Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/118
tarix20.01.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#98840
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
UNDOV SO‘ZLAR 
 
His-hayajonni, xitobni bildirishga xizmat qiladigan so‘zlar 
undov 
so‘zlar
deyiladi: undovlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) leksik 
(lug‘aviy) ma’no anglatmaydi; 
2) gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi va gap bo‘laklari bilan 
grammatik jihatdan bog‘lanmaydi; 
3) undovda ohang muhim o‘rin tutadi; 
4) kelishik, egalik, shaxs, zamon kabi grammatik ma’nolarni 
bildirmaydi. 
Undovlar tuzilishiga ko‘ra: a) sodda: (oh, uh); b) tarkibli: (evoh, 
bay-bay, eh,uh, hay-hay) bo‘ladi. 
Undovlar ma’nosiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 
1.His-hayajon undovlari: oh, uh, e, be, voy, o‘hu, ehe, a, o, obbo. 
2.Buyruq-xitob undovlari: a) chaqiriq undovlari: hey,hoy, hay, ey. 
hayvon-parrandalarni haydash-chaqirish undovlari: qurey-qurey, 
xo‘sh-xo‘sh. b) buyruq undovlari: ts, sh-sh-sh, tiss..s. v) tabrik, 
tashakkur, xayrlashuv undovlari: rahmat, marhamat, hormang, balli, 
ofarin, qulluq. 
Undov otlashadi: 
Oh-voyingni hech kim eshitmaydi. 
 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
145 
145
TAQLID SO‘ZLAR 
 
Taqlid so‘zlar ikki xil: 
1.
 
Holatga (obrazga) taqlidni bildiruvchi so‘zlar: yalt, yarq, milt-
milt, bilq, dir-dir. 
2. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘zlar: tars, turs, chars, gumbur-
gumbur. 
Taqlidiy so‘zlar tuzilishiga ko‘ra yakka, takror, juft holda bo‘ladi 
(yalt,qars-qars, chars-churs, taka-tum-tak).
Taqlid va undov so‘zlari nomlash xususiyatiga ega emas. Taqlid 
so‘zlardan ot, fe’l va boshqa turkum so‘zlari yasaladi: shaq-ildoq, 
hiq-ildoq, yaltira-q, yiltira-q, miltira-q. 
Taqlid so‘zlar gapda asosan, aniqlovchi, hol vazifasida keladi. 
Otlashganda esa quyidagi vazifalarni bajaradi: a) ega vazifasida: 
Qo‘yning “ba-a”si eshtildi. Musichaning g‘uv-g‘uvi eshitildi.
b) 
to‘ldiruvchi:
O‘z g‘uv-g‘uviga o‘zi shaydo bo‘lgan guzarga yaqin 
qoldi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə