Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
5.2. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tashkil qiluvchi xarajatlar 
tarkibi 
5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo’yicha 
baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritilali. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki 
sotib olish uchun ketgan barcha sarfharajatlar qiymati, deganda, jumladan, 


170 
to’langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga 
keltirishga bevosita bog’liq bo’lgan boshqa har qanday sarfharajatlar tushuniladi. 
Yana shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo’shimcha qiymat 
soligi va aksiya solig’i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, yani 
umumiy tartibda soliq to’laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to’langanda 
hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida 
ko’rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo’shiladi. 
Хo’jalik yurituvchi subektlar amaliyetida asosiy vositalarning dastlabki 
qiymati, odatda, ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan 
holda belgilanadi. Asosiy vositalarning korxonaga kelib tushishining asosiy 
manbalari quyidagilar: obyektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olish; 
kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obyektning oldi-berdisi; 
tasischi tomonidan ustav kapitaliga qo’shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat 
subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi 
tarkibidan o’tkazish; qiymati avval belgilangan asosiy vositalarsa kapital 
kiritmalar; 
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obyektlarini aniqlash. 
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki 
qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo’yicha qurilish-
montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni yetkazib beruvchilarga to’langan 
summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog’liq ro’yxatga olish 
yig’imi, davlat bojlari va shunga kabi boshqa to’lovlar; bojxona bojlari va 
yig’imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog’liq soliqlar va 
yig’imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog’liq 
axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summa; asosiy vositalarning 
obektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug’urta qilish bo’yicha harajatlar
asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to’lanadigan haq; asosiy 
vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to’lanadigan 


171 
harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan 
bevosita bog’liq boshqa harajatlar; 
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan 
uzoq muddatli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy 
vositalarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi. Agar xo’jalik yurituvchi subekt 
asosiy vosita bilan bog’liq sarflarni to’lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan 
maqsadli kredit olish bo’lsa, mazkur maqsadli kredit bo’yicha o’tkazilgan foizlar 
obyektning ishga tushirilishi xo’jalik yoki pudrat usullari bilan amalga 
oshirilganidan qatiy nazar, ishga tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning 
ishga tushirilayotgan obyekti qiymatiga kiritilishi kerak. 
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga 
topshirilgan bo’lsa, foiz xarajatlarini kapitallashtirish to’xtatiladi, asosiy vositalar 
obyekti foydalanishga berilgandan keyin o’tkazilgan foizli xarajatlar esa xo’jalik 
yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar (9610 - «Foiz 
ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i)ga kiritiladi. 
Korxonaning o’z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati 
sotib olingan aktiv qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy 
vositalarning ushbu obyektlarini ishga tushirish bo’yicha aniq sarflar summasidan 
tashkil topadi. 
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valutasiga sotib olinsa, u holda 
ularning dastlabki qiymati barcha to’lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, 
shuningdek, aktivni yetkazib berish va montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish 
bo’yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish 
bilan bevosita bog’liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi 
to’ldirilgan sanaladi O’zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs 
bo’yicha summani chet el valutasining qiymatiga hisoblash yo’li bilan milliy 
valuta (so’mlar)da belgilanadi va buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Shuni ham 
ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obyektlari to’lovlari, 


172 
moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan 
o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog’liq 
bo’lmagan boshqa xarajatlar moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, 
balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan xarajatlar deb etirof etiladi. 
Yuqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati 
odatda ularning korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. 
Quyida asosiy vositalarning kelib tushish manbalariga qarab, ularning 
boshlang’ich qiymati shakllanishi, yani uni tan olish uchun maqbul asoslar 
keltirilgan. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə