Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
5.7. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularning turlari 
Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi 
tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy 
standarti hisoblanadi.
23
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti, 
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga 
olish, balans qiymatining boshqa o’zgarishlarni hisobga olish va ularning so’nggi 
bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash, 
shuningdek korxonaning moliyavii hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo’yicha 
axborotlarni ochib berishdan iborat. 
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning 
mulk obyektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish 
yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomila mamuriy va boshqa 
23
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан рўйхатга олинган 7-сон "Номоддий активлар" 
Бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти. 2005 йил 27 июнда


197 
vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning 
Indentifikatsiya qilingan obyektlaridir. 
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo’jalik foydalanilgani va jismoniy 
mazmunga ega bo’lmaganini talab etadi. Jismoniy manoga ega bo’lmagan 
aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo’shgan va ular uzoq muddat davomida 
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar. 
Shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar. 
Agar: 

aktiv bilan bog’liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga 
ishonch mavjud bo’lsa; 

aktiv qiymati aniq hisoblangan bo’lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan 
olinali. 
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo’lgan taqdirda nomoddiy aktiv 
bilan bog’liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin: 

kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko’payishi 
aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish 
borasidagi niyati isbotlansa; 

yetarli resurslar mavjud bo’lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy 
foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi. 
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obyekt 
hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti bitta patent, guvohnoma
huquqiy yon berish shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar 
majmuidan iborat. Bir inventar obyekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi 
uning mahsulot ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni 
bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud korxonaning mamuriy yoki boshqa 
vazifalari bajarilishida foydalanishga xizmat qilishidan iborat, 


198 
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo’lgan nomoddiy aktivlarning 
obyekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy 
aktivlarning tarkibida aks etadi. 
Yuqorida qayd etnlgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obyektlarni 
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin: 

ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy 
huquqi; 

EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo’lgan mualliflik yoki boshqa 
qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi; 

integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo’lgan mualliflik yoki boshqa 
qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi; 

tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi
shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi; 

patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug’iga bo’lgan qat’iy huquqi; 

gudvill; 

tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yani yerosti va tabiiy muhitning 
boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar 
singarilardan foydalanish huquqi; 

mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni yer uchastkasi, binolar va 
boshqalardan foydalanish huquqi; 

boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va 
xizmat ko’rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo’lgan 
huquq). 
Shu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat 
egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi 
shaxsga berilishi mumkin bo’lgan mulkiy huquqdir. 


199 
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan 
olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi. 
Shuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi 
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo’lgan malakasi va 
qobiliyati qo’shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o’z egalaridan ajralmaydigan 
xususiyat bo’lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin. 
Nomoddiy aktivlarning eng ko’p tarqalgan ko’rinishlari litsenziyalar
patentlar, mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import 
kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va 
boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subyektlar faoliyatida ko’proq 
uchraydigan ba’zi ko’rinishlarning tavsiflari keltiriladi. 
Patent — u yuridik tomondan ro’yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq. 
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent 
tatbiq etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, 
ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi. 
Sanoat dizaynini ro’yxatta olish. Sanoat dizaynini ro’yxatga olish patentning 
ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan 
qo’llanilishiga o’xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini 
ro’yxatga olish mahsulotning tashqi ko’rinishini himoya qiladi. Masalan, 
komputer terminalining yangi dizayni dizaynni ro’yxatga olish tomonidan himoya 
qilinadi, yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi. 
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy 
san’at kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik 
huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o’z ishlarini nashr qilish, 
qayta nashr qilish va ko’paytirish, o’z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro 
etish va yozish huquqi beriladi. 
Savlo markalari va savlo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle", 
"Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot 


200 
yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. 
Ular egalik qilishni asoslash uchun ro’yxatdan o’tkazilishi mumkin. Bunday 
holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar 
yuridik tomondan himoyalangan bo’ladi. 
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko’rinishdan juda 
yaxshi foydalanishga bo’lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan 
foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko’rsatish huquqini olish uchun hukumat 
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish 
huquqini olish uchun xo’jalik subyektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi 
har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz 
(foydalanish huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subyekt) va franchayzlar (mazkur 
imtiyozni oluvchi subyektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi. 
Тashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar. 
Тashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro’yxatga olishga to’g’ridan-to’g’ri mansub 
bo’ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. 
Тashkiliy xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda 
keltiradigan dalillar asos bo’lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy 
xarajatlarning 
barcha 
yig’indisi 
faoliyatning 
foyda 
bilan 
xarajatga 
nomutanosiblikka olib keladigan moliyaviy natijalarga kiritiladi. 
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo’ladi: ular uzoq 
muddatli bo’nak to’lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin 
bo’lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi. 
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo’yicha tasniflanishi mumkin: 
egalik qilish tavsifi bo’yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar, 
patentlar, dasturiy ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan, 
tashkiliy xarajatlar va gudvill. 


201 
Identifikatsiyalash bo’yicha: a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi 
nomoddiy aktivlar firmaning aktivlarilan alohila tenglashtirilishi mumkin, 
masalan, litsenziyalar, savdo markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar; 
b) 
alohila identifikatsiyalanmayliganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar 
alohida identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning siymati firmaning 
boshqa aktivlari bilan o’zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning 
ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil. 
 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə