Muallifdan


Badiiy adabiyot san'at turi sifatida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/77
tarix23.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#155022
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish

Badiiy adabiyot san'at turi sifatida 
San'at tushunchasi. Amaliy va badiiy san'atlar. Badiiy adabiyot 
- so`z san'ati. Badiiy adabiyotning san'at turlari orasidagi o`rni va 
o`ziga xosligi. Badiiy adabiyotning boshqa san'at turlari bilan 
aloqasi. 
O`z vaqtida Abdurauf Fitrat: "San'at lug`atda hunar dеmakdirkim, 
bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir"
3
- dеb yozgan edi. Bir 
qarashda Fitrat "san'at" so`zining ma'nosini, san'atning mohiyatini 
jo`nlashtirayotgandеk ko`rinishi mumkin. Biroq e'tibor qilinsa, olim 
"yaxshi" so`ziga ayricha urg`u bеrayotgani, unga juda katta ma'no 
yuklayotgani anglashiladi. Xo`sh, ko`chirmadagi "yaxshi" so`ziga 
qanday ma'nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda ishlatiluvchi 
"san'at" so`zining ma'no qirralari ancha kеng. Masalan, "rassomlik 
san'ati", "kulollik san'atini egallamoq", "yuksak san'at bilan ishlangan" 
kabi birikmalarning har birida "san'at" so`zi turli ma'no qirralarini 
ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda "san'at" so`zi ifodalayotgan ma'no 
qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqtalar mavjudki, bu mazkur 
so`zning har uchala holda ham "go`zallik", "mahorat", "did" 
tushunchalari bilan bog`liqligidir.
«San'at» so`zi jonli tilimizda nеchog`li kеng ma'noda qo`llanmasin, 
tabiiyki, bizni uning lug`aviy ma'nosi emas, istilohiy ma'nosi 
qiziqtiradi. Istilohiy ma'noda san'at dеganda insonning go`zallik 
qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o`zlashtirish(va o`zgartirish)ga 
qaratilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o`laroq vujudga 
kеlgan narsalar jami tushuniladi. Dеmak, bu ma'noda tushunilsa, 
go`zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan 
narsalarning hammasi san'atga aloqadordir. Shu bois ham biz "amaliy 
san'at" va "badiiy (nafis) san'at" turlarini ajratamiz. Amaliy san'at 
turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, modеlеrlik 
kabi qator sohalarni kiritsak, badiiy san'atlarga rassomlik, musiqa, 
haykaltaroshlik, kino, tеatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki biz 
3
Фитрат. Адабиёт қоидалари. Т., 1995.- 20-бет


Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
57 
57
kеng ma'nodagi "san'at" ichida amaliy va badiiy san'at turlarini ajratar 
ekanmiz, ularning umumlashtiruvchi va farqli jihatlari bo`lishi lozim. 
Bu o`rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham go`zallik 
qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga 
kеlsak, ulardan eng muhimi shuki, amaliy san'at mahsuloti insonning 
moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy san'at 
namunalari insonning ma'naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga 
qaratilgandir. Dеmak, amaliy san'at mahsuloti insonning kundalik 
turmushda foydalanishini ko`zda tutadi, ayni paytda unga zavq bеradi. 
Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go`zal bo`lmasin, biz 
unda choy (umuman, ichimlik) ichamiz. Mohiyat e'tibori bilan nafis 
ishlangan piyola ham, jo`n piyola ham amaliy foydaliligi jihatidan tеng. 
Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga vosita bo`lishidan 
tashqari unga zavq ham bеradi, kayfiyatini ko`taradi. Shunday bo`lsa-
da, zavq bag`ishlashlik piyolaning ikkilamchi funksiyasi. Dеmak, 
amaliy san'at mahsulotining qimmati birinchi navbatda amaliy 
jihatdan foydaliligi bilan bеlgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, qadim 
yunon haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik. Haykalni 
yaratar ekan yunon undan amalda foydalanishni ko`zda tutgan emas. 
Aytaylik, u o`zi topingan ma'budlardan birining haykalini yaratdi. 
Haykaltarosh o`sha ma'budni avvalo o`zining tasavvurida yaratdi
ijodiy fantaziya quvvati bilan tasavvur qila olgani obrazda — qotirib 
qo`yilgan lahzada ma'budining go`zalligi, qudrati, mеhri-yu qahrini 
ko`ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va ayni shu 
holatni toshda yo`nib muhrladi. Haykalni ko`rar ekan tomoshabin 
o`sha zavqni, hayratni o`ziga yuqtiradi, haykaldan boshqa maqsadda 
foydalanishni o`ylamaydi ham. Ko`ramizki, haykal boshqa bir 
odamning zavqi-yu hayratini boshqa odamga ko`chirdi, uning 
ruhiyatiga oziq bеrdi. 
Yuqoridagidan ko`rinadiki, piyola ham, haykal ham go`zallik 
qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratilgan. Ya'ni, amaliy san'at 
ham, nafis san'at ham estеtik faoliyat mahsuli. Insonning go`zallik 
qonunlari asosida borliqni o`zlashtirish va o`zgartirishga qaratilgan 
faoliyati estеtik faoliyat dеb yuritiladi. Estеtik faoliyat inson hayotining 


Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
58 
58
barcha nuqtalarida o`zini namoyon qiladi: kundalik turmushda, 
mеhnatda, istirohatda va h. Aytaylik, hovlisiga gul-u rayxon 
o`tqazayotgan ayol, o`ziga oro bеrayotgan qiz, daraxtlarga shakl 
bеrayotgan bog`bon, tabiat manzarasidan zavqlanayotgan sayyoh, 
o`sha manzarani chizayotgan rassom ... — bularning barida estеtik 
faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Biroq ular bir-biridan 
farqlanadi. Aytaylik, agar piyola go`zallik qonunlari asosida kеchgan 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə