Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 5. 5. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari va ularning chiqib 
ketishining buxgalteriya hisobi 
Asosiy vositalar obyektlarini ishchi holatda ushlab turish ularni tamirlash 
yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. 


188 
Joriy tamir — asosiy vositalar obyektini ishchi holatida ushlab turish 
maqsadida amalga oshiriladigan tamirlashdir. O’rta ta’mirda tamirlanadigan 
agregatni qisman ajratib yig’ish yoki detallar qismlarini qayta tiklash yoki 
almashtirish amalga oshiriladi. 
Uskuna va transport vositalarini kapital tamirlash agregatni to’liq ajratib 
yig’ish, bazaviy va korpus detallari va uzellarni ta’mirlash, barcha eskirgan 
detallar va uzellarni almashtirish yoki tiklash hamda agregatni yig’ish, sozlash va 
sinash amalga oshiriladigan tamirlashdir. 
Bino va inshootlarni kapital tamirlash — bazaviy va korpus detallari va 
uzellarini tamirlash, barcha eskirgan konstruksiyalarning detallari va uzellarini 
almashtirish yoki tiklash ishlari amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 
Obyektni ishchi holatida ushlab turish va undan foydalanishda kelgusidagi 
iqtisodiy manfaatning dastlab aniqlangan malum summasini olish maqsadida 
amalga oshirilgan xarajatlar ular tegishli bo’lgan hisobot davri xarajatlari tarkibiga 
olib boriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalarini ishchi holatida saqlab turish 
xarajatlari va ishlab chiqarish asosiy vositalarning barcha turdagi ta’mirlashini 
o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab 
chiqarish tannarxiga, mamuriy va ijtimoiy, madaniy vazifalarni amalga oshirish 
uchun mo’ljallangan asosiy vositalar obyektlari bo’yicha esa davr xarajatlari 
tarkibiga olib borilali. 
Zarur holatlarda, alohida sohalarning xo’jalik yurituvchi subyektlari 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan kapital tamirlash 
ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zaxiraini tashkil etishlari mumkin. Mazkur 
zaxira bo’yicha ajratmalar "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi 
tarkibida aks ettiriladi, u asosiy vositalarning har bir obyektini kapital 
ta’mirlanishdan o’tkazishning davriyligi va unga ketadigan xarajatlarning 
taxminiy baholangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. Zaxira bo’yicha 
ajratmalar meyori har bir hisobot davri oxirida qayta ko’rib chiqiladi va zarur 


189 
hollarda yangi moliyaviy yil uchun ajratmalar hajmi ko’paytirilishi yoki 
kamaytirilishi mumkin. Agar kapital tamirlash uchun zaxira qilingan mablag’lar 
summasi mazkur obektning tamirlashiga ketgan haqiqiy xarajatlardan oshib ketsa, 
ortiqcha summa tuzatib qo’yilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan 
mablag’lar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha summa "Ishlab chiqarish 
tusidagi boshqa xarajatlari" elementi tarkibida aks ettiriladi. 
Zaxiralarni hisoblash bo’yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar 
va to’lovlar zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
debeti bo’yicha aks ettiriladi. 
Zaxira qilingan mablag’lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy 
xarajat va to’lovlar, 8910 - «Kelgusilagi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari" 
schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti 
yozuvi orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi. 
U yoki bu zaxira bo’yicha summalarni tashkil etilishi va undan 
foydalanishning to’g’riligi smetalar, hisob-kitoblar va shunga o’xshaganlarning 
malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib boriladi va zarur hollarda ularga 
tuzatishlar kiritiladi. 
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar 
obyektining qiymati balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar 
korxona balansidan ularni: tugatishda; sotganda; almashtirilganda; tekinga 
berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoqmuddatli ijara 
shartnomasi bo’yicha berilganda; kamomad yoki yo’qotishlar aniqlanganda; 
qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida 
hisobdan chiqariladi. 
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo’lgan bir necha 
mustaqil obyektlar bo’lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir 
obyektning almashtirilishi alohida inventar obyektining chiqib ketishi yoki xarid 
qilinishi sifatida hisobga olinadi. 


190 
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang’ich 
qiymati va to’plangan amortizatsiyasi obyektning tugatilgan qismiga tegishli 
boshlang’ich qiymati va to’plangan amortizatsiya summasiga mos holda 
kamaytiriladi. 
Asosiy vositalar obyektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, 
asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning 
qoldiq qiymatini hamda asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq egri 
soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko’rilgan moliyaviy natijani 
aniqlashda, ilgari qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo’shimcha 
baholash summasining qoldig’i, ya’ni avvalgi qo’shimcha baholash 
summalarining asosiy vositalar ushbu obyektining avvalgi arzonlashtirilgan 
summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan 
daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash 
bo’yicha tuzatishlar" schyoti bo’yicha zaxira kapitali kamayadi. 
O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonuniga 
muvofiq, asosiy vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning 
saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona tomonidan asosiy vositalarning 
inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta, kutubxona 
fondlari bo’yicha esa besh yilda bir marta o’tkaziladi. 
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy 
standartiga muvofiq belgilangan tartibda o’tkaziladi.
20
Korxonalarda mulklarni 
inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va 
20
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 833 сон билан рўйхатдан ўтказилган 19-сонли 
"Инвентаризацияни ташкил этиш ва ўтказиш" Ўзбекистон Республикаси Бухгалтерия ҳисоби миллий 
стандарти.
1999 йил 2 ноябр


191 
ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi 
Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
21

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə