Muallifdan


II. Gap emosionallikka ko‘ra



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
II. Gap emosionallikka ko‘ra
(his-tuyg‘uni ifodalashiga ko‘ra) 
his-hayajon gap (undov gap), his-hayajonsiz gaplarga ajraladi. His-
hayajonsiz gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytiladi. His-
hayajon gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. His-hayajon gaplar 
eh, oh, e, uh, o, uf, obbo, ey kabi undov so‘zlari orqali hosil qilinadi.
 
Eh, tabiat qanday go‘zal! 
III. Gap modallikka ko‘ra yoki voqelikka munosabatiga ko‘ra 
tasdiq va inkor mazmunida bo‘ladi. Tasdiq va inkor tilda turli 
vositalar yordami bilan ifodalanadi (leksik, morfologik, sintaktik
intonasion vositalar). Gapning barcha turi tasdiq yoki inkor 
xarakteriga ega bo‘ladi; Bodom gulladi.-Yomg‘ir yog‘madi. Qo‘shiq 
aytasizmi?-Qo‘shiq aytmaysizmi? 
IV. 
Gaplar tuzilishiga ko‘ra
ikki xil bo‘ladi: sodda gaplar va 
qo‘shma gaplar. 
 
GAP BO‘LAKLARI 
 
Sodda gaplar grammatik asosiga(ega va kesim ishtirokiga) ko‘ra 
ikki xil bo‘ladi; ikki bosh bo‘lakli gap va bir bosh bo‘lakli gap. 
1.Ikki bosh bo‘lakli gap.
Gapning grammatik asosida ikki xil bosh 
bo‘lak, ya’ni ega va kesim ishtirok etsa, bunday sodda gap ikki bosh 
bo‘lakli hisoblanadi. 
Gap bo‘laklari
gapdagi vazifasi, o‘rniga qarab 
bosh bo‘laklar 
(
ega va kesim) va 
ikkinchi darajali bo‘laklar
(to‘ldiruvchi, 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
150 
150
aniqlovchi, hol ) ga ajratiladi. Ega va kesim ikki bosh bo‘lakli 
gapning grammatik asosini tashkil etadi.
Ega.
Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa 
bo‘laklarga grammatik tobe bo‘lmagan bo‘lak egadir. Ega kim?, 
nima?, qaer? so‘roqlarini oladi. Ega bosh kelishikda bo‘lib, 
quyidagicha ifodalanadi:
a) ot bilan: Daraxt shoxlari egildi. 
b) olmosh bilan: U menga yoqmaydi.
v) otlashgan so‘zlar bilan:To‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi. 
g) ibora bilan: Qildan qiyiq axtarish uning odati bo‘lib kelgan. 
Kesim. 
Ega haqidagi xabarni bildirib, unga grammatik tobe 
bo‘lgan bo‘lak kesim deyiladi. Kesim quyidagicha ifodalanadi: 
a) fe’l bilan: Mehnat insonni ulug‘laydi. 
b) sifat bilan: Voqeadan hamma xabardor. 
v) ot, son, olmosh, ravish bilan: Mening akam student; Ikki o‘n 
besh-bir o‘ttiz. Bularning bari sizniki. Dangasaning vaji ko‘p. 
Kesim qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga qarab ikki xil 
bo‘ladi: fe’l-kesim, ot-kesim. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə