Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
3.7. Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish 
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo 
bo’lib hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy buxgalteriya 
operatsiyalari bo’lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib 
olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o’lchash va ularni hisobotiga ta’sir 
qiluvchi asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan 
olish tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya 
hisobi Milliy andazasining 2-soniga binoan xo’jalik yurituvchi subyektga 
daromadlarning kelib tushish ehtimoli bo’lsa, ular alohida aks ettiriladi. 
Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga 
keladi: korxonaning o’zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro 
varaqalariga asosan pul undiriladigan bo’lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi
turar joy bo’lmagan xonalarni ijara haqlari bo’yicha; mehnat jamoasi a’zolarining 


124 
buyrug’i bilan Хalq banki va boshqa joylarga pul o’tkazish bo’yicha. Da’volar va 
korxonaga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo’yicha hisob-kitoblar 4860 
«Da’volar bo’yicha oliga doir schyotlar», 4730 «Хodimlarning moddiy zararni 
qoplash bo’yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ 
lizinglar bo’yicha olinadigan to’lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va 
gonorar bo’yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy 
qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Тurli debitorlar 
qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 
4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi. 
Korxonaning turli kreditorlardan bo’lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan 
va operativ lizinglari bo’yicha to’lanadigan summalar, to’lanadigan foizlar, royalti 
va gonorarlar bo’yicha qarzlar, da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar, hisobdor 
shaxslardan bo’lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday 
operatsiyalarning hisobi 6900 – «Тurli kreditorlarga bo’lgan majburiyatlarni 
hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 
6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi. 
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar 
bo’yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo’yicha ham 
shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo’yicha 
jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari 
korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 
4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo’yicha 8 – jurnal-
orderga yozib qo’yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo’yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda 
ko’rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo’yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 
6100, 6400 – schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob birga ko’rsatiladi. 


125 
Хodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo’shayotgan 
hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga 
chiqish, ishdan bo’shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan 
kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to’lovlar hisoblashish davri orasidagi 
to’lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va 
undan ortiq xodimlar bo’lsa) to’lov qaydnomalariga asosan beriladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə