Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

5.8. Nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi 
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi uchun ularning 
dastlabki qiymat asos bo’lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ana shu qiymat 
bo’yicha qabul qilinadi. 
Dastlabki qiymat — nomoddiy aktivlarni tashkil etish (ishlab chiqish) yoki 
sotib olish, to’langan va soliqlarga to’lanmaydiganlarni qo’shgan holda to’langan 
xarajatlar, shuningdek, uni vazifasi bo’yicha foydalanish uchun aktivni ish 
holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarning qiymati. 
Qoldiq qiymat — moliyaviy hisobotda aks etadigan nomoddiy aktivning 
dastlabki qiymati va amortizatsiya tufayli to’plangan summa o’rtasidagi farq 
sifatida belgilangan hajmi. 
Тo’lash uchun olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati quyidag’ i 
xarajatlardan shakllanishi mumkin: 
a) egalik huquqiga ega shaxsga shartnomaga muvofiq yon berishga 
huquqidan to’langan summa; 
b) ro’yxatga olish yig’imlari, davlat bojlari, patent bojlari va egalik qilish 
huquqiga ega shaxsning qat’iy huquqiga yon berish bilan bog’liq bo’lgan 
o’tkazilgan boshqa shunga o’xshash to’lovlar; 
v) bojxona bojlari va yig’imlar; 


202 
g) nomoddiy aktivlarning sotib olish bilan bog’liq soliqlar, yig’imlar va 
to’lovlar; 
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborotlar va maslahat 
xizmatlari uchun to’lanadigan summa; 
ye) nomoddiy aktivlarni sotib olishda ishtirok etgan vositachilarga to’langan 
haq; 
j) nomoddiy aktivlarni yetkazib berish tavakkalchiligining sug’urtasi bo’yicha 
xarajatlar; 
z) aktivlardan vazifasi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish 
bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to’lash, tayyorgarlik ko’rish, 
ro’yxatga olish va sotib olish bo’yicha shartnomalarni yopish bilan bog’liq 
xarajatlar, aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar 
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo’shilmaydi, balki o’sha hisobot 
davrida ular vujudga kelgan xarajatlar deb e’tirof etilishi kerak. 
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga to’lash paytida, agar shartnoma shartlarida 
uzaytirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, aniq xarajatlar 
buxgalteriya hisobiga kredit orlik qarzining dastlab etyrof etilgan summasi 
bo’yicha qabul qilinadi. 
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz ko’rinishidagi xarajatlarga to’liq yoki 
qarz kapitali hisobiga qisman to’lab sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki 
qiymati qo’shilmaydi. 
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) kompyuter dasturiga qat’iy huquqning dastlabki qiymatiga: Dt 0830 - 
«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish", Kt 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilarga to’lov schyoti" schyoti. 
b) vositachi uchun sarflash summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni 
xarid qilish", Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti. 


203 
v) yetkazib beruvchi va vositachi oldidagi qarzni undirish: Dt 6010 - «Mol 
yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lov schyoti", Dt 6990 - «Boshqa 
majburiyatlar" , Kt «Pul mablag’lari» schyoti. 
g) bitim to’lovi bo’yicha bank xizmati xarajatlari summasiga: Dt 9430 - 
«Boshqa operatsiyalar xarajati", Kt «Pul mablag’lari» schyoti. 
d) komputer dasturi taminotidan foydalanishga o’tkazish: Dt «Nomoddiy 
aktivlar», Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti. 
Chet el valutasida sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati 
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan tegishli xarajatlarni qo’shgan 
holda yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki kursi bo’yicha chet el valutasini hisoblash yo’li bilan so’mda 
belgilanadi. 
Misol. "Intellektual" MChJ O’zbekistonda doimiy vakolatxonasiga ega 
bo’lmagan chet el firmasidan O’zbekiston Respublikasi hududida komputer 
dasturini ko’paytirish va tarqatishga maxsus huquq oladi. Olingan maxsus 
huquqning qiymati 1000 AQSh dollarini tashkil etadi va bir yo’la to’lov bilan 
amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari bo’yicha nomoddiy aktivga egalik huquqi 
2005 yil 1 mayda xaridorga o’tadi, to’lov esa 2005 yil 30 - maygacha amalga 
oshirilishi kerak. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSh dollariga 
belgilangan kurs: 

nomoddiy aktivning yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanada — 1100 
so’m (1 AQSh dollari); 

nomoddiy aktiv bo’yicha qarzning to’lovi sanasida - 1115 so’m (1 AQSh 
dollari)ni tashkil etdi. 
Nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari 
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi: 


204 
a) nomoddiy aktivlar obyektlarini yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan 
sanada Markaziy bank kursi bo’yicha kirimni qayd: Dt 0830 

«Nomoddiy 
aktivlarni sotib olish", Kt 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lov 
schyoti" schyoti. 
b) Nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo’shiladigan QQS 
summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6410 - «Budjetga 
to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlar bo’yicha)" schyoti. 
v) yetkazib beruvchi oldidagi qarzni undirishda: Dt 9620 - «Valuta kurslari 
farqlaridan zarar" schyoti, Kt 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga 
to’lov schyoti" schyoti, Kt 5200 –“Chet el valutasida pul mablag’lari» schyoti. 
Korxonalarning o’zi tomonidan yaratilgan (tayyorlangan) nomoddiy 
aktivlarning 
dastlabki 
qiymati 
ilmiy-tadqiqot 
va 
tajriba-konstruktorlik 
ishlanmalariga aniq sarflangan summa sifatida belgilanadi.
24
Aktivlarni nomodliy sifatnla buxgalteriya hisobiga qabul qilishda bir yo’la 
quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
a) moddiy- mulkiy (jismoniy) mazmun (shakl)larning bo’lmasligi; 
b) o’lchamlilik va ma’nolilik; 
v) ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud korxonani uzoq muddat 
davomida, ya’ni 12 oydan ko’proq vaqt agar u foydali xizmat 12 oydan ko’proq 
muddatdan ortiq davrda oddiy operatsiya jarayonida boshqarish ehtiyoji va boshqa 
maqsadlarni bajarish paytida mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishligi; 
g) mazkur mulkni keyinchalik olib sotish niyatning yo’qligi; 
d) ishonchlilik, yani intellektual faoliyat natijasida korxonada qat’iy huquqni 
va aktivning mavjudligini tasdiqlovchi tuzilgan zarur hujjatlarning mavjudligi; 
e) korxonaning boshqa mol-mulkdan identifikatsiyalash imkoniyati, ya’ni u 
foydalaniladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish imkoniyati bo’lishligi. 
24
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 591сон билан рўйхатдан ўтказилган "Илмий-
тадқиқот ва тажриба-конструкторлик ишларига сарфлар" БҲМС. 1998 йил 28 декабр.


205 
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish davrida ularni ishlab chiqish uchun 
olingan kreditlar bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishlab chiqarilgan nomoddiy 
aktivlarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi. 
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari 
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi: 
a) ishlanmalar mualliflariga ish haqi hisoblandi: Dt 0830 - «Nomoddiy 
aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6710 - «Ish haqi bo’yicha xodimlarga haq 
to’lash" schyoti. 
b) ish haqi fondidan 24 % miqdorida yagona ijtimoiy to’lov hisoblandi: Dt 
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6520 - «Davlat maqsadli 
fondiga to’lovlar" schyoti. 
v) ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar bo’yicha eskirish qo’shib 
yozildi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 0200 –“Asosiy 
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyot”. 
g) ishlanmalarni tegishli davlat organlarida ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq 
xarajatlarni aks ettirish: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt
«Тurli kreditorlar qarzini hisobga oluvchi» schyot.
d) intellektual faoliyat natijasida mutlaq huquqlarning dastlabki qiymati 
bo’yicha kirimni qayd etish; Dt 0400 - “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi» 
schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti. 
Korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobida olingan nomoddiy aktivlarning 
dastlabki qiymati, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha 
nazarda tutilmagan bo’lsa, ularning korxona ta’sischilari bilan kelishilgan pul 
bahosiga asosan belgilanadi. 
Mazkur xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks 
ettiriladi 
a) Тa’sischilari qarori bilan jamiyat ustaviga kiritilgan o’zgartishlar ro’yxatga 
olish organlarida ro’yxatga olingan kunda ustav kapitalini oshirish: Dt 4610 - 


206 
«Тa’sischilarning ustav kapitaliga kiritmalari bo’yicha qarzi" schyoti, Kt 8300 – 
«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schyot. 
b) ta’sischining ustav kapitaliga badal bo’yicha qarzi unga tegishli nomoddiy 
aktivni o’tkazish yo’li bilan qoplandi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" 
schyoti, Kt 4610 - «Тa’sischilarning ustav kapitaliga ulushi bo’yicha qarzi" 
schyoti. 
v) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlarni 
hisob oluvchi» schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti. 
Korxona tomonidan boshqa shaxslardan beg’araz va davlat subsidiyasi 
hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati joriy qiymat 
bo’yicha aniqlanadi va bu qiymat nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun faol 
bozorni, jumladan, ularni olishga bog’liq tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda 
aniqlangan taqdirda to’g’ri hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun 
faol bozor bo’lmasa, ularning boshlang’ich qiymati nominal qiymat yoki ularni 
tashkil etishdagi haqiqiy sarf summasi bo’yicha, shuningdek, nomoddiy aktivni 
maqsadli foydalanishga tayyor holatga keltirish bilan bog’liq sarflar bo’yicha 
belgilanadi. 
Тekinga olingan nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks 
ettiriladi: Dt 
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 8530 - 
«Тekinga olingan mulk" schyoti. 
b) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlar» 
schyoti, Kt 0830 “Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti. 
Qonun hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga 
almashtirib olingan nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymati berilgan nomoddiy 
aktivning qoldiq qiymatiga teng. 
Nomoddiy aktivlar qo’shimcha haq to’lab almashtirilganda, bir xil nomoddiy 
aktivlarni almashtirish hisobiga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich 
qiymati berilgan nomoddiy aktivlarning almashtirish paytida o’tkazilgan pul 


207 
mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko’paytirilgan qoldiq 
qiymatiga teng. 
O’xshash bo’lmagan nomoddiy aktivga almashtirish yo’li bilan olingan 
nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymati, qonun hujjatlarida ko’rsatilganidek, 
berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng bo’ladi. 
Nomoddiy aktivlar qo’shimcha haq to’lab almashtirilganda, bir xil bo’lmagan 
nomoddiy aktivlarga almashtirib sotib olingan nomoddiy aktivlarning 
boshlang’ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning almashtirish paytida 
o’tkazilgan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko’paytirilgan 
joriy qiymatiga teng. 
Qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda pulsiz vositalar bilan majburiyat 
bajarilishini nazarda tutgan shartnoma bo’yicha olingan nomoddiy aktivlarning 
boshlang’ich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo’lgan 
qimmatli buyumlarning joriy qiymati tushuniladi. Korxona tomonidan berilgan 
yoki berilishi lozim bo’lgan qimmatli buyumlarning joriy qiymatini korxona 
shunga o’xshash boyliklarning hozirgi qiymatini taqqoslaganda paydo bo’ladigan 
narxdan kelib chiqib belgilaydi. 
Korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo’lgan qimmatli 
buyumlarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati bo’lmasa, pulsiz vositalar bilan 
majburiyatni bajarishni nazarda tutuvchi shartnomalar bo’yicha korxona 
tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati o’xshash holatlarda shu kabi 
nomoddiy aktivlar sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. 
Umumiy summaga sotib olingan nomoddiy aktivlardan har birining 
boshlang’ich qiymati bu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga 
proporsional tarzda teng taqsimlash yo’li bilan belgilanadi. 
Korxonalarda qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda nomoddiy aktivlarni 
ayirboshlash yo’li bilan sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks 
etiriladi: 


208 
a) qo’shimcha haq to’lamasdan almashtirish yo’li bilan olingan nomoddiy 
aktivlar obektini uning qoldiq qiymati yoki o’xshash bo’lmagan nomoddiy 
aktivlarning joriy qiymati bo’yicha kirim qilishda: Dt «Nomoddiy 
aktivlar» 
schyotining turi bo’yicha schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" 
schyoti. 
b) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti bilan qo’shimcha haq to’lab 
ayirboshlash tariqasida olingan nomoddiy aktivlarning obyektini kirim daftarida 
qayd etishda: Dt «Nomoddiy aktivlar» turi bo’yicha schyoti -o’tkazilgan 
nomoddiy aktivning qoldiq qiymati, Dt «Pul mablag’lari yoki ularning 
ekvivalenti» schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti 
o’tkazilgan nomoddiy aktivning qoldiq yoki hozirgi qiymati bo’yicha; Kt 6990 - 
«Boshqa majburiyatlar" schyoti ayirboshlash paytida to’langan pul mablag’lari 
yoki ularning ekvivalenti summasiga. 
v) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini olish bilan ayirboshlangan 
nomoddiy aktivlar obyektini kirim daftarida qayd etishda: Dt «Nomoddiy aktivlar» 
aktivning turi bo’yicha schyoti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) 
qiymati va almashtirishda olingan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti 
summasi o’rtasidagi tafovut summasiga, Dt 
4890 - «Boshqa debitorlarning 
qarzi" schyoti ayirboshlash paytida olingan pul mablag’lari yoki ularning 
ekvivalentlari summasiga, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti 
berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati. 
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich 
qiymati 7-sonli BHMS ko’rsatilganlardan tashqari hollarda o’zgartirilishi mumkin 
emas.
25
25
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1485-сон билан рўйхатга олинган 7-сонли 
"Номоддий активлар" БҲМС. 2005 йил 27 июн


209 
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to’plangan 
amortizatsiya (qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang’ich 
qiymati bo’yicha yoxud qayta baholangan qiymat bo’yicha aks ettiriladi. 
Nomoddiy aktivni moliya hisobotida ifoda etishda qo’llanilgan uslub 
dastlabki e’tirofdan keyin korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda 
aks ettirilishi kerak. 
Nomoddiy aktivlar tashkil etilishi yoki korxonaga kelib tushishi va 
rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga yaroqli holatga keltirish ishlari 
tugatilishiga qarab qabul qilish dalolotnomasiga asosan nomoddiy aktivlar 
tarkibiga kiritilishi kerak. 
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni rasmiylashtirish 
uchun zarur bo’lgan boshlang’ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo’qligi 
sababli amaliyotda ko’pincha nomoddiy aktivlarning kelib tushishi va chiqib 
ketishi noto’g’ri rasmiylashtiriladi. Shuning uchun qonunning 9-moddasi va 
boshqa me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda nomoddiy aktivlar 
bo’yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug’iladi.
26
Yirik korxonalarda nomoddiy aktivlarni kirim daftariga qayd etish bilan 
bog’liq barcha operatsiyalar, odatda, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish 
bo’yicha majburiyat yuklangan doimiy harakatdagi komissiya ishtirokida amalga 
oshiriladi. Birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishning boshqa varianti muayyan 
nomoddiy aktivni qabul qilib olish bo’yicha alohida buyruq chiqarish bilan 
bog’liq. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə