va xizmatlar bo’yicha mol yuboruvchilar bilan 
hisob-kitoblar 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» schyotida hisobga olinadi. Bu schyot passiv bo’lib, kredit qoldig’i 
to’lanmagan schyotlar va fakturlanmagan yuklar bo’yicha korxonaning mol 
yuboruvchilar va pudratchilardan bo’lgan qarzini ko’rsatadi; debet aylanmasi - 
hisobot oyida to’langan, hisobdan chiqarilgan va rachyot qilingan summani 
ko’rsatadi; kredit aylanmasi - hisobot oyida akseptlangan to’lov hujjatlari bo’yicha 
to’lashga qabul qilingan va fakturlanmagan yuklar summalarini ko’rsatadi. 
Mol yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar hisobi 6 - jurnal-orderida yuritiladi 
6 - jurnal-order kombinatsiyalashgan registr bo’lib, unda analitik hisob har bir 
to’lov hujjati, kirim orderi yoki qabul qilish akti bo’yicha yuritiladi. Bu jurnal-
orderning birinchi satrida mol yuboruvchilar bilan oy boshiga tugatilmagan 
quyidagi hisoblashishlar summasi ko’rsatiladi: 
- to’lash muddati kelmagan akseptlangan to’lov hujjatlari, yoki kirimga 
olingan materiallar bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan to’lov hujjatlari (6010 – 
schyotning oy boshiga kredit qoldig’i); 
- akseptlangan va to’langan to’lov hujjatlari – materiallar kelib tushmagan 
(izoh sifatida «kelib tushmagan yuk», 6010 – schyotning debet saldosi); 


156 
- akseptlanib to’lanmagan to’lov hujjatlari – materiallar kelib tushmagan 
(izoh sifatida «kelib tushmagan yuk», saldosi yo’q); 
- fakturlanmagan yuklar bo’yicha (materiallar kelib tushdi, lekin ularni 
to’lash uchun to’lov hujjatlari kelib tushmadi) – 6010 – schyotning krediti 
bo’yicha oy boshiga saldo. 
Oy davomida korxona buxgalteriyasi marketing bo’limi tomonidan 
akseptlangan mol yuboruvchilarning to’lov hujjatlarini qabul qiladi, omborlarning 
kirim orderlari, qabul aktlarini qabul qiladi, korxonaning hisob-kitob schyoti va 
boshqa schyotlaridan ko’chirmalar oladi. Bu buxgalteriya hisobi registrlarida 
xotima yozuvlarini berish, tomonlar o’z majburiyatlarini bajarganligi tufayli 
yozuvlarni tugatish imkoniyatini beradi. 
6 - jurnal-order chiziqli-pozitsiyali usulda yuritilganligi tufayli har bir hujjat 
bo’yicha mol yuboruvchilar bilan hisoblashish holatiga baho berish mumkin. 
Izohlovchi ma’lumotlardan tashqari, 6 - jurnal-orderda omborning kirim orderini 
raqami, qabul qilingan materiallarning korxona hisob bahosidagi qiymati va 
hisoblash hujjatida QQS summasini alohida ko’rsatib tuzilgan mol yuboruvchining 
to’lov hujjatlari qiymati yoziladi. Kelib tushgan material qiymatliklarni hisob 
bahosidagi summasi ularning turidan qat’iy nazar umumiy summada ko’rsatiladi, 
to’lov talabnomalari bo’yicha ko’rsatilgan summa esa materiallar turlari bo’yicha 
ko’rsatiladi. Da’volar summasi aktlarga asosan yoziladi. Bankning ko’chirmasi 
bo’yicha to’lov hujjatlarini to’langanligi belgilab qo’yiladi. 
Korxonaga to’lov hujjatisiz kelib tushgan material qiymatliklar 
fakturlanmagan yuk deyiladi. Bunday yuklar kelib tushsa, ular omborga qabul 
qilinadi va qabul qilish akti tuzilib reestr bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. 
Bu yerda materiallar hisob bahoda baholanib omborga qabul qilingan materiallar 
qatorida 6 – jurnal-orderda aks ettiriladi va shu summada materiallar guruhiga 
o’tkazilib akseptga qo’yiladi. Fakturlanmagan yuklar 6 – jurnal-orderida oy 
oxirida, mazkur oy davomida to’lov hujjatlarini kelib tushish imkoniyati yo’qqa 


157 
chiqqandan so’ng («Schyot raqami» degan «B» grafa «N» qo’yib) aks ettiriladi. 
Ular hisobot oyida to’lanmaydi, chunki to’lash uchun asos bo’lib hozircha yo’q 
bo’lgan to’lov hujjatlari hisoblanadi. Keyingi oyda bu yukning hujjatlarini kelib 
tushishiga qarab ular korxona tomonidan akseptlanadi, bank tomonidan to’lanadi 
va buxgalteriya tomonidan 6 – jurnal-orderning materiallar guruhi bo’yicha bo’sh 
qatorida va «aksept» grafasida to’lov talabnomasi summasida aks ettiriladi, saldo 
(tugatilmagan hisoblashishlar) qatoridagi hisob bahosida oldin shu guruh bo’yicha 
va «aksept» grafasida yozilgan summa storno qilinadi. Shunday qilib mol 
yuboruvchilar bilan fakturlanmagan yuk bo’yicha hisoblashishlar tugaydi. 
Тo’lov hujjatlari korxona tomonidan akseptlangan, lekin materiallar hali 
omborga kelib tushmagan mol yetkazib berishlar yo’ldagi materiallar deyiladi. 
Bank tomonidan to’langan yoki to’lanmaganidan qat’i nazar akseptlangan to’lov 
hujjatlari hisobga olinadi. 
6 - jurnal-orderning «kelib tushgan yuk» va «aksept» grafalarida to’lov 
hujjatlari oy davomida aks ettirib boriladi. Oy oxirida korxona bu qiymatliklarni 
balansga qabul qilishi shart, ya’ni tegishli material guruhiga yozib qo’yadi (shartli 
qabul qiladi), lekin keyingi oyning boshiga ushbu mol yetkazib berish bo’yicha 
hisoblashish tugamaydi. Qiymatliklar kelib tushganda buxgalteriya ombordan 
kirim orderini oladi ularni omborga qabul qiladi va oy boshiga tugallanmagan 
hisoblashishlar qatoriga yozib quyadi. Oy oxirida 6 - jurnal-orderni yopaturib 
materiallar guruhi bo’yicha ushbu mol yetkazib berish ikki marta qabul 
qilingandek storno qilinadi. 
Material qiymatliklari bo’yicha mol yuboruvchilar bilan hisob-kitob 
qilinganda mol yuboruvchining hujjatiga qaraganda haqiqiy qabul qilingan 
materiallarning miqdori kam yoki ortiqcha chiqishi mumkin. Bu dalolatnoma (M-7 
shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ortiqcha chiqqani dalolatnoma bilan korxonaning 
hisob bahosida yoki shartnoma (jo’natish bahosi) bahosida kirimga olinadi va 6 – 
jurnal-orderning alohida qatorida fakturlanmagan mol yetkazib berish sifatida 


158 
hisobga olinadi. Korxonaning ta’minot bo’limi ortiqcha chiqqanligi to’g’risida 
mol yuboruvchiga xabar berib to’lov talabnoma yuborishini so’raydi. Kamomad 
aniqlangan taqdirda, buxgalteriya uning haqiqiy tannarxini hisoblab chiqadi va 
mol yuboruvchiga da’vo rasmiylashtiradi. Bunda temir yo’l tarifi summasi 
yukning og’irligiga mutanosib taqsimlanadi, ustama va chegirma summasi 
yukning qiymatiga mutanosib taqsimlanadi. 
Kamomad summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi berilib, 6-jurnal-order 
va 7-qaydnomada aks ettiriladi: D-t 4860 – «Da’volar bo’yicha olinadigan 
schyotlar», K-t 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan 
schyotlar» schyoti. 
6 - jurnal-orderda faqat tovar-material qiymatliklarni sotib olish va tayyorlash 
bilan bog’liq bo’lgan mol yuboruvchilar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar aks 
ettiriladi. Mol yuboruvchilar va pudratchilarning xizmatlari bo’yicha hisob-
kitoblar hisobi 6 - jurnal-orderda alohida yuritiladi. Oy oxirida 6010 -schyotning 
umumiy aylanma summasini topish va Bosh daftarga o’tkazib qo’yish uchun 6-
jurnal-orderning ma’lumotlari jamlanadi. 
Materiallarning haqiqiy tannarxi tarkibiga transport-tayyorlov xarajatlari ham 
kiradi. Bularga materiallarni shartnoma qiymatlaridan tashqari ularni sotib olish 
bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar materiallarni turlari 
bo’yicha tegishli schyotlarda mavjud material guruhlarining umumiy hajmi 
bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari summasi va foizini hisoblab chiqaradi. Bu 
narsa hisobot oyida sarflangan materiallarga to’g’ri keladigan transport-tayyorlov 
xarajatlarini aniqlab hisobdan chiqarish uchun zarur. Hisoblab chiqish uchun 
ma’lumotlar 10-qaydnomaning 2 va 3 – bo’limlaridan olinadi. 
Sarflangan materiallar shartnoma bahosida qaysi schyotlarga o’tkazilgan 
bo’lsa, transport-tayyorlov xarajatlari summasi ham shu schyotlarga yoziladi. 
Haqiqiy tannarxni rejadan farq ulushini hisoblab topish va hisobga olish ham shu 
tartibda bajariladi. Farqi shu yerdaki, farqi bo’lishi mumkin. Ortiqcha xarajat, 


159 
transport-tayyorlov xarajatiga o’xshab, reja tannarxini ko’paytiradi, tejalgan 
summa esa – uni kamaytiradi. Тejalgani minus bilan yoki qizil storno qilib 
yoziladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə