Mualliflardan: • didaktik o’yin bolalarda fikrlash jarayonini shakllantiruvchi universal didaktik vosita hisoblanadi; Didaktik o’yinni ishlab chiqishda o’z maslahati va tavsiyalarini ayamagan ota-onalar hamda pedagoglarga minnatdorlik



Yüklə 3,38 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü3,38 Mb.
#151397
yaxshi yomon



Didaktik o’yin 
“Yaxshi-yomon”
Mualliflardan:
• 
didaktik o’yin bolalarda fikrlash jarayonini shakllantiruvchi universal didaktik vosita hisoblanadi;
Didaktik o’yinni ishlab chiqishda o’z maslahati va tavsiyalarini ayamagan ota-onalar hamda pedagoglarga minnatdorlik bildiramiz.
Umid qilamizki, bolalar bu o’yinni o’ynash mobaynida izchil nutqini rivojlantirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish hamda o’z 
salomatligiga e’tiborli bo’lish ko’nikmalarini rivojlantiradilar. 
Mualliflar:
Grosheva I. V., Nekrasova Y. А.
Retsenzentlar:
Maxmudova O.A. 
Nizomiy nomidagi TDPUning pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Nazarova E.N.
Toshkent shahridagi Puchon universitetining (Koreya) maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri
Abdullayeva O.
Toshkent shahridagi 369-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
“Yer sayyorasi – umumiy uyimiz” parsial dasturiga ilova qilingan “Yaxshi-yomon” didaktik o’yini Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va 
mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Ilmiy-metodik kengashi (“__”_______2022-yil №___-sonli bayonnoma), O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan tasdiqlangan va nashr etishga tavsiya qilingan ( “__”_______2022-yil 
№___-sonli bayonnoma).
Annotatsiya
“Yaxshi-yomon” didaktik o’yini Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi 
hamkorligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta’limi” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, ekologik ta’lim va tarbiya 
bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Yer sayyorasi – umumiy uyimiz” parsial dasturiga ilova hisoblanadi. Mazkur didaktik 
o’yin 5-7 yoshdagi bolalarga mo’ljallangan. Didaktik o’yinni izchil nutqni va ekologik ta’lim-tarbiya masalalarini yechishda, shuningdek, 
bolani rivojlantirishdagi turli ta’lim sohalari bo’yicha mustaqil va birgalikdagi faoliyatda ko’p maqsadda foydalanish mumkin. 
Didaktik o’yin MTT pedagoglari, ota-onalar va tarbiyalanuvchilarga ekologiya bo’yicha bolalar o’yinlarini tashkillashtirishda foydali bo’ladi. 
O’yin maqsadi
Bolalarni tabiat va sog’lom turmush tarzi (STT)ga nisbatan yaxshi va yomon xatti-harakatlarni tushunishga o’rgatish.
Qoida:
faqat bitta rasmni olish.
O’yin tavsifi
O’yin aylanuvchi mexanizm bilan o’zaro bog’langan, diametri turlicha bo’lgan ikkita Lulliy doirasidan tashkil topgan. Doiralar turli 
taraflarga, alohida-alohida aylanadi. Ustidan mil (ko’rsatkich) biriktirilgan. U doira bo’ylab aylanadi.
O’yinga tabiatdagi turli holatlar, STT qoidalari (ijobiy va salbiy harakatlar) hamda ushbu holatlarga mos belgilar tasvirlangan 
rasmlar ilova qilingan.
O’yinni qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar
Yoshi kattalar bolalarga rasmlarni ko’rib chiqishni taklif etadi. Bola rasmlarni ko’zdan kechirayotganda unga tabiat va o’zining 
salomatligiga nisbatan yaxshi va yomon amallar insonlar tomonidan bajarilishi tushuntiriladi. 
1-variant. 
“Yaxshi-yomon”
Bolalar juft-juft bo’lib o’ynaydilar. Bir bola salbiy amal qilayotgan inson tasvirlangan rasmni qizil maydonga biriktiradi, ijobiy 
holat aks etgan rasmni esa yashil maydonga biriktiradi. Ikkinchi bola esa sherigining tanlovini tushuntiradi, nega muayyan rasm 
qizil va yoki yashil maydonga tegishli ekanligini aytadi. 
2-variant. 
“Belgini toping”
O’yinda 2 yoki 4 ishtirokchi qatnashadi. O’yin maydonida ijobiy va salbiy holatlar aks etgan rasmlar joylashtirilgan, belgili 
kartochkalar esa maydondan tashqarida. Bolalar navbatma-navbat milni aylantiradilar hamda ko’rsatilgan maydondagi yaxshi va 
yomon amallarga mos belgilarni topadilar. 
3-variant. 
“Yaxshi amalni bajarayotgan inson tasvirlangan rasmni toping va nima uchun bunday qilish yaxshiligini 
so’zlab bering” 
O’yinda 2 yoki 4 ishtirokchi qatnashadi. O’yin maydonida faqat ijobiy amalli rasmlar joylashtirilgan. Bolalar navbatma-navbat 
milni aylantiradilar. Mil qaysi bolada to’xtasa, u rasm tanlaydi va nima uchun bu amalni qilish kerakligini tushuntiradi. 
4-variant.
“Amalni tushuntiring”
O’yinda 2-4 ishtirokchi qatnashadi. O’yin maydonida ijobiy va salbiy amalli rasmlar joylashtirilgan. Bolalar navbatma-navbat milni 
aylantiradilar. Mil qaysi bolada to’xtasa, u rasm tanlaydi (ijobiy yoki salbiy holat tasvirlangan). Rasm ustiga unga muvofiq bo’lgan 
belgini mahkamlaydi. Shu tariqa barcha ishtirokchilar o’ynaydi.
5-variant.
“Amalni to’g’rilang”
O’yinda 2-4 ishtirokchi qatnashadi. Bolalar navbatma-navbat Lulliy doiralarini aylantiradilar. Mil qaysi bolada to’xtasa, u 
holatlardan birini to’g’rilaydi: yashil o’yin maydoniga insonning ijobiy amallarini biriktiradi. Qolgan bolalar har bir holatga mos 
belgilarni ko’rsatadilar.


Yüklə 3,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə