Mt1 Zamonaviy matematik tizimlar\



Yüklə 27,1 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü27,1 Kb.
#139425
1-mustaqil ish KMT


1-Mustaqil ta’lim uchun mavzular:

MT1

Zamonaviy matematik tizimlar\

MT2

Dinamik grafika

MT3

Insequence parametr bilan animatsiya

MT4

Mathcad dasturlash

Mustaqil ish A4 formatdagi qog’ozga qo’lda yoziladi va himoya qilinadi.


Zamonaviy matematik tizimlar
Bugungi kunda barcha sohalar kabi ta’lim jarayonida ham axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanish muhim masalalaridan biri bo‘lib, ta’lim jarayonini axborotlashtirish uni moddiy bazasini boyitish, o‘quv jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalari samarali foydalanish uchun kerakli zamonaviy dasturiy vositalar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. SHuning uchun ham ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish bo‘lib ta’lim muassasalarini innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim orqali intellektual mulkni tayyorlash va intellektual mulk tizimini innovatsion faoliyat ko‘rinishida amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Ta’lim tizimida ayniqsa matematika fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, ulardan asosiylari Excel dasturi hamda Maple matematik paketi hisob-lanadi. Bu dasturlar o‘zining keng imkoniyatliligi va foydalanishning oddiyligi bilan boshqa vositalardan farq qiladi. Excel dasturi matematika darslarida oddiy hisoblashlardan tartib murakkab hisoblashlarni bajarish, oddiy ifodalarni qiymatlarini hisob-lash, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarga doir masalalarni echish, funksiyalarning qiymatlar jadvali va grafigini hosil qilish, tenglama va tenglamalar sistemasini sonli va grafik usullarda echish kabi boshqa imkoniyatlarni yaratadi. Umumta’lim maktablarida matematika fanlarini o‘qitishda Excel dasturidan foydalanish bir tomondan fanlararo integratsiyani amalga oshirsa, boshqa tomondan mavzularni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim darajasini, faolligini va ularni darsga bo‘lgan qiziqishini hamda darsning ko‘rgazmaligini oshiradi. Maple muhitida matematik formula va ifodalarni analitik almash-tirishlarni o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarga ifodalarni soddalashtirish, qisqartirish, ko‘paytuvchilarga ajratish, qavslarni ochish, ratsional kasrlarni normal ko‘rinishga keltirish va hokazo shunga o‘xshash ko‘plab ayniy almashtirishga doir amallarni keltirish mumkin. Maple muhitining ushbu imkoniyatlaridan umumta’lim maktablari-ning matematika darslarida ifodalarni ayniy almashtirishga doir mavzularni o‘tishda kengroq foydalanish mumkin. Bu esa o‘quvchilarni matematika darslarida ifodalarni soddalashtirish va qisqartirishga oid bilim va malakalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Matematika darslarini tashkil qilishda va yangi mavzularni bayon qilishda yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirishni ta’minlaydi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshiradi.
Dinamik grafika
Yüklə 27,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə