Moliyaviy va boshqaruv hisobi



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

3.5.
 
Hisobdor shaxslar bilan bo’ladigan hisob-kitoblar hisobi 
Hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar mayda xo’jalik xarajatlarini va xizmat 
safar xarajatlarini to’lashda sodir bo’ladi. Demak, hisobdor shaxslar – kelgusi 
ma’muriy-xo’jalik va safar xarajatlari uchun pul mablag’larini oldindan olgan 
xodimlardir. Hisobdor shaxs sifatida kassadan naqd pul oladigan xodimlarning 
ro’yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Beriladigan pul miqdori 
cheklangan: xo’jalik ehtig’jlari uchun beriladigan naqd pul korxona smetasida 
nazarda tutiladi; safar xarajatlari uchun beriladigan pul safar muddati va boradigan 
joyiga bog’liq. Safar xarajatiga pul berishda yo’lkira (ikki tomonga), sutkalik va 
yotoq (turar joy ijarasi) xarajatlari hisoblab chiqiladi. 
Хizmat safari davrida xodimning asosiy ish joyidagi ish haqisi saqlanadi. 
Safar uchun hisobdor shaxsga pul berish rahbarning buyrug’i va safar 
guvohnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan pul hisoblab chiqilgandan so’ng 
buxgalteriya tomonidan kassa chiqim orderi rasmiylashtiriladi. 
Belgilangan me’yor doirasida yoki undan ortiq qilingan safar xarajatlari, 
maqsadli tayinlanishiga qarab, yoki ishlab chiqarish xarajatlariga, yoki davr 


112 
xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga 
o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv 
xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.
14
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda 
tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani 
ko’paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so’ng uch kun ichida hisobdor 
shaxs qilingan xarajatlar to’g’risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan 
xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans 
hisobotiga ilova qiladi. 
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo’lim boshliqlari qilingan 
xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi 
aniqlangandan so’ng avans hisoboti korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi va 
tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan 
summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim 
orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi 
bilan beriladi. 
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo’lib, birovga 
berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo’yicha qarzi bo’lmagan 
holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti 
topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa, 
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan 
ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me’yordan ortiqcha 
qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo’shib daromad 
solig’iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’g’ri 
eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi. 
Хizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo’lgan hollarda, korxona rahbari
isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to’lashga ruxsat berish 
14
«Харажатлар таркиби тўғрисида»ги Низомнинг 1.5.2 ва 2.2.12.- моддалари. 


113 
huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va 
safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida 
saqlanadi. Safardan qaytgandan so’ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar 
guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to’g’risida 
hisobot topshirilmaydi. 
Safar muddati korxona rahbarining buyrug’i bilan aniqlanadi, safarda bo’lgan 
haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan 
tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to’g’risidagi belgi bilan aniqlanadi. 
Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to’liq kun hisoblanadi. 
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnali 
yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 - 
«Хizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv 
schyot bo’lib, debet qoldig’i hisobdor shaxsining korxonadan bo’lgan qarzini 
ko’rsatadi. Bu schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans 
summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim 
kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi. 
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo’nak summasidan ortiqcha xarajat 
qilgan bo’lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar 
summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu 
ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970 schyoti 
debetlanib, 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu 
jurnal-order kombinlashgan registr bo’lib, bir qatorga yozish yo’li bilan sintetik va 
analitik hisobni o’zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga 
berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning 
avans hisoboti bo’yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan 
summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi. 
Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog’lanuvchi schyotlarni 


114 
qo’ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo’lib 
hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo’yicha – kassa chiqim orderi
sarflangan summa bo’yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan 
summa bo’yicha – kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini 
qaytarish bo’yicha – kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning 
shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to’liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab 
chiqilishi kerak. 
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug’illansa, xorijiy safar 
bo’yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug’iladi. Хorijiy safar xarajatlari 
uchun pul O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan 
me’yor bo’yicha to’lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli 
tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga 
(2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan 
asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-
schyot) o’tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so’m ekvivalentida 
yoziladi. Ҳisobdor shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620 
yoki 9540 - schyotlarga o’tkaziladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə