Ms word, WinWord yoki Word



Yüklə 17,54 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü17,54 Kb.
#156470
Glavnaya 1


Microsoft Word (qisqacha MS WordWinWord yoki Word) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.
Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
Biroq 1985-yil Macintosh moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
1989-yil Windows ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi.

  • 1989 Windows 1.0

  • 1990 Windows 1.1

  • 1990 Windows 1.1a

  • 1991 Windows 2.0

  • 1993 Windows 6.0

  • 1995 Word 95 7.0

  • 1997 Word 97 8.0

  • 1998 Word 98 8.5

  1. 1999 Word 2000 9.0

  2. 2001 Word 2002 10.0

  3. 2003 Office Word 2003 11.0

  1. 2006 Office Word 2007 12.0

  2. 2010 Word 2010 14.0

  3. 2013 Word 2013 15.0

  4. 2015 Word 2016 16.0

  5. 2018 Word 2019 17.0

A2+B2-C2


AINDEKS B2 D58
Yüklə 17,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə