Muallifdan


Ravishlarning ma’no turlari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118
Ravishlarning ma’no turlari
olti xil: holat ravishi, miqdor-
daraja ravishi, o‘rin ravishi, payt ravishi. 
1.
Holat ravishi:
ish-harakatning qay tarzda, qay holatda 
bajarilishini bildiradi; qanday? qay holda?, qay tarzda? so‘roqlariga 
javob bo‘ladi. Holat (tarz) ravishlari: tez, sekin, yayov, piyoda, 
bekorga to‘satdan, qo‘qqisdan, astoydil, do‘stona, qahramonlarga, 
yuzma-yuz, ochiqdan-ochiq, zo‘rg‘a. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
139 
139
2. 
Miqdor-daraja ravishi
: harakat-holatning miqdoriy belgisini 
yoki belgining ortiqligini bildiradi: qancha? qanday? so‘roqlariga 
javob bo‘ladi: ko‘p, mo‘l, ancha, kam, bir oz, picha, hiyla, sal, juda, 
eng, g‘oyat, nihoyat, o‘ta. 
3. 
O‘rin ravishi
: harakat va holatning bajarilish o‘rnini, harakat 
yo‘nalgan tomonni bildiradi; qaerga? qaerdan? qaerda? so‘roqlariga 
javob bo‘ladi: uzoqda, pastda, tubanda, oldinda, unda-bunda, 
yuqoridan, quyidan, yaqindan, orqadan, to‘g‘riga, to‘g‘ridan, 
yuqoriga, ilgari, olg‘a. 
 4. 
Payt ravishi
 
harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi
qachon? qanchadan beri? so‘roqlariga javob bo‘ladi: hozir, boya, 
bugun, kecha, avval, oldin,endi, erta, indin, saharlab, ertalab, doim, 
hali-beri. 
 5. 
Maqsad ravishi
ataylab, jo‘rttaga, qasddan. 
 6. 
Sabab ravishi
noiloj, noilojlikdan,atayin. 
II. Ravishlar belgini darajalab ko‘rsata oladi; qiyosiy daraja:
-roq

Biz nariroq surildik; 
eng: 
Bahorda eng avval bodom gullaydi. 
-gina (-kina,-qina)
affikslari orqali hosil qilingan shakllar 
harakat-holatning kuchsizlanganini yoki ta’kidlanganligini anglatadi: 
U sekingina shivirladi. 
III. Ravish yasalishi quyidagicha: 
 1)affiksatsiya usuli 
bilan ot, sifat, olmosh kabi turkum so‘zlaridan 
ravish yasaladi. 
 -cha: 
qisqacha, yangicha, o‘zicha, boshqacha, eskicha, 
shoshgancha, bolacha, yigitcha, yashirincha, atroflicha, o‘zimcha. 
 -larcha
; qahramonlarcha, o‘rtacha, qardoshlarcha. 
-chasiga; yangichasiga, toshkentchasiga, eskichasiga. 
-ligicha; xomligicha, tirikligicha, butunligicha. 
-lab; ertalab, saharlab, ko‘plab, yaxshilab, kilolab, tonnalab. 
 -ona
; do‘stona, fidokorona, g‘olibona, xolisona. 
 -an:
taxminan, umuman, majburan, asosan... 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
140 
140
 -lay: (-layin
); butunlay, tiriklay, xomlayin. 
 -in
; yashirin, oldin. 
 -incha
; ko‘pincha, aksincha 
 -chang
; ko‘ylakchang, kovushchang. 
 -dek,-
day; tog‘dek, otday, lochinday, avvalgidek. 
 -iga
(-siga); baravariga, qatorasiga, yoppasiga. 
 -aki
; yuzaki, yodaki, og‘zaki. 
2) 
kompozitsiya usuli
bilan qo‘shma ravishlar yasaladi. Quyidagi 
qo‘shma ravishlar qo‘shib yoziladi: 
birpas, birmuncha
. Quyidagi 
qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: 
har doim, har vaqt, har qachon, 
har kuni, har zamon (da), hech vaqt, hech qachon, bir oz, bir nafas, 
bir vaqt, bir talay, bir qancha. 
Yuzma-yuz, so‘zma-so‘z, uchma-uch, dam-badam, qo‘lma-qo‘l, 
birma-bir, quruqdan-quruq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, kundan-kunga, o‘z-
o‘zidan kabi so‘z
lar ham ravish hisoblanadi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə