Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

Masalan:
Kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning 
foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so’m, foydali 
xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan 


183 
qiymatning 20 % ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000) so’mni 
tashkil etadi. 
Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash 
(ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli 
asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga 
asoslanadi. Mazkur usul bo’yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab 
chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy 
baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish 
hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar 
miqdori, bosib o’tilgan tonnakilometr miqdori va shunga o’xshaganlar ishlab 
chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya 
ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) 
hajmining tabiiy ko’rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish 
qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu 
asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab 
chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga 
bo’lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi. 
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-
texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko’rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi 
amortizatsiyani tezlashtirish yo’li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita 
usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib 
boruvchi qoldiq usuli va yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul). 
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli 
bo’yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan 
qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo’yicha amortizatsiyani bir tekisda (to’g’ri 
chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya meyori ikki 
karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq 


184 
qiymatiga ko’paytirilali. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib 
boruvchi qoldiq usuli bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan 
tugatish qiymati boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatilan chegirib tashlanmaydi. 
Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida 
yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obyektining hisobot yili 
boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obyektning foydali xizmat muddatidan kelib 
chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan 
holda aniqlanadi. 
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga 
teng edi. Mos holatda, to’g’ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya meyori 20 % 
(100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya meyori bilan kamayib 
boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya meyori 40 % (2 x 20%) ga teng bo’ladi. 
Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga 
nisbatan ishlatiladi. 
5.1-jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari 
Amortizatsiy
a ajratmalari 
davri 
Boshlang’ich 
(qayta tiklash) 
qiymat 
Amortizatsiyaning yillik 
summasi 
Тo’plangan 
amortizatsi
ya 
Қолдиқ 
qiymati 
1-yil oxiri 
1 100 000 
40% x 1100000= 440000 
440 000 
660 000 
2-yil oxiri 
1 100 000 
40% x 660000= 264 000 
704 000 
396 000 
3-yil oxiri 
1 100000 
40% x 396000=158 400 
862 400 
237 600 
4-yil oxiri 
1 100000 
40% x 237600=95 040 
957440 
142 560 
5-yil oxiri 
1 100 000 
(40%x 142560=57024 
«nazorat maqsadida") 
1000000-57440= 42560 
1000 000 100 000 


185 
Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun 
amortizatsiya me’yori amortizatsiya muldatining oxirigacha qoladigan 
amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush, 
amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to’liq yillar raqami (soni)ni 
amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig’indisiga 
bo’lish orqali aniqlanali. 
Yillar yig’indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari 
summasi asosiy vositalar obеktining tugatish qiymati chеgirib tashlangan 
boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob'еktning foydali xizmat 
muddati yillari yig’indisi va suratida obеktning foydali xizmat muddati oxirigacha 
qolayotgan yil soni (raqami) bo’lgan nisbatdan kеlib chiqib aniqlanadi. 
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega 
edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig’indisi 15 (kumulyativ son)ni 
tashkil etadi. 
5.2-jadval
Kompyuter bo’yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya 
ajratmalari davri 
Amortizatsnya 
kilingan kiymat 
Amortizatsiyaning yillik 
summasi 
Тo’plangan 
amortizatsiya 
1-yil oxiri 
1000 000 
(5/15x1000000)= 
333333,3 
333333,3 
2-yil oxiri 
1 000 000 
(4/15x1000000)= 
266666,7 
600000,0 
3-yil oxiri 
1 000 000 
(3/15x1000000)= 
200000,0 
800000,5 
4-yil oxiri 
1000 000 
(2/15x1000000)= 
133333,3 
933333,3 
5-yil oxiri 
1000 000 
(1/15x1000000)= 66666,7 
1000000,0 
Keyinchalik 
har 
bir 
kasrni 
1000000 
so’mga 
teng 
bo’lgan 
amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirish yo’li bilan har yilgi amortizatsiya 
summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15. 
Soliq solish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy 
vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik 
amortizatsiya meyori belgilangan bo’lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi. 


186 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə