Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
5.
 
9. Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi 
26
Ўзбекистон Республикасининг "Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида"ги қонуннинг 9-моддаси. 1996 й


210 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan 
mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam 
aniqlashtirib borishdan iborat. 
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni 
aniq belgilash mumkin bo’lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi 
hujjatlar asosida to’g’ridan-to’g’ri qayta hisoblash yo’li bilan amalga oshirishi 
mumkin. 
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq 
qilmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi 
kerak. 
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor 
bo’lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub 
bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo’yicha 
buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi 
bo’yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo’mkin. Agar qayta baholanayotgan 
nomoddiy aktivlar guruhidan bo’lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga 
faol bozor bo’lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to’plangan 
amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga 
olinishi kerak. 
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol 
bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning 
balans qiymati to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor 
ma’lumotlari asosida so’nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo’lishi 
kerak. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida 
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko’ra quyidagilardan foydalanish mumkin: 


211 
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan 
yozma shaklda olingan o’xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to’g’risidagi 
malumotlar; 
b) qayta baholash o’tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi 
Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini 
qo’llash bilan erkin muomaladagi valutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi 
hujjat bo’lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar; 
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va 
boshqalarda e’lon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar; 
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi. 
Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati qayta baholanganda ularni 
qayta baholash o’tkazilgan kundagi to’plangan amortizatsiyasi nomoddiy 
aktivlarning boshlang’ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi 
amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o’tkaziladi. Qayta baholash 
indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymrtini uning boshlang’ich qiymatiga bo’lish 
orqali aniqlanadi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo’shimcha baholash summasi 
"Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali 
tarkibiga kiritiladi. 
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi 
oldingi hisobotdavrida o’tkazilgan mazkur obyektning baholashdan avvalgi 
summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi 
zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obyektni qo’shimcha baholash 
summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig’i boshqa operaiion 
xarajatlarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta 
baholash o’tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi. 


212 
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo’lgan uning balans 
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko’payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar» 
schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti. 
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga 
balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti. 
Mazkur nomoddiy aktiv bo’yicha avvalgi qayta baholashdagi ko’payishdan 
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion 
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi. 
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining 
ko’payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti, 
Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti. 
g) nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt 
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 - 
«Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti. 
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan 
Gudvill summasiga ega bo’lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash 
natijalari bo’yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi 
tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha 
tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə