Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf 
etish bo‘yicha 2009—2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga
qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. 


168 
Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo‘limlari — belgilangan 
kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifani hal etishga qaratilgan. 
Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni 
yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy 
etish. Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga 
yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir. 
Bu o‘rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan tarmoq 
dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo‘yilmoqda. O‘z navbatida, 
bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqyega ega 
bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi. 
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini 
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 
Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy 
qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan qariyb 300 ta investitsiya 
loyihasi ustida ishlamoqdamiz. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari — 18,5 
milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik 
qayta jihozlash bo‘yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi.
18
Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida 
markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o’laroq, asosiy 
vositalarning yangi obektlari paydo bo’ladi va hisobga olinadi. Ularga qono’n 
hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham 
kiradi. 
Yuqorida ko’rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning 
yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish 
18
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009. 


169 
uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv 
jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi. 
Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong’indan 
saqlash, ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday 
qurilmalar bino bilan birga bir inventar obyekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy 
binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat
pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni 
bajarishga mo’ljallangan va o’zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan 
predmetlarning alohida kompleksi ham o’z navbatida invetar obekti bo’lishi 
mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga 
kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o’z vazifasini kompleks 
tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo’lgan bitta 
yoki turli vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq 
bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti 
bo’lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar 
obekti sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, faraz qilaylik, 
foydali xizmat muddati 40 yilga m o’ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega 
bo’lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan 
kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong’indan saqlash tizimi 
montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy 
vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə