Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 6. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
5. 6. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada 
ifodalangan asosiy vositalar obyektlarining boshlang’ich qiymati mazkur 
summani asosiy vositalarning alohida obyektining joriy qiymatiga mutanosib 
ravishda taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Bu yerda, nazarda tutiladiki, agar 
xo’jalik yurituvchi subyekti buxgameriya hisobida alohida ilentifikatsiyalanaligan 
asosiy vositalarning bir necha obyektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, 
bunday holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir 
obyektining kirim qilinishi lozim bo’lgan qiymati, yani boshlang’ich qiymati 
sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir 
obyektning bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini 
quyidagi -misolda ko’rib chiqamiz. 
4-misol. "Hamkor" MChJ 2006 yil 20 mayla "Operativ" AJdan mulkiy 
majmuani 250000 m.so’m bo’lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy 
majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli 
ichimliklarni quyish bo’yicha texnologik liniya. 2006 yil 25 mayda xarid bo’yicha 
barcha summa to’lab berildi. Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish, davlat boji 
to’lovi, brokerlik haqi bilan bog’liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga 
keltirish bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan 
mulkni baholash bo’yicha sarflar jami 50000 m.so’mni tashkil etdi. Baholovchi 
kompaniyaning xulosasiga ko’ra asosiy vositalarning har bir obyekti quyidagi 
21
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1334-сон билан рўйхатдан ўтказилган 
"Инвентаризация жараёнида аниқланган молмулк камомади ва ортиқчасининг бухгалтерия ҳисоби ва солиққа 
тортиш тартиби тўғрисидаги Низом". 2004 йил 06 апрел


192 
tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 160000 m.so’m, minorali inshoot 
120000 m.so’m, texnologik liniya 80000 m.so’m. 
Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar 
obyektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obyektlarining 
umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo’lali. Ular 
quyidagi ko’rinishga ega: 
Asosiy vositalar 
obyekti 
Bozor 
qiymati 
Bozor 
qiymatining 
ulushi 
Ulush hisob-
kitobi 
Ishlab chiqarish binosi 
160 000 
4/9 
160 000/360000 
Minorali inshoot 
120 000 
1/3 
120 000/360000 
Тexnologik liniya 
80 000 
2/9 
80 000/360 000 
Jami: 
360 000
Yuqorida keltirilgan mulkii majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga 
keltirish bilan bog’liq umumiy xarajatlar summasi 300 000 m.so’mga teng 
(250000+50000 m.so’m) bo’lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir 
obyektning boshlang’ich qiymati quyidagi ko’rinishga ega: 
Asosiy vositalar obyekti 
Boshlatic
h qiymat 
Bozor 
kiymatining 
ulushi 
Hisob-kitob 
Ishlab chiqarish binosi 
133 000 
4/9 
(4/9x300 000) 
Minorali qurilma 
100 000 
1/3 
(1/Zx300000) 
Тexnologik liniya 
67 000 
2/9 
(2/9x300 000) 
JAMI: 
300 000 
"Hamkor" MChJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan 
bog’liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali: 


193 
a) asosiy vositalar obyektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 
-"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so’m, Kt 6010 -"Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar" schyoti-250000 
m.so’m. 
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to’lash: Dt 6010 - «Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti-250000 
m.so’m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so’m. 
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish 
bilan bog’liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" 
schyoti- 50000 m.so’m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so’m. 
g) xarid qilingan asosiy vositalar obyektlarini kirim qilish (foydalanishga 
topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab 
chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so’m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va 
uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.so’m, Dt 0130 - 
«Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so’m, Kt 0820 - 
«Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so’m. 
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan 
so’ng asosiy vositalarning qiymati, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida 
va mazkur standartda belgilangan holatlardlan tashqari hollarda, o’zgartirilmasligi 
nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul 
qilingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatini o’zgartirishga qo’shimcha 
qurilish, qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik 
qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash 
holatlarida ruxsat etiladi. 
Qo’shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy 
vositalar obyektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va 
boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o’zgartirishlar natijasida kelib 
chiqadigan ishlar kiritiladi. Yani asosiy vositalar obyekti bilan bog’liq amalga 


194 
oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular 
asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan meyorlarini sezilarli ravishda 
oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obyektini dastlab balansga qabul qilishda 
belgilangan xizmat qilish meyori jiddiy tarzda uzaytirish yo’li bilan ularning 
holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. 
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik 
iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq asosiy vositalarning mavjud 
obyektlari qayta o’zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini 
oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini 
o’zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo’yicha amalga 
oshiriladi. Тexnik qayta qurollanish deyilganda ilg’or texnika va texnologiyalarni 
joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, manaviy 
jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda yemirilgan uskunalarni o’ta unumdor 
yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki 
ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bo’yicha 
kompleks tadbirlar tushuniladi. 
Yuqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obyektini qo’shimcha qurish, 
qo’shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta 
qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obyektining 
dastalabki qabul qilingan amal qilishi meyorining ko’rsatkichlarini oshishi sababli, 
ushbu xarajatlar mazkur obyektlarning boshlang’ich qiymatini oshiradi. 
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o’zgartirish mumkin 
bo’lgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta 
baholash deganda, asosiy vositalar obyektlarining qayti tiklash qiymatini bozor 
narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan 
aniqlashtirish tushuniladi. Хo’jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning 
boshlang’ich qiymati O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham 
qayta baholanishi mumkin. 


195 
Bunday vaziyatda asosiy vositalar qayta baholash natijasida buxgalteriya 
hisobi va hisobotida joriy qiymati bo’yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son 
BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga 
qadar bo’lgan holatga ko’ra amaldagi bozor narxlari bo’yicha qiymati yoki bitim 
tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog’liq bo’lmagan tomonlar o’rtasida bitim 
tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo’lgan 
summa tushuniladi. 
Asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan 
holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to’plangan eskirish summasi asosiy 
vositalar boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o’zgarish indekslariga 
nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan 
qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi 
bo’yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo’li bilan qayta baholanishi 
mumkin.
22
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo’lsa, 
asosiy vositalar obyektining qo’shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali 
tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib 
boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek 
arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar 
obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obyekt bo’yicha oldingi 
hisobot davrlarida o’tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo’lgan qo’shimcha 
oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - 
«Mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy 
vositalar obyekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu obekt 
22
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1192сон билан рўйхатдан ўтказилган "1 январь 
ҳолати бўйича асосий фондларни ҳар йили қайта баҳолашни ўтказиш тартиби тўғрисида»ги Низом. 2002 йил 4 
декабр


196 
bo’yicha qo’shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa 
operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi. 
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo’lgan holatida o’tkazilgan asosiy 
vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. 
Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot 
malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy 
hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri 
holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan 
to’g’ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo’yicha o’tkazilgan 
asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy 
davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə