Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Asosiy vositalar kirimining hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi 
Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy 
vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning 


174 
boshlang’ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. Ushbu 
muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko’rib 
o’tamiz. 
Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan 
umumiy qiymati 2500000 yevro bo’lgan to’qimachilik uskunasini sotib olish 
bo’yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi 
uskuna qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varag’iga 
oldindan o’tkazishi kerak. AJ 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchining bankida 
akkreditiv hisob varag’ini ochdi. Akkreditiv hisobvarag’i ochilgan sanada 
yevroning O’zbekist’on Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan 
belgilangan kursi bo’yicha (keyinchalik so’mga nisbatan 1 yevroning kursi deb 
yuritiladi) 1 yevro 1440 so’mni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvarag’ini ochish 
bilan bog’liq xarajatlar o’tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv 
o’tkazish uchun bank haqi o’tkazilgan summaning 1,2 foizini, kontraktni 
tayyorlash uchun yuridik firma 200 yevroni, kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va 
yopish bilan bog’liq garflar kontrakt summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bunlan 
tashqari, milliy valutani yevroga konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet 
el valutasi summasining 0,2 foiz miqdorida komission haq to’landi. 2006 yil 18 
martda uskuna k o’llandi. Uskunani tashish (transportda tashish, jo’natish, 
ortishtushirish ishlari, yetkazib berish) da xavfsizlikni taminlash, fransport uchun 
to’lov va boshqalar bo’yicha sarflar 250.000 yevroni tashkil etdi. 2006 yil 25 
martda invoysda ko’rsatilgan qiymatdan 5 foizni tashkil etadigan bojxona 
to’loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. Yuk bojxona 
deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan so’mga nisbatan o’rnatilgan yevro kursi 1 yevro uchun 1470 so’mni 
tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani o’rnatish. 
Montaj qilish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarflar 100000 
yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim 


175 
etishdi (bu sanada kurs bo’yicha 1 yevro 1472 so’mni tashkil etdi). Uskuna 2006 
yil 1 2 aprelda ishga tushiriddi. 
Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar "Sitroniks" 
AJ buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 2006 yil 15 martda 
yetkazib beruvchi bankida akkreditiv hisob varag’ini ochishni aks ettirish: Dt 
25510 - «Akkreditivlar" - 1800000 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi 
valuta hisoblari" schyoti - 1800000 m.so’m. 1800000 m.so’m = (1 250000 yevro 
x 1440 so’m 1800000 m.so’m); 
Sotib olingan asosiy vositalarning to’lovi bilan bog’liq sarflar summasiga: Dt 
9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" - 34200 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar 
o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 34200 m.so’m. (23750 yevro x 1440 so’m = 
34200 m. so’m).
Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko’rinishga ega: 
Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan 
bogliq xarajatlar 
1250000 yevro x 02 foiz yevro; 
Akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi 
1250000 yevro x 1,2 foiz - 15000 
yevro; 
Kotraktni tayyorlash uchun to’lov 
200 yevro; 
Kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish 
bo’yicha sarflar 
2500000 yevro x 0,05 foiz - 1250 
yevro; 
Chet el valutasining konvertatsiyasi 
bo’yicha xarajatlar 
2500000 yevro x 0,5 foiz - 5000 
yevro; 
Jami 
23750 yevro. 
2006 iil 18 mart buxgalteriya o’tkazish talab etilmaydi; 2006 yil 25 martda
a) uskuna xarid qiymati summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib 
olish" - 3675000 m.so’m; Kt 6010 -"Yetkazib beruvchi va vositachilarga to’lov 


176 
hisobi" schyoti - 3675 000 m. so’m. 2500 000 yevro x 1470 so’m = 3675 000 m. 
so’m; 
b) uskunani tashish bo’yicha sarflar summasiga: Dt 0820 -"Asosiy 
vositalarni sotib olish" - 367 500 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" 
schyoti - 367500 m. so’m. (250 000 yevro x 1470 = 367 500 m.so’m). 
v) uskuna bo’yicha bojxona to’lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy 
vositalarni sotib olish" - 183750 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" 
schyoti - 183750 m.so’m (2500 000 yevro x 5 foiz - 125000 yevro x 1470 so’m 
=183750 m. so’m) 
2006 yil 10 aprel o’rnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish-sozlash 
ishlari xarajati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 147 200 
m.so’m, Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 147 200 m.so’m. (100 000 
yevro x 1472 so’m = 147200 m.so’m). 
2006 yil 2 aprel uskunani foydalanishga topshirishni aks ettirish: Dt 0130 - 
"Mashina va uskunalar” - 4373 450 m.so’m, Kt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib 
olish" schyoti - 4373 450 m.so’m. 
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy 
vositalarning boshlang’ich qiymati bo’lib, korxona ta’sischilari tomonidan 
kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo’lsa. Masalan, "Хususiy korxona 
to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, 
mulkdor xususiy korxon^ning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil 
baholaydi. 
Shuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli 
jamiyatlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga 
muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi 
shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo’shiladigan pulsiz hissalarning 


177 
puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyatning barcha 
ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi. 
Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi 
bo’yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi 
schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Тugallanmagan qurilish" 
schyotining krediti bo’yicha kirim qilib olinadi. 
Тasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga 
kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga 
oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Тasischilarning ustav kapitaliga 
ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi. 
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning 
kirimi, 8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog’lanishida, asosiy 
vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo’yicha aks ettiriladi. 
Asosiy vositalarni hisobga olish (0100) schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Biroq 
soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi daromad 
(foyda) solig’ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi. 
Shu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi, 
jamiyatni ta’sis etish chog’ida aksiyaga to’lanadigan haq sifatida topshirilayotgan 
mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq 
chiqarilishini belgilab beradi. 
Agar jamiyatning shu yo’sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa 
qimmatli qog’ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam 
miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etsa, jamiyat 
aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-
mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak. 
Misol.
"Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh 
jinslarini qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi, 


178 
Shartnomaga muvofiq uskunaning qiymati 10800 m.so’mni, shu jumladan QQS 
1800 m.so’mni tashkil etadi. Shartnoma shartlariga ko’ra "Oniks" AJ xarid uchun 
2006 yil 7 yanvarda uskuna qiymatidan 30 foiz miqdorida bo’nak to’lovini amalga 
oshirdi. Uskunani sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa 
tavsiflarini baholagan "Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi 
va shartnomaga muvofiq xizmat qiymati 600 m.so’mni tashkil etdi. Aktivdan 
maqsadli foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq boshqa 
sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni yuklashtushirish ishlari 80 m.so’m; 
avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 500 m.so’m; uskunalarni 
yetkazib berishga ma’sul AJ ekspeditorining xizmat safari xarajatlari 100 m.so’m; 
uskunani yetkazib berish bo’yicha xavfsizlikni taminlash bo’yicha xarajatlar 50,4 
m.so’m; ixtisoslashgan montaj kompaniyasining uskunani o’rnatish va montaj 
qilish qiymati 200 m.so’m; uskunani sinovdan o’tkazishda foydalanilgan 
materiallarning qiymati 65,6 m.so’m va uskunani ishga tushirish va sozlash bilan 
bog’liq boshqa sarflar 135,0 m.so’m, 2006 yil 5 yanvarda uskuna ishlatishga 
berildi va asosiy vositalarni qabul qilish berish haqidagi dalolatnoma 
rasmiylashtirildi. Yuqorida ko’rsatilgan operaaiyalar "Oniks" AJ buxgalteriya 
hisobida aks ettirilishi tartibini ko’rib chiqamiz: 
2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo’nak to’langanining 
ifodasi: Dt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va 
pulratchilarga bo’naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000. 
2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga to’langan, uskunaning 
qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» - 10.800.000; Kt «Mol 
yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyotlari" – 10800000. 
b) uskunani mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo’naklarning qoldig’ini 
yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyoti" -3240000;
Kt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pudratchilarga 
berilgan bo’naklar" schyoti – 3240000. 


179 
v) uskunaning texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga; Dt 
0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 600000, Kt "Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilarga to’lash schyoti" - 600000. 
g) uskunalarni yetkazib berish, yukni ortish-tushirish yetkazib berishda 
xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha, sarflar summasiga, shuningdek uni o’rnatish va 
montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" -
830400, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400. 
d) uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil bo’lgan ekspeditorning xizmat 
safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000, 
Kt 4220 - «Хizmat safariga berilgan bo’naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga 
qarz" schyotlari - 100000; 
e) uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek
korxona kuchi bilan amalga oshirilgan ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarf 
summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti – 200600, Kt 1000-
«Materiallar», 6710 «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitob», 
6500 «Sug’urta va davlat maqsadli fondiga to’lash bo’yicha qarzlar hisobi» va 
6900 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600. 
2006 yil 15 yanvar sotib olingan uskunani ishlatishga berishni aks ettirish: Dt 
0130 - «Mashina va uskunalar" schyoti – 12531000, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni 
sotib olish" schyoti 12531000. 
Kreditdan foydalanish uchun foizlar to’lash harajatlari qarz kapitali xisobiga 
to’liq yoki qisman to’lab sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga 
kiritilmaydi.
Faraz qilaylik, "Oniks" AJ 2006 yil 15 yanvarda uskuna sotib olish bo’yicha 
kreditorlik qarzining qolgan qismini to’lash uchun Depozit bankdan har oyda 
foizlarni yillik 36 foiz stavka bo’yicha to’lash bo’yicha uch yil muddatga kredit 
oldi. Bunda kredit bo’yicha to’lanadigan foizlar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida 
2006 ychl 31 yanvarda quyidagi tarzda akg ettiriladi: Dt 9610 - «Foiz 


180 
ko’rinishdagi xarajatlar" schyoti- 126760, Kt 6920 - «O’tkazilgan foizlar" 
schyoti- 126760. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə