Muallifdan


Lison  – tilning kishi miyasidagi til xotirasi markazida mavjud  birliklardan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik.  Nutq



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
Lison 
– tilning kishi miyasidagi til xotirasi markazida mavjud 
birliklardan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. 
Nutq 
esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning 
hosilasi. Lison kishi miyasida mavjud mavhum hodisa bo‘lib, uni aql 
bilan idrok qilamiz; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish 
jarayonida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni talaffuz 
birliklari sifatida eshitamiz. Lisonga mansub, ya’ni til xotirasida 
mavjud hodisalarga
lisoniy birliklar 
deyiladi; lisoniy birlikning 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44 
44
nutqda moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birlik deyiladi. Demak, 
har bir kishining miyasida lisoniy birliklarning ramzlaridan va 
ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik bor, har bir kishi 
ehtiyojiga qarab bu boylikdan foydalanib nutq hosil qiladi. Inson tili 
asosini tovush tashkil qiladi: tilda bor hodisalar tovushlarda 
reallashadi. Tovush til birligi sifatida boshqa til birliklari uchun 
qurilish birligi bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra til tovushi til 
birliklarining birlamchi ifoda jihati deyiladi. Til tovushi lisoniy birlik 
sifatida miyadagi til xotirasi markazida ma’lum bir ramz sifatida aks 
etadi. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi-xususiyatlar haqida 
axborot bo‘ladi. Masalan, 

tovushi haqida ”ovozdan iborat ” , ”og‘iz 
bo‘shlig‘i tor holatda”, ”tovush hosil bo‘lish oralig‘i til sathining 
orqa qismida ”, ”lablar aktiv qatnashadi degan axborot bor. Inson 
faoliyatini, shu jumladan til faoliyatini ham boshqaruvchi miya 
markazidan 

tovushini aytish haqida ”ko‘rsatma”(impuls) berilsa, 
shu tovushning ramzida mujassamlashgan axborotga binoan tovush 
hosil qilish a’zolari harakatga kelib, ko‘rsatmaga binoan ma’lum 
holat egallaydi va o‘pkadan chiqayotgan havo ma’lum nutq tovushi 
sifatida, nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi”. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə