Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Vaqt omilini hisobga olgan holda loyihalar iqtisodiy rentabelligini aniqlash



Yüklə 11,19 Mb.
səhifə296/316
tarix22.03.2024
ölçüsü11,19 Mb.
#180553
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   316
642a946f5e25f (1)

Vaqt omilini hisobga olgan holda loyihalar iqtisodiy rentabelligini aniqlash






«A» loyiha

«B» loyiha

Diskont- lashti-
rilguncha

Diskontlash- tirilgandan so‘ng

Diskont- lashti-
rilguncha

Diskontlash- tirilgandan so‘ng

1.Investitsiyala
r, ming so‘m

600

600

650

650

3.Tushum, ming so‘m 1-yil
2-yil 3-yil 4-yil 5-yil

270
200
120
90
70

270:(1+0.1)=245.5
200:(1+0.1)=165.3
120:(1+0.1)=90.2
90:(1+0.1)=61.5
70:(1+0.1)=43.8

400
350
100
50
0

400:(1+0.1)=363.6
350:(1+0.1)=289.3
100:(1=0.1)=75.2
50:(1+0.1)=34.2
0

Jami tushum,
ming so‘m

750

606.3

900

762.3

3. Foyda, ming
so‘m

150

606.3-600.0=6.3

250

762.3-650.0=112.3

4. Diskontlashtirilgandan so‘ng loyihaning iqtisodiy
rentabelligi 6.3*100%:600=1.05%

112.3*100%:650=17.3



Ana shu mezonlar to‘plamidan foydalanib va ularni bir-birlari bilan bir necha variantlarda kombinatsiyalashtirib moliyaviy menejer u yoki bu loyihaning foydasiga o‘z tanlovini e’lon qilishi mumkin. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, u tomonidan qaysi variantni tanlanishi ko‘p jihatdan korxona uchun shu kunda eng asosiy bo‘lgan mezonni subyektiv ravishda tanlash bilan bog‘liq. Agar moliyaviy menejerning


fikricha, korxonaning strategiyasiga kamtarona, lekin uzoq muddat davomida barqaror tushumga ega bo‘lish to‘g‘ri kelsa, u holda «A» lo- yihani tanlaydi. Aksincha, korxona uchun asosiy mezon loyihaning foydaliligi bo‘lsa, moliyaviy menejer, albatta, «B» loyihani tanlashi turgan gap.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, investitsion portfelni shakllantirishda faqat eng yuqori foydali va eng past riskli loyihalarnigina tanlashga e’tibor berib qolmasdan, balki korxonaning strategik liniyasiga eng yaxshi mos keluvchi loyihaga ham alohida e’tibor berilmog‘i kerak.
    1. Ishlab chiqarish investitsiyasi tahlili


Mablag‘lardan foydalanishda ishlab chiqarish yo‘nalishi ham korxona, ham jamiyat uchun ma’qulroq bo‘lar edi. Chunki ishlab chiqarishda aniq turdagi mahsulot (ish, xizmat) yaratilib iqtisodiy qiymat bilan birgalikda iste’mol qiymati hosil qilinadi. Bahosi hamda iste’mol qiymati va uning sifati xaridor talabini qondirsa, mazkur turdagi mahsulot (ish,xizmat) ishlab chiqarish davomiyligi oshadi. Demak, mablag‘ aylanishi ta’minlanadi. Eng asosiysi investorlar sarflagan mablag‘idan ko‘zda tutilgan samara oladilar. Dastlabki saxifalarda investorlar o‘z mablag‘larini asoslangan loyihalarga ko‘ra aniq yo‘nalishga sarflash variantlarini muqobillik tarzida tanlab olishni ko‘rib chiqdik. Endigi masala agar investor ishlab chiqarish yo‘nalishiga sarflangan mablag‘larini joriy davrdagi va joriy davr yakunlangan holati hamda ularning yillar bo‘yicha dinamikasini belgilangan rejaga muvofiq, bozordagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holdagi ahvolini tahlil qilib, ularni umumlashgtirib, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyatini o‘rganamiz. Bu bilan faoliyat yo‘nalishidagi kamchiliklarni bartaraf etib, yanada samarali bo‘lgan imkoniyatlarni topib, ularni joriy qilishga erishiladi.


Investitsion faoliyatini tahlil qilish, avvalo, ta’minot rejasini bajarishni o‘rganishdan boshlanadi. Bu jarayonda rejada belgilangan asosiy va aylanma aktivlar (ularning turi bo‘yicha)ni kelib tushishi yoki ishlab chiqarishga berilishi holati, reja va haqiqiy ma’lumotlarni taqqoslash yo‘li bilan ko‘riladi. Aniqlangan og‘ishishlar yoki kechikishlar sabablari aniqlanadi. Ular tufayli erishiladigan moliyaviy
natijaga ko‘rsatilgan salbiy ta’sir miqdori o‘rganiladi, mas’uliyatli shaxslarga nisbatan tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur usuldagi tahlil tezkor yoki muayyan davrni qamrab olgan holda (masalan: choraklik, yillik) o‘tkazilishi mumkin. Albatta, tahlil natijasida olingan xulosalardan samarali foydalanish imkoniyati qo‘ldan boy berilmagan davrda mazkur tadbir o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi.
Mablag‘ aylanishining bevosita ishlab chiqarish bosqichida asosiy va aylanma aktivlarini haqiqiy miqdor va qiymat sarfi belgilangan reja bo‘yicha amalga oshirilishi tahlil etiladi. O‘zgarishlar sabablari o‘rganiladi.



    1. jadval

Yüklə 11,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   316




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə