Moliyaviy va boshqaruv hisobi


-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

5-BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
5.1. Asosiy vositalar to’g’risida tushuncha 
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish 
maqsadida yoxud xo’jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy 
va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy 
aktivlardir. 
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil 
etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko’rsatish 
uchun katta ahamiyatga ega. 
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: 
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch 
bo’lsa; 
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo’lsa, aktiv sifatida tan olinadi. 
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos 
kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida 
kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona 
kelgusida olingan aktivga ega bo’lish, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq 
barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega 
bo’lish bilan bog’liq barcha tavakkallikni o’z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu 
iqtisodiy foydani olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan 
bog’liq iqtisodiy foyda ko’rishi va o’z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni 
yuklashi bo’yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va 
tavakkalchilik butunlay korxonaga o’tgandagina mavjud bo’ladi. Ungacha aktivni 
sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo’qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin
shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi 
sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki 


167 
aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish opera iiyasi natijasida uning 
qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar aktiv xo’jalik subyektining o’z kuchi 
bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan 
materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi 
boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy 
akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan: 
a) bir yildan ko’proq xizmat muddati; 
b) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik 
baravari miqdoridan ko’proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun. 
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi 
uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega. 
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam 
miqdorini belgilashda xo’jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona 
ko’lami hamda korxonaning xo’jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi 
mumkin. 
Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar 
asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo’yilgan: a) maxsus asbob va 
qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; 
I) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-
dasturxonlari;) qurilish bo’yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga 
kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir 
yildan kam bo’lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə