Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
5.4. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning 
buxgalteriya hisobi 
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning qiymati 
odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo’li bilan qoplanadi. Asosiy 
vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati 
mobaynida xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar 
ko’rinishida muntazam taqsimlanali. Bu yerda amortizatsiyalanadigan qiymat 
deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang’ich (qayta 
tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib 
tashlangandan qolgan summasi tushuniladi. 
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy 
vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning tayinlashidan kelib chiqib, 
mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam 
ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko’rinishidagi ifodasini 
amortizatsiya sifatida belgilab beradi. Shuni nazarda tutish kerakki, asosiy 
vositalar obyekti bo’yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obyekt asosiy vositalar 
tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va 
ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’la qoplanguncha yoki u 
balansdan chitsarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obyektlari 
bo’yicha eskirish hisoblanishi mazkur obyekt qabul qilingan oydan keyingi 
birinchi oydan boshlanadigan bo’lsa, unga mos ravishda mazkur obyekt bo’yicha 
eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to’liq qoplangan yoki u 
balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to’xtatiladi. 


181 
Asosiy vositalar obyektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya 
hisoblanishi 
to’xtatilmaydi, 
qonunchilikda 
o’rnatilgan 
tartibda 
ularni 
konservatsiyaga o’tkazish hollaridan hamda obyektning foydalanishi to’liq 
to’xtatilgan sharoitda ularning qo’shimcha qurilishi, qo’shimcha jihozlanishi, 
rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi 
davridan tashqari. 
Asosiy 
vositalar 
obyektlari 
bo’yicha amortizatsiya ajratmalarining 
hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, 
amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks 
ettiriladi. 
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obyektlari bo’yicha hisoblangan 
amortizatsiya summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to’plash yo’li 
bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks 
ettiriladi.
19
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobida asosiy 
vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya hisoblanishi quyidagi tarzda aks 
ettiriladi: 
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va 
xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt «Asosiy 
ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt «Asosiy vositalarning 
eskirishi» schyoti. 
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar 
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo’yicha: Dt 2310 - «Yordamchi 
ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar" schyoti, Kt 
«Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. 
19
21-сонли БҲМС "Хўжалик юритувчи субъектларнинг молиявий-хўжалик фаолияти бухгалтерия ҳисоби 
счётлар режаси ва уни қўллаш бўйича Йўриқнома". 


182 
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, 
ma’muriy maqsalda, malaniymarifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan 
asosiy vositalar bo’yicha: Dt «Davr xarajatlari» schyoti, Kt «Asosiy vositalarning 
eskirishi» schyoti. 
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya summasi 
quyidagi usullardan birini qo’llash yo’li bilan hisoblanishi mumkin: 
1) amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash
2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash 
(ishlab chiqarish usuli); 
3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli; 
4) yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). 
Amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati 
shundan iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib 
chiqib, ularning foydali xizmat qilish muddati davomida amortizatsiya bir tekisda 
va teng ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq, asosiy vositalar 
obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati 
davomida tegishli xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). 
Mazkur usul bo’yicha amortizatsiya qilish meyorining miqdori foydali xizmat 
muddatining davomiyligiga bog’liq bir davr uchun amortizatsiya ajratmasi 
summasi amortizatsiyalanadigan qiymatini obyekt foydalaniladigan hisobot 
davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisob-kitob qilinadi. 
Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulila 
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining 
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali 
va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi: 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə