Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Balansning tuzilishi va uning moddalari



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/140
tarix29.11.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#142540
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi (1)

 
2.2.Balansning tuzilishi va uning moddalari 
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda 
ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 
dekabrdan 140-sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari 
tasdiqlangan. Quyida ushbu tasdiqlangan balans shaklini keltiramiz 
Ko’rsatkichlar nomi 
Satr 
kodi 
Hisobot 
yili 
Hisobot 
yili oxiriga 
Aktiv 


74 
boshiga 
I. Uzoq muddatli aktivlar 
Asosiy vositalar: 
Boshlang’ich (qayta tikpash) qiymati (0100, 
0300) 
010 
Amortizatsiya (0200) 
011 
Qoldiq qiymat (010 - 011) 
012 
Nomoddiy aktivlar: 
Boshlang’ich qiymati (0400) 
020 
Amortizatsiya summasi (0500) 
021 
Qoldiq qiymat (020-021) 
022 
Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr. 
040+050 +060+070+080), shu jumladan: 
030 
Qimmatli qog’ozlar (0610) 
040 
Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar 
(0620) 
050 
Qaram 
xo’jalikjamiyatlariga investitsiyalar 
(0630) 
060 
Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga 
investitsiyalar (0640) 
070 
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690) 
080 
O’rnatiladigan asbob-uskunalar (0700) 
090 
Kapital ko’yilmalar (0800) 
100 
Uzoq 
muddatli 
debitorlik 
qarzlari 
(0910,0920,0930,0940) 
110 
shundan: muddati o’tgan 
111 
Uzoq 
muddatli 
kechiktirilgan 
xarajatlar 120 


75 
(0950,0960,0990) 
I bo’lim bo’yicha jami
(satr. 012+022+030+090+100+110+120) 
130 
II. Joriy aktivlar 
Тovar-moddiy 
zaxirapari, 
jami 
(satr. 
150+160+170+180), shu jumladan: 
140 
Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500, 
1600) 
150 
Тugaplanmagan ishlab chiqarish
(2000, 2100, 2300, 2700) 
160 
Тayyor mahsulot (2800) 
170 
Тovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi) 
180 
Kelgusidavr sarflari (3100) 
190 
Kechiktirilgan xarajatlar (3200) 
200 
Debitorlar, jami (satr. 220+230+240+250+260 
+270+280+290+300+310) 
210 
shundan: muddati o’tgan 
211 
Хaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 
4900 ning ayirmasi) 
220 
Ajratilgan bo’linmalarning qarzi (4110) 
230 
Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning qarzi 
(4120) 
240 
Хodimlarga berilgan bo’naklar (4200) 
250 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
berilgan bo’naklar (4300) 
260 
Budjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak 
to’lovlari (4400) 
270 


76 
Maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar 
bo’yicha bo’nak to’lovlari (4500) 
280 
Тa’sirchilarning ustav kapitaliga ulushlar 
bo’yicha qarzi (4600) 
290 
Хodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha 
qarzi (4700) 
300 
Boshqa debitorlik qarzlari (4800) 
310 
Pul mablag’lari, jami (satr. 330+340+350+360), 
shu jumladan: 
320 
Kassadagi pul mablag’lari (5000) 
330 
Hisoblashish 
schyotidagi pul mablag’lari 
(5100) 
340 
Chet el valutasidagi pul mablag’lari (5200) 
350 
Boshqa pul mablag’lari va ekvivalentlari 
(5500,5600,5700) 
360 
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800) 
370 
Boshqa joriy aktivlar (5900) 
380 
II bo’lim bo’yicha jami
(satr. 140+190+200+210 +320+370+380) 
390 
Balans aktivi bo’yicha jami (satr. 130+390) 
400 
Ko’rsatkichlar nomi 
Satr 
kodi 
Hisobot 
yili 
boshiga 
Hisobot 
yili oxiriga 
P a s s i v 
I. O’z mablag’lari manbalari 
Ustav kapitali (8300) 
410 
Qo’shilgan kapital (8400) 
420 


77 
Zaxira kapitali (8500) 
430 
Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600) 
440 
Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) 
450 
Maqsadli tushumlar (8800) 
460 
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun 
zaxiralar (8900) 
470 
1 bo’lim bo’yicha jami
(satr. 410+420+430-440+450 +460+470) 
480 
II. Majburiyatlar 
Uzoq muddatli majburiyatlar, jami
(satr. 
500+510 
+520+540+550+560+570+580+590) 
490 
Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik 
qarzlari (satr. 500+520+540+560+590) 
491 
Shundan: muddati o’tgan uzoq muddatli 
kreditorlik qarzlari 
492 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
uzoq muddatli qarz (7000) 
500 
Ajratilgan bo’linmalarga uzoq muddatli qarz 
(7110) 
510 
Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga uzoq 
muddatli qarz (7120) 
520 
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar 
(7210, 7220, 7130) 
530 
Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq 
muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240) 
540 
Boshqa 
uzoq 
muddatli 
kechiktirilgan 550 


78 
majburiyatlar (7250, 7290) 
Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan 
bo’naklar (7300) 
560 
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810) 
570 
Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840) 
580 
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar 
(7900) 
590 
Joriy 
majburiyatlar, 
jami 
(satr. 
610+630+640+650 
+660+670+680+690+700+710+720+730+740+
750+760) 
600 
Shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr. 
610+630+650+670+680+690+700+710+720+7
60) 
601 
Shundan: muddati o’tgan joriy kreditorlik 
qarzlari 
602 
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
qarz (6000) 
610 
Ajratilgan bo’linmalarga qarz (6110) 
620 
Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga qarz 
(6120) 
630 
Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230) 640 
Soliq 
va 
majburiy 
to’lovlar 
bo’yicha 
kechiktirilgan majburiyatlar (6240) 
650 
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250, 
6290) 
660 
Olingan bo’naklar (6300) 
670 


79 
Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (6400) 
680 
Sug’urtalar bo’yicha qarz (6510) 
690 
Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar 
bo’yicha qarz (6520 
700 
Тa’sischilarga bo’lgan qarzlar (6600) 
710 
Mehnatga haq bo’lash bo’yicha qarz (6700) 
720 
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810) 
730 
Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840) 
740 
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi 
(6950) 
750 
Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 
6900) 
760 
II bo’lim bo’yicha jami (satr. 490+600) 
770 
Balans passivi bo’yicha jami (satr. 480+770) 
780 
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning 
ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi 
moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi 
sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi 
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko’rsatadi. 
«Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib 
tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi. 
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat 
vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va 
asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish 
zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», 
«Yordamchi materiallar», «Yoqilg’i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish 


80 
zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab 
chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha 
yetkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor 
mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo’ljallangan 
buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda 
korxona ixtiyoridagi pul mablag’larining summasi ko’rsatiladi. «Mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari» 
va hokazo moddalarida esa boshqa xo’jalik yuritish subyektlarning ushbu 
korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Хaridorlar») va boshqa 
operatsiyalar bo’yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi. 
Ko’rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo’lib, ularning mazmuni ko’p 
tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu 
moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga 
qarab aniqlab olish doim ham oson bo’lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning 
mazmunini aniq ko’z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini 
yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko’rsatilgan 
korxona mablag’larining manbaini aks ettiradi. 
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning 
yaratilish paytida shakllantirilgan mablag’lar miqdoridan iborat. Bunda 
korxonaning o’z mablag’larining umumiy summasi ko’rsatiladi va bu manbadan 
berilgan mablag’larning o’zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan 
bo’ladi. 
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning 
faoliyat ko’rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo’lgan vaqt ichida 
jamg’arilgan foyda summasini aks ettiradi. 
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo’lgan uzoq 
muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko’rsatilgan summa korxona tomonidan 
olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi 


81 
kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo’lgan pul mablag’larining 
miqdorini ko’rsatadi, deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi, chunki bank tomonidan kredit 
ko’rinishida beriladigan pul mablag’lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga 
yozib qo’yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo’lgan qarzni uzish uchun 
o’tkaziladi. Demak, bu mablag’ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi. 
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» 
qatorida keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-
olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko’rsatadi. 
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va 
xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. 
Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va 
xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to’lanishi kerak bo’lgan ish xaqi summasi 
qancha ekanligini ko’rsatadi. 
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi 
undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to’lash bo’yicha 
majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning 
miqdorini aks ettiradi. Тo’lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin
korxona o’z balansining passivida shu modda bo’yicha uning summasini 
ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi: 
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; 
ajralish balansi; qo’shilish balansi; sanatsiya balansi. 
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari 
asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar 
mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jaliklar o’z 
shaklini o’zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o’tkazish 
yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; 
bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi. 
3. Axborot hajmi bo’yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks 


82 
ettiradi; yig’ma balans - barcha korxonalar mablag’larining umumiy holatini aks 
ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi; konsolidallashgan 
balans. 
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat 
turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans; asosiy bo’lmagan balans - korxonaning 
boshqa faoliyat turlari bo’yicha tuziladigan balans. 
5. Mulk shakli bo’yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari 
balansi; munitsipal balansi; qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar 
balansi. 
6. Aks ettirish obyekti bo’yicha: huquqiy shaxs bo’lgan korxonaning 
mustaqil balansi; alohida balans. 
7. Тozalanish usuli bo’yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi 
moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi 
moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-
balansi qo’llaniladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə